Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja


Download 177.63 Kb.
bet8/9
Sana29.10.2023
Hajmi177.63 Kb.
#1732954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass

3. Qo‘shaloq pista-dvusemyanka.
Soyabongullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning mevasi: sabzi, ukrop, kashnich, petrushka.
4.Qanotli pista-krilatka.
Bunga manzarali daraxtlar: zarang, qayrag‘och, qayinlarning mevasi.
5. Yong‘oq orex.
Bir urug‘li pishganda ochilmaydigan quruq meva, urug‘i mevaga yopishmagan bo‘ladi. Mevasi yog‘ochlangan toshsimon xujayradan tuzilgan. M.o‘rmon yong‘og‘i, nasha, dubning mevasi, kashtanning mevasi.
Pishganda ochiladigan quruq mevalar:
1. Bargcha-listovka.
Bir xonali, ko‘p urug‘li, pishganda bir tomoni bilan yorilib ochiluvchi meva. M. ayiqtovon, parpi, sedana.
2. Dukkak-bob.
Bir uyali asosan ko‘p urug‘li, ba’zan 1 yoki 2 urug‘li pishganda xar 2 tomoni bilan yorilib ochiladigan quruq meva. M. dukkaklilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar: mosh, no‘xat, loviya, beda, yer yong‘oq, akatsiya.
3. Qo‘zoq -qo‘zoqcha - Struchok-struchochek.
Ikki xonali, ko‘p urug‘li, pishganda har tomoni yorilib, pastdan yuqoriga ochiluvchi quruq meva. Qo‘zoqning bo‘yi enidan 4 va undan ortiq marta katta. Qo‘zoqchaning bo‘yi eni bilan barobar bo‘ladi, yoki sal kattaroq bo‘lishi mumkin. M. Karamdoshlar oilasi (Brassicaceae) Qo‘zoq - karam, sholg‘om, rediska. Qo‘zoqcha jag‘-jag‘.
4. Ko‘sak-korobochka.
Bir xonali yoki ko‘p xonali, hamma vaqt ko‘p urug‘li, pishganda xar xil usullar bilan ochiluvchi quruq meva. M. G’o‘za - Gossypium, ko‘knori - Papaver, gulsafsar, bangidevona - Patura, mingdevona - Hyosyamus, choy, xina.
Xo‘l mevalar ham 2 ga bo‘linadi:
1. Danakli xo‘l mevalar-kostyanka.
2. Danaksiz xo‘l mevalar-yagoda.
Danakli mevalar bir urug‘li bo‘lib, mevasining ichki qavati, toshsimon xujayradan tuzilgan.
1. Ekzokarp-tashqi.
2. Mezokarp-o‘rta.
3. Endokarp-ichki.
Danaksiz mevalar ko‘p urug‘li bo‘ladi. M. uzum, anor, qovun, tarvuz, pamidor.
URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VA TUZILISHI.
Urug‘ o‘simlikning jinsiy ko‘payish natijasida hosil bo‘lib nasl tarqatishda xizmat qiladi. Urug‘ asosan urug‘lanish jarayonidan so‘ng hosil bo‘ladi. Lekin ayrim xollarda urug‘lanish sodir bo‘lmay ham urug‘ hosil bo‘lishi mumkin (apomiksis).
Urug‘da oziq moddalar, nasl murtagi va ularni himoya qilish uchun o‘rab turgan alohida qobig‘i bo‘ladi.
Sporaga nam tegishi bilan o‘simlik o‘sib chiqadi. Lekin urug‘ ma’lum bir tinim davrni o‘tmay turib ko‘karib chiqmaydi. Urug‘ sporaga nisbatan ishonchli universaldir. Taraqqiyot natijasida endosperm ham rivojlanadi, lekin murtakning kattalashishi natijasida, oziq moddalar murtakning o‘zida to‘planib endosperm qisqaradi, hatto reduksiya uchrashi ham mumkin.
Urug‘ onalik tugunidan urug‘ kurtakdan xosil bo‘ladi. Urug‘ kurtakning qoplog‘ich to‘qmasi intugumentdan, urug‘ning po‘sti, bola qopchig‘idan urug‘ning endosperma to‘qimasi, tuxum xujayradan urug‘ning urug‘ embrioni xosil bo‘ladi. Bir pallalilar sinfiga kiruvchi o‘simiklarning urug‘ pallasi 1 ta, 2 pallali o‘simliklar sinfiga kiruvchi o‘simliklarning urug‘ palasi 2 ta bo‘ladi. Bir pallali va ba’zi bir 2 pallali o‘simliklar (sabzi, zig‘ir, nasha, kanakunjutlarda) oziq moddalar urug‘ining endospermasida to‘planadi. 2 pallali o‘sim-liklarning ko‘pchiligida endosperma bo‘lmaydi. Chunki ularda endosperma urug‘ pishguncha embrionning rivojlanishiga sarf bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda zapas oziq moddalar urug‘ning pallasiga to‘planadi. M. chigit, loviya, oshqovoq, no‘xat.
Nutsellus oziq modda sifatida sarflanmay qolsa, u endosperm kabi vazifani bajaradi. Nutsellus urug‘da saqlanib qolsa, uni perisperm deb ataladi. Masalan; Chinniguldoshlar (Caryophullaceae), Ituzumdoshlar (Sola-naceae)
G’alladoshlarning urug‘lari ba’zan qobiqsimon bargga o‘ralib, yopishib ketgan bo‘ladi. M. arpa, suli, sholi. Ba’zilarda yopishmagan bug‘doy, jo‘xori. Urug‘lar odatda mayda bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning urug‘i katta bo‘ladi. M. yong‘oq, palma, xurmo. Yovvoyi xoldagi o‘simliklarning urug‘i madaniy o‘simliklarning urug‘iga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. M.1 tup shumg‘iya (zarazixa)200 ming dona urug‘ bo‘ladi. Yovvoyi gultojxo‘roz 500000 dona urug‘ beradi. Urug‘ning unib chiqishi uchun suv, T 500, xavoning O2 bo‘lishi shart. Suv ishtirokida urug‘dagi oziq moddalar eriydi. Kraxmal shakarga aylanadi. Suvni shimib olgan urug‘ shishadi, bo‘kadi, natijada po‘stlog‘i yorilib, embrion o‘sib chiqadi. T0 esa urug‘ xujayrasidagi fermentlarni xarakatga keltiradi. Fermentlar ta’sirida oziqli moddalar eriydi. T0 3 ta darajaga bo‘linadi.
1. Eng past daraja
2. O‘rta daraja
3. YUqori daraja
Xar xil o‘simliklar xar-xil T0 ni talab etadi.M. Bedaning + 10 +300 +370
Bug‘doyning + 30 + 250 + 300
G'o'zaning + 120 +320 + 40 0
Oshqovoqning + 10 +37 0 +44 0 .
Xavoning O2 o‘simliklarning unib chiqayotgan urug‘ining nafas olishi uchun zarur. Unayotgan urug‘ kuchli nafas oladi. Nisbatan olganda odamning nafas olishi bilan teng.
1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom 
Vыsshaya shkola, 1982.
2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I,Razdorskiy V.F,Uranod.A "Botanika"II tom,O‘simliklar sistematika-si",Toshkent , 1972g
3. Jebrak A.R."Kurs botaniki",M.Med.izd.,1961.
4. Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.
5. Komilova F,Jogurazov F."Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat", 1986.
6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T. «O‘qituvchi» 1995 yil.

XULOSA
.Meva-urug’ni himoya qiladigan va tarqalishiga yordam beradigan asosiy generativ organ.Meva – guldagi urug’langan ginetseydan ya’ni undagi tuguncha devoridan rivojlanadi.Mevalarni – Karpologiya fani o’rganadi. Meva faqat yopiq urug’li o’simliklar uchun xosdir.


Download 177.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling