Mening vatanim


Download 51.48 Kb.
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi51.48 Kb.
#1578740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MENING VATANIM

ЮРТ ОТАСИ
Samarqandda Ulug'bek ko'zyoshiga cho'mdim men,
Lavhul Mahzunni o'ylab, Xaq amriga ko'ndim men.
Yer usti boyliklarin, tortar ekan yer osti,
Xizr yoniga nodir xazinamni ko'mdim men.
Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi,
Kimni boy berdi dunyo, bilgaymi-bilmagaymi ?
Sayyoralar yuz yilda yozarkan bir dasturxon,
Bunday mexmon ming yilda kelgaymi-kelmagaymi ?
Yurt boshiga tosh tushsa, Yurtboshiga tegar tosh,
Yurtboshidan tosh uchsa, Yurtboshiga tegar tosh.
Mana, toshyuraklar xam eridi sel-sel bo'lib,
Mana, ko'zi qizarib, elka silkib egar bosh.
Registon maydonida tush ko'rganday yurdim men,
Uyg'onay deb yuzimga ko'zyoshdan suv urdim men.
Shoxizinda yonida farishtaday oqsoqol,
" Etim qoldim, otam " lab bo'zlaganin ko'rdim men.
Shirin jonin bug'doyday yerga sochgan otam-a,
Ma'naviyat durlarin dilga sochgan otam-a.
So'ngi nafasigacha yurtim deb yongan olov,
Umrini xarjlab-xarjlab, elga sochgan otam-a.
Yig'lasang xam mung'ayma, g'anim xandon bo'lmasin,
O'zingni yig', bardam bo'l, qadding kamon bo'lmasin.
To'n kiyib bel bog'lasa kurashga kirgay o'zbek,
O'zbekiston, jigarim, ko'ngling yomon bo'lmasin.
Chaqmoqdek musibatga tog'-u toshdek bardosh bor,
Yelkangga boshin qo'ygan qavmi inson, qardosh bor.
Otaning g'oyalari qoyalardek mangulik,
Sheri mardga munosib,arslonpanja izdosh bor.
Yuraklarga quvvatdir, yoniq shon-u shukuhi,
Birlashtirdi hattoki elni qayg'u-anduxi.
Yodi xamisha yodda, ismi tillarda duo,
Xumoqushga aylanib yog'du sochadi ruxi.
Bu xayot abadiydir jilg'a soyiga yetdi,
Jannat barpo etgan zot jannatjoyiga ketdi.
O'zi bizga qaytargan daxolarning yoniga,
Buyuk Soxibquronning qurultoyiga ketdi.
Иқбол Мирзо
***
Жоним ичра жонимдирсан
Бу дунёда жаннатмонанд ерлар бисёр
Бу дунёда оку кора эллар бисёр
Аммо йўкдир бу дунйда сендик диёр
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Тупроғингда аждодларим изи колган
Боболарим терларининг тузи колган
Ҳар гардида момоларим кўзи колган
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Ўзбек элим нури дийдам, карогимсан
Ўзбек элим осмониму тупрогимсан
Ҳам кувончим хам бахтиму фирогимсан
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Бешигингда аллаладинг дунёларни
Дунё очган неча неча даҳоларни
Болам дединг юраклари адоларни
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Сохибкирон кўлларида калкон бўлдинг
Улуғбекнинг нигохида осмон булдинг
Мирзо Бобур юрагида армон бўлдинг
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Қўли кадок дехкон элим султон элим
Кўкси юртга доим балогардон элим
Ўз бртига сохибкирон хокон элим
Жоним ичра жонимдирсан Ўзбекистон
Хуршид Даврон
***

Download 51.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling