Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja


Soxta meva hosil bo’lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Ularga Malus, Pirus, Cydonia mevalari misol bo’ladi (53-rasm)1


Download 177.63 Kb.
bet2/9
Sana29.10.2023
Hajmi177.63 Kb.
#1732954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass

Soxta meva hosil bo’lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Ularga Malus, Pirus, Cydonia mevalari misol bo’ladi (53-rasm)1.

  • Oddiy meva guldagi urug’langan bitta urug’chining rivojlanishidan hosil bo’lib, Amygdalus, Prunus mevalari misol bo’ladi.

  • Murakkab meva bitta guldagi bir nechta urug’chilar ishtirokida hosil bo’ladi. Ularga Rubus, Fragaria mevalari misol bo’ladi.

  • To’pmeva – to’pguldagi zich joylashgan mayda gullardan rivojlanadi. Morus, Ficus o’simliklari to’pmeva hosil qiladi.

  • Ho’l mevalarning mezokarp qavati yaxshi rivojlangan va sersuv bo’ladi.

  • Quruq mevalarda perikarp qavati qalin va yog’ochsimon bo’ladi. Ayrimlarida mezokarp rivojlanmagan bo’ladi.


    53-rasm. Soxta mevaning urug’lanishdan keyingi rivojlanishi2.

    Mevalar-meva qatining tuzilishiga ko’ra ho’l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho’l mevalarning meva qati seret, sersuv, ko’pincha ravshan rangli bo’ladi. Quruq mevalarning meva qati quruq, qalin va yog’ochsimon bo’ladi, ba’zan esa po’choqqa o’xshaydi. Ho’l va quruq mevalarning urug’i har xil miqdorda bo’ladi. Urug’lar bir donadan bir necha yuz donagacha bo’lishi mumkin. SHuning uchun urug’larning soniga qarab mevalarni asosan:


    1.Bir urug’li va ko’p urug’li ho’l mevalar.
    2.Bir urug’li va ko’p urug’li quruq mevalarga ajratish mumkin.
    Bir urug’li ho’l mevalarga bir yoki bir nechta mevachalardan hosil bo’lgan, juda o’sib ketgan seret meva qati bor bir urug’li danakli mevalar kiradi. Meva qatining ichki qismi yog’ochlashib danak hosil qiladi, danak ichida urug’i (mag’izi) bo’ladi. O’rik, olcha, gilos, shaftlo, olxo’ri ana shunday mevalardir.
    Ko’p urug’li ho’l mevalar umumiy nom bilan rezavor meva deb ataladi. Rezavor mevalar bitta yoki bir nechta mevabargchadan hosil bo’lib, tashqi tomondan yupqa (ba’zan pishiq va qattiq) po’st bilan qoplanadi, ichki tomonida esa ko’p urug’li seret meva qati bo’ladi. Ituzum, pamidor, uzum, mandarinlar ana shunday rezavor mevalardir (54-rasm). Qovoqlar – meva qatining tashqi qismi qattiq bo’lgan uyali mevalar ham rezavor mevalardir (masalan, qovun, tarvuz, bodring, qovoq). Meva qatining tashqi seret va ichki qattiq pardasidan hosil bo’lgan olma, nok, behi, avakado ham shu mevalar tipiga mansub (55-rasm)3.



    Download 177.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling