2.1. Asosiy texnologik-terminologik tushunchalar
FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH - mineral xom ashyodan uning dastlabki tarkibiga qaraganda yuqori konsentratsiyali foydali komponentlarni ajratish maqsadida amalga oshiriladigan qayta ishlash jarayonlari yig’indisi.
RUDA - tarkibida metall yoki uning birikmalari ma’lum miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga bo’linadi, shunga qarab uni boyitish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Rudalar bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi.
FLOTATSIYA – mineral zarrachalar yuzasining suv bilan har xil ho’llanish qobiliyatiga asoslangan.
KONSENTRAT – mineral xom ashyoni boyitish orqali olingan mahsulot. Unda qimmatbaho komponentlar miqdori birlamchi material (ruda) dagiga qaraganda yuqori.
KOLLEKTIV KONSENTRAT - misdan tashqari boshqa foydali komponentlarni: molibden, oltin, kumush, oltingugurt, reniyni o'z ichiga olgan va keyingi qayta ishlash jarayoni uchun mis va molibden kontsentratlarini ajratish bo'limiga, xamda sof metallar va qotishmalar olish uchun metallurgiya zavodiga yetkaziladigan 2-tozalash jarayonining tayyor kontsentrati.
KON QOLDIQLARI – asosan tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallardan tarkib topgan va tarkibida texnologik jihatdan ajratib olish imkoniyati mavjud va maqsadga muvofiq kam miqdordagi foydali komponentlar bo’lgan boyitish jarayoni chiqindilari.
ORALIQ MAHSULOT - boyitish operatsiyalari mahsuloti bo'lib, unda ko'p miqdorda foydali komponentlar va bo'sh jinslar mavjud bo'lib, ular mustaqil siklda yoki xom ashyo bilan birga qayta boyitish uchun yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |