NAIPU gidrosiklonlar
NAIPU gidrosiklonida korpus va ichki kauchuk ikkita alohida birlik bo'lib, bu yemirilgan qismlarni almashtirishni osonlashtirish uchun ishlatilinadi. Bunga qo'shimcha ravishda, nosozlik yuzaga kelgan vaziyatda ish jarayonini osonlashtirish uchun siklon kirish joyiga o'rnatilgan avtomatik eshik klapanidan foydalanish qulay. Gidrosiklon ichidagi suyuqlik oqimining tezligi yuqori bo'lganligi sababli, ichki devor tezroq eskiradi. Ushbu muammoni inobatga olgan holda, NAIPU gidrosiklonlari yuqori bardoshli kauchukga ega, bu gidrosiklonning ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytiradi.
2.2.3-rasm NAIPU gidrosiklonlar
Sharli tegirmonlar
Qattiq materiallarni yanchish uchun mo’ljallangan qurilma. Barabanli tegirmonlar materialni millimetrning o'ndan bir qismidan kichikroq zarrachalarga bo’laklash uchun ishlatiladi. Yanchish jarayoni yuqori energiya sarfi va narxi bilan tavsiflanadi.
Tegirmon aylanish vaqtida yanchish sharlari va maydalanadigan material ("yuk" deb ataladi) birinchi navbatda baraban bilan aylanma traektoriya bo’ylab harakatlanadi va keyin parabolaga tushadi. Aylanish o'qiga yaqinroq joylashgan yukning bir qismi pastki qatlamlarni pastga siljitadi. Material yanchish jismlari va material zarralarining nisbiy harakati, shuningdek zarba tufayli ishqalanish natijasida eziladi.
Mis boyitish fabrikasida konsentrat va oraliq mahsulotlarni qayta maydalash uchun МШЦ 2,7x3,6 tipidagi tegirmonlardan foydalaniladi. Konsentratlar va oraliq mahsulotlarni qayta yanchish uchun tegirmonlar flotatsiya bo'linmasining gidrosiklonlari bilan yopiq siklda ishlaydi. Tegirmonni kontsentrat va oraliq mahsulotlarni sharlar bilan qayta maydalash uchun qo'shimcha yuklash Ø40 mm sharlar bilan amalga oshiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |