Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja


Meva va urug’lardan foydalanish


Download 177.63 Kb.
bet5/9
Sana29.10.2023
Hajmi177.63 Kb.
#1732954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass

4.Meva va urug’lardan foydalanish
Meva va urug’lar inson hayotida muhim oziq-ovqat hisoblanadi. CHorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi. Sanoatda spirt va pivo tayyorlashda, yog’ olishda, nonvoychilikda foydlaniladi. Meditsinada dori tayyorlashda. Ko’pchilik o’simlik urug’lari ekin dalalarini begona o’tlar bilan ifloslanishga olib kelsa, ko’pchilik urug’lar zaharli hisoblanadi.
Meva va urug’larning tarqalishi. Meva va urug’larning tabiatda tarqalishi juda xilma-xil bo’lib, shunga ko’ra evolyutsiya jarayonida o’simliklarda urug’ni tarqatish uchun maxsus moslamalar vujudga kelgan. Ba’zi o’simliklarning mevasi yetilishi bilan pallalari tezda yoriladi va urug’lari kuch bilan otilib uzoqlarga sochiladi (Masalan, mosh, loviya, burchoq). Boshqa hollarda urug’larda maxsus moslamalar hosil bo’lib, ular ana shu moslamalar tufayli shamol yordamida tarqaladi. Har xil qanotli urug’lar (qayrag’och, zarang, shumtol urug’i), uchma urug’lar (qoqio’t yoki bo’ztikonlar urug’i), shuningdek tukchali urug’lar (tol, terak urug’lari va chigit) ana shunday moslamali urug’lar jumlasiga kiradi (57-rasm). Ba’zi o’simliklarning urug’i haddan tashqari mayda va yengil bo’ladi, shuning uchun ular g’avo oqimi bilan uzoq masofalarga uchib ketishi mumkin. Urug’larni hayvonlar yoki odamlar yordamida tarqalish uchun ham ko’pgina moslamalari bor5.
Har xil ilgakchali va ilashgichli urug’lar bo’lib, ular shu ilgakchalar bilan hayvonlarning juniga yoki odamlarning kiyimiga yopishib olib tarqaladi (Masalan, qo’ytikon, qariqiz urug’i). Bir qancha o’simliklarning urug’i suvda oqib boribosongina tarqaladi, Markaziy Osiyo sharoitida sug’oriladigan yerlardagi va ayniqsa sholikor yerlardagi ko’pgina begona o’tlarning urug’i sug’orish va oqava ariqlaridagi suv bilan oqib tarqaladi6.
Changlanish va otalanish. Meva, to‘p meva va urug‘.
Reja:
1. Changlanish va otalanish xaqida tushuncha.
2. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanish.
3. Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi.
4. Urug‘laniщ.
5. Gulli yoki yopiq urug‘li o‘simliklar.
6. Yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘ kurtagining tuzilishi
7. Yopiq urug‘li o‘simliklarning qo‘shaloq otalanishi.
8. Meva xosil bo‘lishi.
9. Oddiy meva va murakkab meva.
10. To‘p meva.
11. Urug‘.
12. Urug‘larni tuzilishi va tiplari.
CHANGLANISH- OTALANISH
Changning otalanish changdonidan onalik og‘izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo‘ladi:
1. O‘zidan changlanish-Avtogamiya
2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya
3. O‘z-o‘zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi.
1) Avtogamiya - urug‘chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o‘tadi.
2) Geytenogamiya - bir o‘simlik individuli o‘rtasida bo‘ladi, ya’ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o‘simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi.
3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya’ni yopiqlik paytida changlanish bo‘ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong‘oq (Arachis), arpa (Hordeum) o‘simliklarida ko‘rish mumkin.
Buyuk biolog Charlz Darvin o‘zining 27 yil mobaynida o‘simlik gulining tuzilishini o‘rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko‘rdi. Darvin o‘simliklarning o‘zidan changlanishi tabiatda ozroq bo‘lishi, chetdan changlanish esa ko‘proq bo‘lishini ko‘rdi. Darvin o‘simliklarning o‘zidan changlanishida xosili sog‘lom bo‘lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog‘lom va o‘zgaruvchan bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi. Ivan Vlad, Michurin o‘simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb xisobladi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarga: arpa, bug‘doy, no‘xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g‘o‘za, zig‘ir kiradi. Bu o‘simliklar ba’zan chetdan ham changlanib turadi. Ba’zan paxta, zig‘ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba’zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi.
Faqat o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko‘rimsiz va ochilmaydigan bo‘ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong‘oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong‘oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko‘rimsiz gullar esa xosil beradi,o‘zidan changlangan bo‘ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba’zi o‘simliklarning loviya, no‘xat g‘unchalik vaqtida o‘zidan changlanadi. Arpa, bug‘doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo‘yadi. O‘simliklarning ko‘pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo‘lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba’zan o‘simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o‘simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o‘simliklar misol bo‘ladi.
O‘simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo‘ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba’zan o‘simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo‘ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba’zi o‘simliklarning otalik changi onaligi uchun zaxarli xisoblanadi. Buni orxid deb ataluvchi tropik o‘simliklarda ko‘ramiz. Qora bug‘doy-roj o‘simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘simliklar chetdan changlanadi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo‘ladi:

Download 177.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling