Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja
-rasm. Pamidorning rezavor mevalari4
Download 177.63 Kb.
|
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass
54-rasm. Pamidorning rezavor mevalari4.
Ba’zi o’simliklarda partenokarpiya hodisasi uchraydi. Bunda urug’siz meva hosil bo’ladi. Uzum (kishmish), anjir, mandarin va limonlarda ham urug’siz mevalar uchraydi. Maxsus urug’siz navlar ham bo’lib, ular vegetativ yo’l bilan ko’payadi (uzum, mandarin va boshqalar). Bir urug’li quruq mevalarga: don, pista, hakalak, eman daraxti mevalari va bir urug’li qanotli mevalar kiradi. Pistacha bitta urug’i bor bir uyali meva bo’lib, ikkita mevachabargdan hosil bo’lgan qattiq meva qati bilan qo’shilishib o’smaydi. Bunga kungaboqar pistasi misol bo’ladi. Donlarning esa meva qati uruqqa qo’shilib o’sadi (masalan, bug’doy, arpa, va sholi doni don mevachadir). YOng’oq mevaning qati (po’chog’i) qattiq, yog’ochsimon bo’lib, urug’ uning ichida erkin turadi. Masalan: yong’oq, nasha va boshqalar. Hakalak ham yong’oqqa o’xshaydi, lekin uning meva qati uchta qattiq meva bargchadan hosil bo’ladi (masalan, eman hakalagi). Qanotli mevalar pistacha bo’lib, ularning meva qati bitta yoki bir nechta ingichka qanotsimon o’simta (masalan, qayrag’ochning qanotli mevasi) chiqaradi. Ba’zan pistacha qo’shilib o’sib, qo’sh qanotli meva hosil qiladi (masalan, zarang mevasi). Ko’p urug’li quruq mevalar: dukkak, qo’zoq, qo’zoqcha, ko’sak, ko’sakcha va har xil shakldagi quticha mevalardir. Dukkak bir uyali meva bo’lib, bitta meva bargchadan hosil bo’ladi, odatda ikkita chokidan ajralib ochiladi. Urug’lari pallalariga yopishib turadi (masalan, mosh, loviya, no’xat). Qo’zoq ikki uyali cho’ziq meva bo’lib, ikkita quruq qattiq meva bargchaning qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. Urug’lari mevaning o’rtasidan o’tgan soxta pardaning chetlariga birikib turadi. Ikki pallaga ajralib ochiladi. Qo’zoqcha qo’zoqqa o’xshaydi lekin birmuncha qisqa va keng bo’ladi (masalan, jag’-jag’ning mevasi). Ko’sak bir-biri bilan qo’shilib o’sgan bir necha meva bargchadan hosil bo’ladi. Ko’sak ko’pincha pallalari ajralib (g’o’za ko’sagi) yoki teshikchasi (ko’knori) bilan ochiladi, ba’zan mevaning uchidagi qopqoqchasi ajraladi (masalan, ming devonada). Download 177.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling