Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
fizika-10

II 
II bob
bob. DINAMIK A
. DINAMIK A
9-
mavzu. DINAMIKA 
QONUNLARI
Bizni o‘rab turgan muhitdagi jismlarning harakati mexanika qonun lariga 
bo‘ysunadi.
Jism harakatining o‘zgarish sabablarini XVI asr oxiri va XVII asr boshida 
ilk bor tajribalar vositasida batafsil o‘rgangan olim Galiley edi. Galiley jism 
harakatini o‘zgartish sababi haqida quyidagicha yozgan edi:
Agar jismga boshqa hech qanday jismlar ta’sir etmasa, jism Yerga nis-
batan o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Galiley tomonidan o‘rnatilgan bu qonun mexanikaning asosiy qonunlarini 
tarkib toptirishda birinchi qadam bo‘ldi.
Bu qonunlarni ochish uchun Nyutonga hech qanday murakkab asbob-
uskunalar zarur bo‘lmagan. Buning uchun oddiy tajribalar yetarli bo‘lgan. 
Bundagi eng katta qiyinchilik jismlarning turli-tuman harakatlari ichidan eng 
muhimini, eng umumiysini ko‘ra olishdan iborat edi.
Dinamika grekcha “dynamis” so‘zidan olingan bo‘lib “kuch” degan 
ma’noni bildiradi. Agar biz qandaydir jismning harakatga kelganini ko‘rsak, 
unga ta’sir qilayotgan boshqa bir jismni ham ko‘ramiz. Boshqa jism, 
harakatga kelgan jismni tortishi, itarishi yoki unga masofadan turib ta’sir 
qilishi mumkin (masalan, magnitning temir sharga ta’siri). Yerdan biror 
balandlikka ko‘tarib qo‘yilgan jism qo‘yib yuborilsa pastga tushadi. Bu 
tajribalarning barchasida jism tezligining o‘zgarishi (ya’ni tezla 
nish) har 
doim boshqa bir jismning ta’siri tufayli vujudga keladi. Bu ibora Nyuton 
mexanikasining eng muhim xulosasi hisob lanadi.
Jismlarning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayoniga 
– 
o‘zaro ta’sir 
deyiladi. Fizikada barcha o‘zaro ta’sirlar albatta juft bo‘ladi. Ya’ni, har qanday 
ta’sir aks ta’sirni vujudga keltiradi.


29
Lekin bunday xulosaga darhol kelinmagan. Buyuk mutafakkir Aristotel 
jism harakatining o‘zgarishi sababini ochishga harakat qildi. Uning 
yozishicha, “Agar jismga itaruvchi kuch ta’sir etmay qolsa, harakatlanuvchi 
jism to‘xtab qoladi”. Yerga nisbatan bo‘lgan tinch holatni jismning tabiiy 
holati deb tushuntirgan.
O‘sha davrlarda Yerni Olamning markazi deb qarashganligi tufayli, 
muhim bir sabab bo‘lmasa, jism o‘zining tabiiy tinch holatiga qaytadi deb 
tushuntirishgan. Haqiqatan ham, tekis asfalt yo‘lda ketayotgan avtomobilning 
benzini tugab qolsa, dvigateli o‘chadi. Avtomobil biroz yurib to‘xtaydi. Xuddi 
shunday xulosani velosipedga, ko‘ldagi qayiqqa ham qo‘llash mumkin.
Olib borilgan kuzatishlar va xulosalar asosida dinamikaning birinchi 
qonuni topilgan edi. Uni quyidagicha ifodalanadi: 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling