Menejment va marketing” kafedrasi “elektron tijorat” yo’nalishi individual loyiha ishi
Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ayriboshlash
Download 152.68 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anterprener (tadbirkorlik) marketingi.
Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj.
Ayriboshlash – bu marketingning, ilmiy fan va tadbirkorlik faoliyati sifatidagi, asosiy tushunchasidir. Insonlar o’z zaruriyat va talablarini ayirboshlash vositasida qondirishga qaror qilgandagina, marketing mavjud bo’ladi. Bitim – bu marketing sohasidagi asosiy o’lchov birligi, ikki tomon o’rtasidagi boyliklarning tijorat maqsadida ayriboshlanishidir. Bu bir nechta shartlar bajarilishini talab qiladi: ikkita qiymatga ega ob’yektlarning mavjudligi; bitimning kelishilgan shartlari, uni amalga oshirish vaqti va joyi va h. Bozor – bu: 1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi; 2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar, ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi. Bozor tuzilmasi juda ham turli xil bo’lib, ularning turkumlanishi quyidagicha: - sotilayotgan tovar turi bo’yicha; -hududlarni egallash miqyosi bo’yicha; - raqobat darajasi bo’yicha; -qonuniylik darajasi bo’yicha. 1.Anterprener (tadbirkorlik) marketingi. Kompaniyalarning ko’pchiligiga, istiqbolda paydo bo’layotgan imkoniyatlarni ko’rib va potenstial iste’molchilar e’tiborini qozonib, deyarli “xar bir eshikni qoqadigan”, insonlar tomonidan asos solingan. 2.Doktrinal marketing. Muvaffaqiyatli rivojlanish natijasida har bir kichik kompaniya doktrinal, ya’ni qandaydir «universal» shakldagi marketigni qo’llaydi. 3.Interprener marketing. Ko’pgina yirik kompaniyalar so’nggi reytinglar, bozor tadqiqotlari to’g’risidagi hisobotlarni sinchiklab o’rganib va diler bilan munosabati hamda reklama siyosatini batafsil o’ylab chiqqan holda, doktrinal marketing darajasida qolib ketaveradilar. Ularda o’z ishiga bo’lgan ijobiy yondashuv sezilmaydi. Bunday kompaniyalarning tovar va savdo markalari bo’yicha menejerlari, o’z iste’molchilarini saqlab qolish uchun, ularning hayoti bilan yashashni o’rganishi va iste’molchilarni qiziqtirishni yangi usullarini o’ylab topishlari lozim bo’ladi. Bozorni bilish bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 8 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: 1) rejalashtirish va mahsulotni yaratish; 2) mahsulotning navi va standartlarini belgilash; 3) mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; 4)sotish; 5) omborga joylash; 6)transport xizmati; 7) marketing faoliyatini moliyalash; 8)xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o’tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste’mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo’ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association – AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xalqaro marketing ko’pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi. Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin: 1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo’lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi. 2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi. 3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste’mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi. 4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo’shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi. Korxonalarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishiga quyidagilar sabab bo’ladi: • mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to’laroq foydalanishga intilish; • eksport hisobiga ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash uchun o’z moliyaviy ahvolini yaxshilash; • mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo’lishga intilish; • mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo’lishni ta’minlash; • chet el valyutasini olish imkoniyati; • xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo’lishini ta’minlash; • chet eldan qimmatli nou-xaularni olish. Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o’z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro’yxatini ishlab chiqish va taqsimlash korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi. Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko’rsatish mumkin: sotuvni kengaytirish; resurslarni sotib olish; ta’minot manbalarini diversifikasiyalash. Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir. Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko’rinishda aks ettirish mumkin: 1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. 2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang’ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. 3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 4-bosqich. O’sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo’lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo’lishini nazarja tutadi. 5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko’p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko’zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir). Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin. Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing vositalarini u yoki bu bozorning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirib borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus marketing modeli haqida boradi. Marketing faoliyatining turli elementlari samaradorligi turli mamakatlarda turlicha bo’lishi mumkin.Masalan, amerikaliklarning yondashuvi o’z mahsulotlarini reklama qilishga asoslanadi (jahonda reklama xarajatlarining 57% i AQSHga to’g’ri keladi). Evropacha yondashuv esa ko’proq xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirishga, ya’ni taqsimot tarmoqlari va iste’molchilar bilan bevosita do’konlarda ishlashga yo’naltirilgan. Yaponiya yondashuvi mahsulotni yaxshilash maqsadida fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni tavsiya etadi. SHu sababli xalqaro bozorda marketing sohasida ish olib borayotgan o’zbek mutaxassislaridan nafaqat marketing faoliyatining ayrim elementlarini, balki xorijiy mamlakatlarda shakllangan marketing tizimini to’laligicha bilish va undan foydalanish talab qilinadi. Mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro aloqa va bog’liqlik darajasining yuqori bo’lishi sababli iqtisodiy jihatdan juda keng xalqaro bozor mavjud bo’lib, u turli mahsulotlarni eksport va import qilish imkonini beradi. Bu erda faoliyatini tovar va xizmatlar eksportiga yo’naltiruvchi korxonalar (masalan, kosmetika yoki turistik firmalar) uchun marketing sohasida qo’shimcha talablar vujudga keladi: birinchidan, tovar sifati, tashqi ko’rinishi, qadoqlashsi va reklamasining xalqaro standartlarga, ishlab chiqarish majmuasining esa fan-texnika darajasiga mos kelishi; ikkinchidan, chet ellik vakillar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish hamda xalqaro savdo, ko’rgazma, yarmarka va konferensiyalarni yuqori professional darajada tashkil etish qobiliyati; uchinchidan, import-eksport siyosati sifat va son jihatidan korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun o’ziga xos yondashuvni talab qiladi. Xalqaro marketing funksional ravishda ichki marketingdan yuqori turadi, chunki korxona eksport va import qilish imkoniyatiga ega bo’lsa o’z mahsulotlar assortimentini oshiradi. Demak, marketingning maqsad va vazifalari ham murakkablashadi. Avvalo, xalqaro bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish, ya’ni kelajakda qanday istiqbollar ochilishi va xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkinligini aniqlash zarur. SHundan keyin quyidagi masalalar hal qilinadi: • korxona qanday (yangi yoki eski, tayyor yoki yarim tayyor) mahsulotlarni taklif qilishi mumkin; • bozorga qanday qilib kirib borish va xaridorni aniqlash; • xalqaro biznesda ishtirok etish natijalari qanday bo’lishi mumkin. Ko’pincha narx hosil bo’lishiga oid savollar ham paydo bo’ladi. Iqtisodiyoti sust rivojlangan mamlakatlarda mahsulot narxi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past bo’lib, bunga ishchi kuchining qiymatidagi farqni asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin. Korxona import yoki eksport uchun mahsulot qidirish bilan shug’ullanayotganda narx darajasi muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar korxona ishchi kuchi mahsulotni qabul qiluvchi mamlakatga nisbatan qimmatroq bo’lgan mamlakatdan mahsulotlarni eksport qiladigan bo’lsa, bu holda mahsulot narxi qimmatroq bo’lishi mumkin. Demak, mahsulot uni narxi yuqori bo’lishiga qaramay oson sotish uchun boshqa tavsifnomalarga ega bo’lishi lozim. Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari: 1. Tashqi bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun juda katta va maqsadli yo’naltirilgan hatti-harakatlarni amalga oshirish, marketing usullari va tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish lozim. 2. Tashqi bozor, uning imkoniyatlari va talablari xalqaro marketing faoliyatida ichki bozorni o’rganishga nisbatan murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchan jarayondir. U tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan mos keluvchi bo’linmalar tuzish hamda mamlakatdagi yoki xorijiy maslahatchi firmalarning axborot imkoniyatlarida foydalanishni talab qiladi. 3. Tashqi bozor talablariga javob berish tashqi bozorga chiqqanidan bir necha yil o’tgandan so’ng ham raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini saqlab qoluvchi tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi. Download 152.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling