Menejment va marketing” kafedrasi “elektron tijorat” yo’nalishi individual loyiha ishi


Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari


Download 152.68 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi152.68 Kb.
#1599069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3.2. Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari.
Jahon reklama bozori shunday muhitki, unda real raqobat sharoitlarida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni eksport qilishga ko’maklashuvchi reklama tadbirlari amalga oshiriladi. Qoidaga ko’ra, ushbu muhitning o’ziga xosliklari bu ishga yordam bergandan ko’ra ko’proq unga to’sqinlik qiladi. Shu sababli jahon reklama bozorining o’ziga xos xususiyatlari, holati va rivojlanish tendensiyalarini yaxshi bilish avvalo tashqi iqtisodiy sohada yuqori malakali va marketing muhitiga mos keluvchi reklama kompaniyalarini tayyorlash va o’tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Reklamadagi o’zgarishlar uning dinamikasi yuqoriligi bilan izohlanadi. U bozorda ro’y berayotgan voqea va hodisalarga bir zumda javob qaytaradi va qaysidir ma’noda bozor indiqatori vazifasini bajaradi. Buning sababi shundaki, bozor munosabatlari mexanizmining bir qismi bo’lar ekan, o’z ishidagi har qanday muammo yuz berganda reklama o’zgarib qolgan sharoitlarga moslashishi, o’z shaklini almashtirishi va o’zgartirishlar kiritishiga to’g’ri keladi. Mahsulot va xizmatlarni sotishdagi qiyinchiliklarga raqobatning kuchayishigina sabab bo’lmaydi. Yangicha, an’anaviy bo’lmagan muammolar, masalan, energetika, yoqilg’i va xomashyo inqirozi, atrof-muhitni himoyalash kabi muammolar yuzaga keladi. Jamiyatning sosial-demografik holati o’zgarib, jamiyat a’zolari o’rtasida qadriyatlar qayta baholanadi, ularning ma’lumotlilik darajasi o’sadi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni maqsad qilib qo’ygan jamoatchilik harakatalri kuchayadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar yaratayotgan tovarlarning texnik ko’rsatkichlarini qayta ko’rib chiqish, yanada tejamkor va ekologik jihatdan toza konstruksiya va texnologiyalarni yaratishga majbur bo’ladilar. Ulkan moliyaviy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik resurslar hamda jahon savdosining yarmini o’z qo’lida mujassamlagan transmilliy korporatsiyalar bilan raqobtlashish uchun «ikkinchi eshelon»dagi firmalarning jumladan, reklamani jadallashtirishlariga to’g’ri keladi.
Bu sharoitlarda iste’molchi uchun ko’rash yanada qizg’inlashadi. Endilikda mahsulotning yangiligi va mukammalligi uning narxidan ham ustun ahamiyat kasb etadi. SHu sababli hozirgi paytda bozorda tubdan yangi mahsulot bilan mukammalroq xizmatlar, sotuv shakl va usullarini taklif qilayotgan firmalar yutib chiqadi. Reklama xarajatlari xorijiy sanoat firmalari byudjetining katta qismini tashkil qiladi. AQSHda ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilishning o’ziga mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi jami xarajatlarning 5 foizi sarflanadi. Ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi firmalarda esa bu ko’rsatkich yanada yuqori; dori-darmon ishlab chiqaruvchilarda — 20%, atir-upa va kosmetika — 13,8, oshxona anjomlari — 12,8, spirtli ichimliklar — 11,9, attorlik buyumlari — 9,4, yuvuvchi vositalar — 8%.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda reklamaga ajratiluvchi mablag’lar miqdorining kattaligi ko’p jihatdan eng samarali ommaviy axborot vositalarida reklama uchun mo’ljallangan joy yoki vaqtning qimmatligi bilan izohlanadi. Jahon bozori uchun xos bo’lgan jarayonardan yana biri bu reklama faoliyatining doimiy markazlashuvi, yirik reklama agentliklari va reklamani tarqatish vositalari tomonidan ulardan kichiklarni «yutib» yuborishi hisoblanadi. Reklama beruvchilar va reklama agentliklari o’rtasida reklama faoliyatining eng foydali qismini o’z qo’lida mujassamlagan va tobora keng miqyosda reklamani tarqatish vositalarini o’ziga bo’ysindiruvchi korporatsiyalarning egallagan o’rni yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Reklama xizmatlari bozoridagi o’zgarishlarga eng katta ta’sirni reklama beruvchilar ko’rsatadi. Ular nafaqat tovar ishlab chiqaruvchi sanoat firmalari, balki izlanish, loyihalashtirish, transport orqali tashish, moliyalashtirish, maslahat berish kabi xizmatlar ko’rsatuvchi servis firmalari ham bo’lishi mumkin. Ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi monopoliyalar reklama bozoriga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Reklama byudjeti juda ham katta bo’lgan bu korporatsiyalar amalda ommaviy axborot vositalarini ta’minlab turadi va shu sababli ular yordamida o’z siyosatini amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Reklama xizmatlari bozorini monopollashtirib olarkan, sanoat firmalari o’zlari ishlab chiqarayotgan tovarlarni sotishga monopoliya oladilar. O’z shartlarini qo’yar ekan, reklama beruvchi reklama agentliklari va reklamani tarqatish vositalarini katta miqdorda chegirmalar berish, reklama materiallarini tayyorlash va e’lon qilishda o’zi uchun qulay va foydali bo’lgan shartlarni qabul qilishga majbur qiladi.
Tovar ishlab chiqaruvchi quyidagi hollardagina reklama kompaniyasi samaradorligining yuqori bo’lishiga umid qilishi mumkin:
birinchidan, reklama kompaniyasi bozorning dinamikasi tabiatini hisobga olib oldindan tadqiqot o’tkazgan holda tayyorlansa va o’tkazilsa;
ikkinchidan, oldindan tanlab olingan iste’molchilar doirasiga etarli darajada ta’sir ko’rsatuvchi va ularning yodida qoluvchi reklama mahsuloti yaratilsa;
uchinchidan, kompaniyalar yo’nalishi belgilangan maqsadlarga erishish uchun maqsadga muvofiq va reklamani tarqatish vositalarida reklama doirasining o’ziga xosliklarini hisobga oluvchi darajadagi nashrlar bilan ta’minlansa;
to’rtinchidan, turli joydagi va sotuv faoliyatining turli darajasidagi tadbirlar muvofiqlashtirilsa. Ushbu shartlar reklama qilinayotgan tovar ommaviy talab mavjud bo’lgan yoki sanoat yo’nalishidagi tovar bo’lishidan qat’i nazar vujudga keladi.

Xulosa
O’z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma xalqaro marketing muhiti xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. Eng muhim o’zgarishlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – xalqaro savdoning jadal suratlar bilan o’sishi, chet elda kapital joylashtirishning o’sishi; xalqaro moliya tizimining shakllanishi; turli mamlakatlarda talab shartlari va iste’mol xususiyatlarini tenglashtirish tendensiyasining o’sishi; jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga import qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko’rsatkichlariga bo’lgan talabining o’sishi sababli tashqi bozorga etkazib beriluvchi tovarlar sifatida sezilarli o’zgarishlarning yuz berishi; XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish.
Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha mamlakatlari tashqi savdosi yig’indisini aks ettiradi – u mamlakatlar o’rtasidagi savdo bo’lib, tovar va xizmatlar importi va eksportidan iborat bo’ladi. Mamlakatning tashqi savdosini davlat tartibga solib boradi. Bunda har bir mamlakat o’ziga xos tashqi savdo siyosatini yuritadi. Buning uchun tarifli va notarif tartibga solish vositalaridan foydalaniladi.
Xalqaro marketing muhitini o’rganish xalqaro savdo va kooperasiya tizimi, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini o’rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog’liq masalalarni hal qilishni o’z ichiga kiritadi.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui.
Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona avvalo marketing harakatlarini mujassamlantirishi lozim bo’lgan muayyan bozorni tanlashi kerak. Xalqaro bozorni tanlashda uchta ko’rsatkichni o’rganishga e’tibor qaratiladi:
1) ushbu bozorning salohiyati va sharoitlari.
2) qo’llanayotgan raqobatchilik usullarining intensivligi. Raqobatchilikni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’rganish lozim: samarali faoliyat ko’rsatayotgan raqobatchilarni aniqlash; raqobatchilik strukturasini, ya’ni raqobatchilar soni va ularning bozor ulushlari taqsimlanishini aniqlash; raqobatbardoshlik mezonlarini (masalan, narx, texnik yangilik, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va boshqalar) belgilash.
3) korxonaning maqsad va imkoniyatlari. Dastlab korxonaning tashqi bozordagi amaldagi holati tahlil qilinishi, faoliyatining kuchli va zaif tomonlari anqlanishi, so’ngra korxonaning ichki va tashqi bozorlarda muvafaqiyatli foydalanish mumkin bo’lgan zahiralari aniqlanishi lozim. Xalqaro marketingda tovarlarning harakatlanishi maxsus rejalashtirishni talab qiladi. Xalqaro marketingda tashqi bozorni o’rganish uchun mos keluvchi manbalardan foydalaniladi.
Jahon reklama bozori shunday muhitki, unda real raqobat sharoitlarida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni eksport qilishga ko’maklashuvchi reklama tadbirlari amalga oshiriladi. Qoidaga ko’ra, ushbu muhitning o’ziga xosliklari bu ishga yordam bergandan ko’ra ko’proq unga to’sqinlik qiladi. Shu sababli jahon reklama bozorining o’ziga xos xususiyatlari, holati va rivojlanish tendensiyalarini yaxshi bilish avvalo tashqi iqtisodiy sohada yuqori malakali va marketing muhitiga mos keluvchi reklama kompaniyalarini tayyorlash va o’tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bozorda tovar belgilarining ro’yxatga olinishi milliy qonunchilik va xalqaro kelishuvlar qoidalari asosida amalga oshiriladi. Tovar assortimenti tez-tez yangilanib to’rgan sharoitlarda muayyan tovar obrazini yaratishga ommaviy yondashuvdan tovarlar guruhining yig’ma obrazini yaratishga o’tish yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bu yig’ma obraz ishlab chiqaruvchi firma obrazi – bir daraja yuqori turuvchi obrazning bir bo’g’ini hisoblanadi. Iste’molchining esida qoluvchi tovar belgisi–firma yoki tovarning emblemasi bo’lib, ko’pincha bitta belgiga birlashib ketadi hamda vaqt o’tishi bilan tashqi ko’rinishi o’zgaruvchi tovarlarga iliq munosabatning o’zgarmasligini ta’minlaydi.


Download 152.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling