Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


Inersial sistema deb ataluvchi shunday sanoq sistemalar mavjudki


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
fizika-10

Inersial sistema deb ataluvchi shunday sanoq sistemalar mavjudki
undagi jism boshqa jismlardan yetarli darajada uzoq joylashgan 
bo‘lsa, tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bo‘ladi.
Bu qonun bir tomondan, inersial sanoq sistemasiga ta’rif bersa, ikkin-
chi tomondan, haqiqatan ham, shunday sistemalar mavjudligini tekshirish 
imkoniyatini beradi. Mexanikaning birinchi qonuni, inersial sanoq siste-
masini alohida maxsus o‘ringa qo‘yadi.
Aylanayotgan qattiq jismning har bir nuqtasi tezlanish bilan harakatlanadi. 
Istalgan bo‘lakchaning tezlanishi jismdagi boshqa qismlarning ta’siri tufayli 
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qattiq jismni tashkil etgan bo‘lakchalar “erkin 
jism” bo‘la olmaydi va unga Nyutonning birinchi qonunini tatbiq etib 
bo‘lmaydi.
Shunday qilib, jismlarning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat 
holatidan chiqish sababi boshqa jismlarning ta’siri ekanligini bilib oldik. 
Jismlarning bir-biriga bo‘lgan ta’siri kuch bilan xarakterlanadi.
Nuytonning ta’biricha, mexanikada, jismlarning bir-biriga ta’siri 
natijasida tezlanish olishiga sabab bo‘ladigan miqdoriy o‘lchamga kuch 
deyiladi.
Bu kuchga sifat jihatidan berilgan ta’rifdir. Bu bilan mexanikada ikkita 
tasdiqni kiritdik: 
1) jismlarda tezlanish, kuch ta’siri tufayli bo‘ladi;
2) tezlanish beruvchi kuch boshqa jismlarning ta’siri tufayli bo‘ladi.


30
Kuch tushunchasi ikkita jismga tegishlidir. Kuch vektor kattalik bo‘lib 
yo‘nalishga ega. Kuchni miqdoriy jihatdan aniqlash uchun uni o‘lchash kerak. 
Buning uchun uni boshqa bir etalon kuch bilan solishtiriladi.
Tabiati jihatidan qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kuchlarning jismga 
bir vaqtdagi ta’siri uning tezligini o‘zgartirmasa (ya’ni, unga tezlanish 
bermasa), moduli jihatidan teng va qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, jismning olgan tezlanishi unga qo‘yilgan 
kuchdan tashqari jismning xossalariga ham bog‘liq. Demak, bu xossani 
aniqlashtirib olish zarur. Mexanikada bu xossa jism massasi bilan ta’rifl anadi.
Sizga 7-sinfdan ma’lumki, jismga qo‘yilgan kuchning jism olgan 
tezlanishiga nisbati o‘zgarmas kattalikdir
= const. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling