Meva, urug’ tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi reja
Urug’ tuzilishi va tiplari
Download 177.63 Kb.
|
4 meva urug tuzilishi tiplari va klass
3.Urug’ tuzilishi va tiplari
Urug’-gulli o’simlikning hayot tsikli davomida uning asosiy organlari, ya’ni uning unib chiqishidan voyaga yetgan o’simlikda yangi urug’ paydo bo’lguncha hamma organlar shakllanadi. Urug’dan urug’ hosil bo’lgunga qadar o’tgan davr –ontogenez yoki o’simliklarning indivudial rivojlanish davri deyiladi. Gulli o’simliklar ontogenezining davomliligi bir-biridan katta farq qilishiga qaramay, har bir individning hayoti urug’ning unib chiqishidan boshlanib urug’ning hosil bo’lishi bilan tamomlanadi. Urug’ deb o’simliklarning tarqalishiga, ko’payishiga xizmat kiluvchi generativ organga aytiladi. Urug’ urug’ kurtakda ro’y bergan qo’sh urug’lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo’ladi. U o’zida bo’lg’uvchi o’simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo’ladi. Bu qismlar qo’sh urug’lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo’lsa, zahira oziq moddalar to’planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo’ladi. Urug’ po’sti urug’kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Tabiatda urug’lar turli - tumandir. Ularning og’irligi milligramdan 15 kg gacha bo’ladi (palma). Urug’ning shakli, o’lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug’ quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Urug’ po’sti, murtak va zahira oziq moddalar saqanuvchi qism. Zahira oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug’larni uchta guruhga ajratish mumkin. 1.Endospermli urug’lar; 2.Endospermsiz urug’lar; 3.Perisperimli urug’lar. Endospermsiz urug’larning tuzilishi. Endospermsiz urug’lar ikki pallali o’simliklar uchun xos (56-rasm) bo’lib (dukkakdoshlar, qoqidoshlar, karamdoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi: 1.Urug’ po’sti; 2.Murtak; 3.Urug’palla. Urug’ po’sti, urug’ kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Ikki pallalilarning urug’ po’sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yog’ochlangan bo’ladi (uzum). Urug’ po’stining rangi oq, qo’ng’ir, qizil va qora ranglarda bo’lishi mumkin. Urug’ po’stining yuzasi silliq yoki g’adir budir (no’xat), tukchali (g’o’za, terak, qoqio’t) bo’ladi. Bu o’zgarishlar urug’larning tarqalishiga va tuproqqa joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug’ning asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Murtakda, murtak kurtakchasi, murtak ildizchasi joylashgan bo’lib, uning rivojlanishidan bargli poya va o’q ildiz hosil bo’ladi. Urug’larda zahira oziq moddalar to’planib u o’simlikning birinchi bargi hisoblanadi. Endospermli urug’larning tuzilishi. Endospermli urug’lar g’allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug’lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo’ladi. 1.Urug’ po’sti; 2.Endosperm; 3.Murtak. Qalqoncha bir pallali urug’lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funktsiyasi endospermadagi zahira oziq moddalarni diastaza fermenti ta’sirida parchalab murtak qismiga o’tkazib berishga xizmat qilishdir. Ayrim o’simliklar endosperm o’rniga zahira oziq moddalarni persperm qismida to’plash xususiyatiga ega bo’ladi. Perisperm urug’kurtakning nuttsellus qismidan hosil bo’ladi. Persperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog’ miqdori kamroq bo’lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, sho’ra, olabuta uchun xosdir. Urug’ning otalanmasdan rivojlanishi. O’simliklar dunyosida urug’ning hosil bo’lishi va rivojlanishi har doim yuqoridagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o’simliklarda urug’ va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug’ va mevani otalanib hosil bo’lishi amfimiksis deyladi. Tinim davrini boshidan kechirgan urug’ ma’lum vaqtdan keyin qulay sharoitda una boshlaydi. Unayotgan urug’ quyidagi uch holatni boshidan kechiradi: 1.Fizik - suvni qabul qilish. 2.Biokimiyoviy - zahira oziq moddalarning eriydigan holga yetishi. 3.Biologik - murtakning rivojlanishi. Urug’ning unishi uchun suv, havo, harorat kerak. Unuvchanlik qobiliyati o’simliklarda har xil bo’ladi. Ayrim urug’lar to’liq tingandan keyin 3-5 kunda unib chiqa oladi. Beda urug’i unuvchanlik qobiliyatini 3-5 yilgacha, saqlay oladi. Urug’ qancha ko’p saqlansa shuncha unuvchanlik qobiliyati pasayib boradi. Ko’pchilik daraxtsimon o’simliklar urug’i (limon, xurmo, pista, yong’ok) me’yorida pishib, qulay sharoitda ekilsada unish qobiliyati yomon bo’ladi. CHunki, urug’ po’sti yog’ochlangan bo’lib suvni yomon o’tkazadi. Buning uchun bunday urug’lar skarifikattsiya qilinishi lozim Ikki pallali o’simliklardan loviya, soya, beda, qovun, tarvuz, qovoqda urug’ pallalar yerning ustki qismiga o’sib chiqadi va fotosintez jarayonida ishtirok etadi.Urug’dan unib chiqqan o’simlik o’simta deyiladi. Unda ildiz, poya barg bo’lib, ildizdan poyaga o’tish joyi ildiz bo’yni deyiladi. Ildiz bo’ynidan urug’paladan hosil bo’lgan barggacha bo’lgan qism gipokotil deyiladi. Undan birinchi barggacha bo’lgan qismi epikotil deyiladi. Download 177.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling