Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


I bobni yakunlash yuzasidan test savollari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119
Bog'liq
fizika-10

I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa 
nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo 
oqimining tezligi (m/s) nimaga teng?
A) 0,5; 
B) 1; 
C) 2,5; 
D) 5.
2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s 
o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 25; 
B) 35; 
C) 30; 
D) 45.
3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan 
joyiga qaytib tushadi (m/s)?
A) 20; 
B) 35; 
C) 30; 
D) 40.
4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta 
kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan?
A) 30; 
B) 40; 
C) 50; 
D) 60.
5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik 
bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? 
Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) massasi kichik bo‘lgan sharcha;
B) massasi katta bo‘lgan sharcha;
C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi;
D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.


25
6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan 
g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta 
to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha?
A) 3 s; 
B) 7,5 s; 
C) 5 s; 
D) 6 s.
7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri 
o‘zgarmaydi?
A) oniy tezlik moduli
B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; 
D) tezlanish vektori.
8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga;
B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;
D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling