Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb
12.7. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish Korxonalar o‘z mahsulotlarini sotilishini hisobga olish bilan bir qatorda mahsulot(ish, xizmat) lar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (O‘O‘S) ham hisobga olib borishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq O‘o‘mitasi 1997 yil 5 dekabrda «Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ish va xizmat) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» yo‘riqnomani ishlab chiqdi va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya qilindi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy qoidalar, soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob’ektlari, soliqqa tortish oborotlarini aniqlash, soliqqa tortish oborotlarini korrektirovka qilish, soliq imtiyozlari hamda stavkalari byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura soliqni to‘lash muddati va h.k. larini taqdim qilish, soliq to‘lovchilarning mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati batafsil bayon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma, tashkilotlarning hamma turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni operativ boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi. Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilishicha, tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomaga muvofiq aniqlanadigan o‘zining maqsadlari va oborot uchun foydalaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilganlar bundan mustasnodir. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% stavkada to‘lanadi. Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan O‘O‘S solig‘ining summasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga taalluqli. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘langan summa qo‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda O‘O‘S bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot- faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot-faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha yozilishi shart. Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga O‘O‘S hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». O‘O‘S summasi byudjetga o‘tkazib berilganida quyidagicha provodka beriladi: D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling