Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
fizika-10

Masala yechish namunasi
1. Koptok 10 m/s tezlik bilan gorizontga 30° qiyalatib otildi. U qancha 
balandlikka ko‘tariladi?
B e r i l g a n: F o r m u l a s i: 
Y e c h i l i s h i: 
υ
o
= 10 m/s
α = 30°
g = 9,81m/s
2
________________
Topish kerak
h – ?
h
max
=
h
max

= 1,27 m.
Javobi: 1,27 m.
1. Basketbolchi to‘pni to‘rga tushirish uchun o‘zining bo‘yini hisobga 
oladimi?
2. Gorizontga qiya otilgan jism havo qarshiligi hisobga olinganda qanday 
trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi?
3. O‘q-yoy otish musobaqasida qatnashayotgan sportchi kamon o‘qini gori-
zontga nisbatan qanday burchak ostida otishi kerak?
Hovlida yoki vannada vodoprovod kraniga shlang ulab, suvni turli 
burchak ostida sepib ko‘ring. Natijani tahlil qiling.


22
8-
mavzu. LABORATORIYA ISHI: GORIZONTGA QIYA OTILGAN 
JISM HARAKATINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi. Jismning uchish uzoqligining otilish burchagiga 
bog‘liqligini tekshirish.
Kerakli asbob va jihozlar. Ballistik to‘pponcha, metall sharcha, o‘lchov 
lentasi, 2–3 varaq oq va qora qog‘oz (kopirovka).
1.13-rasm.
1 5
2
5
4
3
Ishni bajarish tartibi.
1. Ballistik to‘pponcha labora to riya stoli 
chetiga o‘rnatiladi (1.13-rasm).
2. Ballistik to‘pponchaning qiya-
lik burchagini 30°
qilib tutqich 
ga mah-
kamlanadi (Qiyalik burchagi to‘ppon chaga 
mahkamlangan 
trans por tir 
yorda mida 
aniqlanadi).
3. Tutqich orqaga tortiladi va uni stvol ilgagiga kiritiladi.
4. Metall sharcha stvol ichiga joylashtiriladi.
5. Tutqichni ilgakdan chiqarib yuboriladi va sharchaning tushish joyi 
aniqlanadi.
6. Tajriba yuqoridagidek kamida 3 marta takrorlanadi.
7. Ballistik to‘pponchaning qiyalik burchagini 45° ga qo‘yib tajribani 
takrorlanadi.
8. Hisoblangan kattaliklar qiymati quyidagi jadvalga yoziladi.
Otilish
burchagi
Tajriba 
l, uchish 
uzoqligi, (m)
l
o‘rt

(m)
l, 
(m)
Δl
o‘rt

(m)
30°
1-tajriba
2-tajriba
3-tajriba
45°
1-tajriba
2-tajriba
3-tajriba


23
1. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jism harakatining trayekto riyasi 
qanday bo‘ladi?
2. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jismning uchish uzoqligi qanday 
kattaliklarga bog‘liq?
3. υ
0
 boshlang‘ich tezlik bilan burchak ostida otilgan jismning tushayotgan 
payt dagi tezligi qanday bo‘ladi va gorizont bilan qanday burchak tashkil 
qiladi?
4. Tajribada olingan natijalarga ko‘ra uchish uzoqligi va uchish vaqtining 
qiymati otilish burchagiga bog‘liqligini tahlil qiling.
1-mashq
1. Motorli qayiq daryoda manzilga yetib borish uchun 1,8 soat, qaytib 
kelish uchun esa 2,4 soat vaqt sarfl adi. Agar sol jo‘natilsa, manzilga qancha 
vaqtda yetib boradi? (Javobi: 14,4 soat).
2. Metrodagi eskalator odamni 30 s da yuqoriga olib chiqadi. Agar odam 
va eskalator birgalikda harakat qilsa, 10 s da ko‘tariladi. Eskalator tinch tursa 
odam qancha vaqtda yuqoriga chiqadi? (Javobi: 15 s).
3. Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Tushishning oxirgi 
sekundidagi ko‘chishni toping. Harakat davomidagi o‘rtacha tezligini 
aniqlang. Jismning boshlang‘ich tezligini nolga teng deb hisoblang. (Javobi: 
35 m, 20 m/s).
4. Agar vertikal yuqoriga otilgan jism yo‘lning oxirgi 1/4 qismini 3 s da 
bosib o‘tgan bo‘lsa, u qancha vaqt ko‘tarilgan? Uning boshlang‘ich tezligi 
qanday bo‘lgan? (Javobi: 60 m/s, 6 s).
5. Agar boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda 
75 m yo‘lni o‘tgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan? Harakatning 
oxiridagi tezligi nimaga teng? (Javobi: 320 m, 80 m/s).
6. Ikki sharcha bir nuqtadan 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan 1 sekund 
vaqt intervali bilan yuqoriga vertikal otildi. Birinchi sharcha otilgandan 
qancha vaqt o‘tgach, sharlar uchrashadi? (Javobi: 2,5 s).
7. Maxovik aylanganda gardishidagi nuqtalar tezligi 6 m/s ulardan 
o‘qqa 1,5 sm yaqin masofada bo‘lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/s bo‘lsa, 
maxovikning radiusi qancha? (Javobi: 18 sm).


24
8. Mexanik harakat I g‘ildirakdan II g‘ildirakka tasma orqali uzatiladi. 
Agar II g‘ildirakning burchak tezligi 100 πs
–1
, g‘ildiraklarning radiuslari 
mos ravishda 30 va 10 sm bo‘lsa, I g‘ildirak minutiga necha marta aylanadi? 
(Javobi: 300 marta).
9
*
. Magnitofon o‘ragichi 4 m/s tezlik bilan 40 s da tasmani o‘rab oldi. 
Agar o‘ragichning boshlang‘ich radiusi 2 sm, oxirgi radiusi 6 sm bo‘lsa, 
tasmaning qalinligini aniqlang. (Javobi: 0,063 mm).
10. h balandlikdan 

0
boshlang‘ich tezlik bilan gorizontal otilgan jism 
borib tushgan nuqtasiga aynan tushishi uchun uni h/3 balandlikdan qanday 
gorizontal tezlik bilan otish kerak? (Javobi: 
 = 

0
).

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling