Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча


Download 73.78 Kb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1364469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fiziologiya oraliq

Тромбоцитлар физиологияси.

Qon plastinkalari (trombotsitlar) diametri 2-5 mkm bo`lgan oval shaklidagi plazmatik tuzilmalardir. Ko‘mikda va taloqda gigant hujayralar – megakariotsitlardan hosil bo`ladi. Trombotsitlarning soni 1 mm3 qonda 200-400 ming. Ovqat hazm qilish, jismoniy ish bajarish, homiladorlik trombotsitlar sonini oshiradi. Kunduzi qonda trombotsitlar soni tundagidan ko‘p bo`ladi. Qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tomirlarni toraytiruvchi modda – serotonin, tomirlarni kengaytiruvchi modda – gistamin trombotsitlarda sezilarli miqdorda topiladi.
Trombotsitlar va ularga bog`liq omillar qon ivishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, trombotsitlar tomirlarning endotelial hujayralariga ularning faoliyati mo‘tadil bo`lishi uchun zarur moddalarni yetkazib turadi. Endotelial hujayralar bir kecha-kunduzda qondagi trombotsitlarning 15% ini qamrab oladi va shu tarzda kerakli moddalardan foydalanadi.
Trombotsitlar bilan aloqadorligini yo‘qotgan endoteliy distrofiyaga uchraydi va tomir devori orqali eritrotsitlar to‘qimalarga o‘ta boshlaydi.



  1. Гемостаз ҳақида тушунча. Қон ивиш жараёни ва унинг фазалари.

Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning qon yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir.
Sog‘lom odamda mayda qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 minutda to‘xtaydi. Bu birlamchi gemostaz bo`lib, uning quyidagi bosqichlari tafovut qilinadi: 1) shikastlangan tomirlarning reflektor torayishi (spazm). Qon tomirlarning torayishini serotonin va katexolarninlar ta‘minlaydi. 2) trombotsitlar adgeziyasi, ya‘ni manfiy zaryadga ega trombotsitlarning shikastlanish natijasida zaryadi musbat bo`lib qolgan qon tomir devoriga yopishishi. 3) tormbotsitlarning qaytar agregatsiyasi. Bunda hosil bo`lgan trombotsitar tromb o‘zidan qon plazmasini o‘tkazib yuboradi lekin shaklli elementlarni o‘tkazmaydi. 4) trombotsitlarning qaytmas agregatsiyasi. Endi tormb qon shaklli elementlarini ham plazmani ham o‘tkazmaydi. 5) lahta retraksiyasi.
Ikkilarnchi gemostaz bbesh bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich – tromboplastin hosil bo`lishi bosqichi. Tromboplastin deganda qonning protrombinni trombinga aylantiradigan fermentativ faolligini tushunish kerak. ―Tromboplastin‖ so‘zi o‘rniga ―Trombokinaza‖ atamasi ham ishlatiladi. Tomirda yurgan qonda tromboplastin bo`lmaydi. U qon plastinkalari parchalanganda (qon tromboplastini) yoki to‘qimalar shikastlanganda (to‘qima tromboplastini) ajraladigan yog‘simon (lipid) omil va plazma omillari ishtirokida hosil bo`ladi.
Ikkinchi bosqich – trombin hosil bo`lishi. Tromboplastin plazmada uchraydigan oqsil protrombinga nisbatan proteolitik faollikka ega. Protrombin α2-globulin bo`lib, molekulyar massasi 66800. Plazmada 10-15 mg% protrombin bor. U jigarda sintezlanadi va bu jarayon K vitaminiga muhtoj. Shuning uchun K vitamini yetishmaganda, qonning ivishi buziladi. Protrombin tromboplastin ta‘sirida Ca2+ ionlari hozirligida trombinga aylanadi. Trombin – peptidaza, u fibrinogenni qisman parchalash qobiliyatiga ega.
Uchinchi bosqich – fibrin hosil bo`lishi. Fibrin hosil bo`lishining birinchi bosqichida fibrinogen (m. m – 340000) trombin ta‘sirida ikki nimtaga bo`linadi. Bu nimtalardan o‘z navbatida ikkita aminopeptid – A va B ajraladi. Nimtalarning qolgan qismlari fibrin-monomer, deb ataladi. Fibrin-monomerning molekulalari bir qatorga tizilib, polimerizatsiyaga uchraydi. Polimerizatsiya uchun plazma omili fibrinopeptid A va kalsiy kerak. Fibrin-polimer gelni hosil qiladi.
To‘rtinchi bosqich – laxta retraksiyasi. Trombotsitlar parchalanganda ulardan maxsus omil – tromostenin ajraladi. Trombostenin ta‘sirida fibrin iplari qisqaradi. Bu qisqarish natijasida oldin hosil bo`lgan amorf laxtaning hajmi kamayib, ixchamlashadi. Bu jarayon retraksiya, deyiladi. Retraksiya natijasida laxta zichlashadi, jarohatlangan joyning yuzasi kamayadi, yaraning bitishi tezlashadi.
Beshinchi bosqich – fibrinoliz. Plazma globulinlaridan biri plazminogen (profibrinolizin) to‘qima yoki qon omillari ta‘sirida faol proteolitik ferment plazminga (fibrinolizinga) aylanadi. Plazmin fibrinni parchalab, trombni yo‘qotadi.




  1. Download 73.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling