Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча


Қисқаришларнинг қўшилиши. Тетанус ва унинг турлари


Download 73.78 Kb.
bet4/11
Sana19.04.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1364469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fiziologiya oraliq

Қисқаришларнинг қўшилиши. Тетанус ва унинг турлари.

Tabiiy sharoitda muskullarning qisqarishi uzluksiz ravishda nisbatan ancha uzoq davom etadi. Odam bajaradigan eng tez harakatlarga ham 100 ms dan ko‘p vaqt sarflaydi, tana va qoi-oyoqlar muskullarining taranglanishi minutlab va soatlab davom etishi mumkin. Bu xildagi qisqarishlar tetanus deb atalgan. Tetanusnning kelib chiqish mexanizmi oralig‘ida qisqa vaqt bo`lib, ketma-ket keluvchi impulslarga muskulning javobini o‘rganish yo`li bilan aniqlangan.
Agar impulslar o‘rtasidagi vaqt yakka qisqarishga sarflanadigan vaqtdan ortiq bo`lsa (tajriba baqa muskulida o‘tkazilganda 100 ms dan), muskul impulslar oralig‘ida qisqarib-bo‘shashishga ulguradi. Miogrammada birin-ketin keluvchi yakka qisqarishlarni ko‘ramiz. Impulslar o‘rtasidagi vaqtni qisqartirish ikkinchi impuls muskul birinchi qisqsrishdan bo‘shasha boshlagan vaqtga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi impulsga javoban muskul tinch holatdagi nuqtadan emas, balki hali bo‘shashib ulgurmagan nuqtadan qisqaradi. Miogrammada ikkinchi qisqsrishning egri chizig‘i bbirinchi qisqarish bo‘shashish bosqichining qaysi bir nuqtasidan boshlangan bo`ladi – qisqarishlar bir-biriga qo‘shilib ketadi (6-rasm).
Impulslar oralig‘idagi vaqtni yana qisqartiramiz (<50 ms). Enda birinchi qisqarish hali cho‘qqiga yetmay turib, ikkinchi qisqarish boshlanadi. Bu qisqarishlarning egri chizig‘i tamomila qo‘shilib ketib, unda yagona baland cho‘qqi hosil bo`ladi. Demak, ketma-ket impulslarning muskulga ta‘sir qilish natijasi ikki turda qo‘shiladi. Ular o‘rtasidagi vaqt nisbatan katta (50 ms dan ko‘p ) bo`lsa, chala qo‘shilish kuzatiladi, bu vaqt qisqarsa (50 ms dan kam bo`lsa), toia qo‘shilish ro‘y beradi.
Odatda harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yuqori chastotaga ega bo`lgan ritmik impulslar keladi. Bu impulslar paydo qilgan qisqarishlarning toia qo‘shilishi natijasida silliq tetanus hosil bbo`ladi (7-rasm). Tajribada (ba‘zi bir patologik hollarda ham) tishli tetanusni kuzatish mumkin. Chastotasi nisbatan past bo`lgan ritmik impulslar muskulga ta‘sir qilganda tishli tetanus sodir bo`ladi. Uning paydo bo`lishi oldingi impuls bilan keyingi impuls orasidagi vaqt muskulning qisqarish fazasidan kattaroq bo`lishiga bog‘liq. Oldingi impuls ta‘sirida muskul qisqarib, qisman bo‘shashishga ulguradi. Ayni vaqtda shu nuqtadan ikkinchi qisqarish, ikkinchi qisqarishning bo‘shashish bosqichida uchinchi qisqarishlar sodir bo`lib, miogramma tishli arraga o‘xshaydi. Shuning uchun bu tetanus tishli tetanus, deyiladi.
Tetanik qisqarishlar yakka qisqarishlarning qo‘shilishi natijasida paydo bo`lganidan yakka qisqarishlarga nisbatan yuqori amplitudaga rga bo`ladi. Tetanik qisqarish amplitudasi impulslar kuchi va chastotasiga bog‘liq. Ta‘sirot chastotasining ma‘lum chegaragacha oshishi tetanik qisqarishni kuchaytiradi. Eng kuchli qisqarish yuzaga keltirgan chastota optimal chastota deyiladi. Impulslar chastotasi optimaldan ko‘payib ketsa, qisqarish kuchi kamayadi. Buni pessimal chastota, deyishadi.




  1. Download 73.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling