Mening vatanim


Men nechun sevaman O‘zbekistonni


Download 51.48 Kb.
bet4/15
Sana18.06.2023
Hajmi51.48 Kb.
#1578740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MENING VATANIM

Men nechun sevaman O‘zbekistonni


Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Tuprog‘in ko’zimga aylab to‘tiyo!
Nechun vatan deya yer-u osmonni
Muqaddas atayman, atayman tanho?!
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Bog’larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman.
Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men,
O’paman tuprog’ing, bebaho Vatan.
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog‘i, qashshshoqmiding sen?
Xo‘sh, nechun sevasan O‘zbekistonni?
Sababini aytgin desalar menga,
Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar Mayli, gullasin,
Bog‘ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring – chun
Sevgan farzand bo‘lsa kechirma also!
Аbdulla Oripov

***



VATAN

Quchog'ingga boshimni qoydim,


Sen chekkan g'am, hasratda kuydim.
Suydim sening Oqdaryongni men
Hamda Qoradaryongni suydim,
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Sen bobolar bitgan baytdirsan,
Muhabbatim qo'shib ayturman.
Otmishingga yol solib goho,
Kelajaging bilib qayturman.
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Sen o'tgan yo'l - yuragim yoli,
Iztirob yoshlari cholskan yol.
Bobolarim jasoratiga
Guvoh - alvon qonga cho'mgan yol.
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Bu yollardan borurman, qadim
Bitik toshlar chiqar qoshimga,
Ular so'zin ko'chirarman jim
Yuragimning bujur toshiga.
Ey, dardimga darmonim, Vatan!
Isming aytib chiqar kurtaklar,
Isming aytib chiqadi quyosh.
Isming aytar jangchi yuraklar
Kurash chog'i tugasa bardosh.
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Bolakaylar qog'ozdan yasab
Oqizgan oq kemachalarday,
Solim tonglar, oq tonglar yasan
Oqib chiqar kechalaringdan.
Sen umrimning tongisan, Vatan!
Quchog'ingga boshimni
Sen chekkan dard, hasratda kuydim.
Suydim sening Oqdaryongni men
Hamda Qoradaryongni suydim,
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Hurshid Davron
***

Download 51.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling