Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja
Download 177.63 Kb.
|
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass
YOPIQ URUFLI O‘SIMLIKLAR URUF KURTAGINING TUZILISHI
Urug‘ kurtagi quyidagi qismlardan tashkil topgan. 1. Urug‘ kurtagining bandi-funikulus 2. Urug‘ kurtagining qoplog‘ich to‘qimasi-intugument. Odatda intugument 2 qavat bo‘ladi. Tashqi va ichki intugument. Intugumentning yuqorisi ochiq bo‘ladi. Bu ochiq qolgan joyni chang kirish yo‘li bilan mikropile deyiladi. Urug‘ kurtakning ostki qismi, ya’ni funikulusga o‘tish joyi esa xalaza deyiladi. 3. Urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellus. 4. Bola qopchig‘i-zarodыshevыy meshok. Urug‘ kurtagining o‘sib chiqqan joyini platsent deyiladi. Onalik tugunida urug‘ kurtagi 1 tadan bir nechta minggacha bo‘lish mumkin. Gulda changlanish va otalanish protsessi bo‘lib o‘tgandan so‘ng urug‘ kurtakdan urug‘ xosil bo‘ladi. Onalik tuguni ichida urug‘ kurtagi to‘g‘ri, qiyshiq yoki teskari joylashgan bo‘ladi. To‘g‘ri joylashgan urug‘ kurtakni atrop deyiladi. Bunda mikropile funikulusining qarama-qarshi tomoniga joylashgan. Buni murakkabgullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda ko‘ramiz. Urug‘ kurtak qiyshiq joylashgan ham bo‘ladi. Bunda urug‘ kurtak 900 ga aylangan. Qiyshiq joylashgan urug‘ kurtakni kampilotrop deyiladi. Bunda mikropile funikulusining yon tomonidan joylashgan. (butsimongullilar, chinigullilar). Onalik tugunida urug‘ kurtak teskari joylashgan bo‘lsa, anatrop deyiladi. Teskari joylashgan urug‘ kurtak 180 ga bur-n. Mikropile funikulusining yoniga joylashgan. Mas.bug‘doy, paxtaning urug‘ kurtagi, anatrop ko‘p uchraydi. YOPIQ URUG’LI O‘SIMLIKLARNING QO‘SHALOQ OTALANISHI. Chang onalik og‘izchasiga tushgandan so‘ng changning ichki po‘sti intinadan chang trubkasi o‘sib chiqadi. Changning vegetativ yadrosi changning trubkasini o‘sishiga yordam beradi. Chang trubkasi bola qopchig‘iga o‘sib kirgach vegetativ yadro erib ketadi. Generativ yadro esa chang trubkasida bo‘linib, 2 ta spermiya xosil qiladi. Bu spermiyalar bola qopchig‘iga kirib, 1 tasi bola qopchig‘idagi tuxum xujayra bilan, 2si esa bola qopchig‘idagi 2 lamchi markaziy yadro bilan qo‘shiladi. Bu tipdagi otalanish-qo‘shaloq otalanish deyiladi. Qo‘shaloq otalanish 1818 y rus olimini Novashin topgan. Otalanish protsessi bo‘lib o‘tgandan so‘ng tuxum xujayradan urug‘ning embrioni vujudga keladi. Bola qopchig‘ining 2 lamchi markaziy yadrosidan esa urug‘ning endospermasi xosil bo‘ladi. Urug‘ kurtagi qoplovchi to‘qimasi intugumentda urug‘ning po‘sti xosil bo‘ladi. M E V A Changlanish va otalanish protsessi natijasida onalik tugunidan meva, urug‘ kurtagidan esa urug‘ rivojlanadi. "Onalik tugunining o‘zidan xosil bo‘lgan mevaga chin meva deyiladi. (olcha,shaftoli)istinnыy plod. Ba’zan mevalarning xosil bo‘lishida onalik tugunidan tashqari gul o‘rni yoki kosacha bargi ishtirok etsa, soxta meva (lojnыy plod) deyiladi. M. olma, o‘rik, nok, qulupnay, tarvuz, qovun. Meva qati tugunchaning devoridan hosil bo‘lib, uch qavatga ega: 1. Ekzokarp 2. Mezakarp 3. Endokarp Agar meva 1 ta onalikdan xosil bo‘lsa, oddiy meva deyiladi. M. Shaftoli, o‘rik. Meva bir necha onaliklardan xosil bo‘lsa, murakkab meva-slojnыy plod deyiladi. M. maymunjon, ayiqtovon. Ba’zi o‘simliklarning mevasi bir qancha gullarining onaliklaridan xosil bo‘lsa to‘p meva deyiladi. M. tut, anjir, lavlagi mevasi. Mevalar tarkibidagi suvning miqdoriga qarab 2 ga bo‘linadi. Quruq mevalar va xo‘l mevalar. (sochnыye plodы). Quruq mevalar tarkibida 10-15%, xo‘l meva tarkibida 70-90%suv bo‘ladi. Quruq mevalar 2 ga bo‘linadi. 1. Pishganda ochiladigan quruq mevalar 2. Pishganda ochilmaydigan mevalar. Pishganda ochilmaydigan quruq mevalar: 1. Doncha-zernovka. bir urug‘li meva bo‘lib, urug‘ mevasiga yopishib ketgan. Bug‘doy, sholi, arpa, jo‘xori. 2. Semyanka-pista. Bir urug‘li pishganda ochilmaydigan quruq meva bo‘lib, mevasi urug‘ga yopishmagan. M. qoqio‘t, kungaboqar, qiyo o‘tlarning mevasi. Download 177.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling