Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча


Қўзғалиш даврида қўзғалувчанликнинг ўзгариши, Рефрактерлик ва унинг фазалари


Download 73.78 Kb.
bet2/11
Sana19.04.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1364469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fiziologiya oraliq

Қўзғалиш даврида қўзғалувчанликнинг ўзгариши, Рефрактерлик ва унинг фазалари.

Qo‘zg‘alish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, mahalliy javob vaqtida nerv tolasining qo‘zg‘aluvchanligi biroz oshadi. Harakat potensiali cho‘qqiga ko‘tarilganida tola qo‘zg‘aluvchanligi mutloq yo‘qoladi. Repolyarizatsiya boshlanishi bilan, qo‘zg‘aluvchanlik asta sekin tiklanadi.
Membrana qo‘zg‘aluvchanligi umuman yo‘qolgan vaqt mutloq refrakterlik davri, deb atalgan. Bu holatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli toia inaktivatsiyalangani, kaliy uchun membrana q‘tkazuvchanligi oshgani sabab bo`ladi. Repolyarizatsiya natriy kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada qo‘zg‘aluvchanlik sekin tiklanadi. Bu vaqqtni refrakterlikning nisbiy davri deymiz.
Nerv tolalarida mutloq refrakterlik davrining davomiyligi 1 ms dan kam, nisbiy refrakterlik esa 5-10 ms davom etishi mumkin. Odamning yurak muskuli tolalari olinsa, bu fazalarning davomiyligi 270 ms (mutloq refrakterlik) va 30 ms (nisbiy refrakterlik) tashkil qiladi. Juda qisqa mutloq refrakterlikka ega bo`lgan nerv tolasi 1 sekundda 1000 ta harakat potensialini vujudga keltirishi mumkin, yurak muskuli esa shu vaqt davomida faqat 3-4 marta qo‘zg;alish qobiliyatiga ega. Demak, nerv tolasining labilligi yurak miskulinikiga nisbbatan 250-300 marta yuqori.
Nerv yoki muskul tolalarining qo‘zg‘alishi iz potensiali bilan tugasa, bu davrda ham qo‘zg‘aluvchanlik o‘zgaradi. Iz depolyarizatsiyalanish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlik odatdagidan biroz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida esa biroz past bo`ladi.



  1. Кўндаланг тарғил мускулларнинг хоссалари.

Odamning va umurtqali hayvonlarning kondalang targ‘il muskullari uchta asosiy xossaga ega, bular: 1) qo‘zg‘aluvchanlikka, ya‘ni membranani ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, ta‘sirotga harakat potensiali vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyati; 2) o‘tkazuvchanlikka, ya‘ni harakat potensialini tola bo‘ylab tarqatish qobiliyati; 3) qisqaruvchanlikka, ya‘ni qo‘zg‘alish natijasida kaltalanish yoki o‘z tarangligini o‘zgartirish qobiliyati.
Yaxlit muskul xossalarini o‘rganishda sovuqqonli hayvonlarning nerv-muskul preperatidan foydalanish qulay. Bu preperat oddiy sharoitda, muhit harorati va kislorod bilan ta‘minlanish mo‘tadil bo`lmaganda ham uzoq vaqt faol holatda bo`ladi. Qurib qolishning oldini olish uchun fiziologik eritma bilan ho;llab turilsa, bas. Odatda baqaning boldor muskuli va uni nervlovchi quymich nervidan foydalaniladi. Muskulning qisqarishi miograf yordamida kimografdagi qog‘ozga (yoki boshqa qayd qiluvchi narsaga) yoziladi, ta‘sirlovchi sifatida kuchi, davom etish vaqti, chastotasini osonlik bilan o‘zgartirish mumkin bo`lgan elektr toki qulay. Preperet muskuli odatda nervga tok bilan ta‘sir qilib (vositali yoi bilan) yoki bevosita o‘ziga ta‘sir qilib qo‘zg‘atiladi, yohud qisqartiriladi. Muskulning elektr faolligi unga o‘rnatilgan (sanchilgan) elektrodlar yordamida kuchaytirgichlarga uzatib, keyin magnit yoki foto tasmaga yozib olish mumkin. Mikroelektrodlar yordamida yakka muskul tolasida hosil bo`ladigan potensiallar qayd qilinadi.




  1. Download 73.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling