Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari


Download 0.61 Mb.
bet9/14
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1114806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar (1)

Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari.


Sanoat korhonalarining tabora rivojlanib borishi. Transport vositalarining ko`payishi, kommunal ob’ektlar ahlathonalarning ko`payishi va boshqalar atmosfera havosining ifloslanishdan muhofaza qilishning taqozo etadi. Mazkur masala faqat gigiena fani oldidagi masala bo`lib qolmasdan, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Agar bu masala vaqtida echilmasa keyinchalik uni echish qiyin bo`lib qoladi. Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun 3 ta tadbirni amalga oShirish ko`zda tutiladi. Bular: tehnologik, loyihalash hamda sanitariya – tehnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oShirilsa, turar joylarda atmosfera havosining ifloslanishini ruhsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo`ladi. Tehnologik tadbirlar – atmosfera havosini muhofaza qilishda tehnologik tadbirlarning ahamiyati katta. TekShirish natijalariga qarab, ob’ektlarga qarab va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yo ki mutlok to`htatish mumkin bo`ladi. Buning uchun sanoat korhonalaridagi tehnologik jarayo nlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yo ki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo`ladi. Bunday jarayo n berk jarayo n deyilib, bunda chiqindilar umuman bo`lmaydi yo ki bunday chiqindilardan boshqa mahsulot tayyo rlanadi. Chiqindisiz yo ki kam chiqindili korhonalar o`z ichiga kompleks tashkiliy, tehnologik jarayo nlarni oladi. Bunda hom ashyo tayyo rlash, bor materiallardan to`la-tekis foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi muhitga tashlamaslik borasida yo `l-yurik, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Chiqindisiz mahsulot ishlab chiqish nazariy jihatdan qulay bo`lsa-da, amalda uni boshqarish juda murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham ko`pincha kam chiqindili ishlab chiqish korhonalariga katta ahamiyat beriladi.
Hozir chiqindisiz korhonalar soni juda kam desa bo`ladi.Ko`p mahsulotlar sifatsiz bo`lgani, Davlat standartiga to`g`ri kelmasligi tufayli ulardan qayta ishlab chiqarishda foydalanilmaydi, va natijada ular muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib kolmoqda.
Hozir ba’zi metall ishlab chiqarish korhonalar chiqindisiz tehnologiyaga o`tgan masalan, qora metallurgiya kombinatlari, ma’danlarni yangi usullar bilan ya’ni kokssiz domna o`choqlarisiz eritish usullarini qo`llamoqdalar. Mazkur usullar bo`yicha ma’danlar tarkibidagi metallar tabiiy gaz yo ki vodorod yo rdamida ajratib olinadi.
Bunday tehnologiyada tashqi muhitni ifloslantiruvchi bosqis juda kam bo`ladi. Bunda domna pechidagi kul va aglamerat chiqindilar bo`lmaydi. Oqibatda atmosfera havosiga tashlanadigan gaz chang va boshqa omillar o`z-o`zidan yo `qoladi. Mazkur usul bilan po`lat eritilganda atmosfera havosiga tuShadigan SO2 gazi chang va boshqa zararli omillar kamayadi. Korhona chiqindilaridan to`la tukis foydlanishga imkon tug`iladi.
Rangli metallurgiya korhonalarida nikel, volfram ishlab chiqarishda ham chiqindilar miqdori tabora kamayib bormoqda. Keyingi vaqtlarda azotli o`g`it ishlab chiqarish korhonalarida ham hom ashyo lar to`la to`kis chiqitsiz ishlab chiqarilmoqda.
Atmosferani ifloslantiruvchi kimyo viy moddalardan qayta foydalanilmoqda. Chiqindili zavodlarda mahsus moslamalardan foydalanib, korhonalardan ajralib chiqayo tgan gazlar Shuningdek zararli moddalar tutib qolinadi va qaytadan mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladi. Tehnologik jarayo nlarda olov yo kib qizdirish o`rniga elektr toqidan foydalanish ham chiqindilar sonini kamaytiradi. Masalan Moskvadagi aluminiy zavodida alyuminning elektr induktsion pechlarda eritishga o`tish tufayli atmosfera havosiga tuShadigan zararli moddalar soni ancha kamaydi.
Tehnologik jarayo nlarning berkligini ta’minlash ma’sulotlarning bir joydan ikkinchi joyga transportyo r lentalar vositasida jo`natish ayniqsa, chang chiqaruvchi moddalar bilan ishlashda suvli yo ki havoli transportirovka vositalaridan foydalanish zararli moddalar miqdorini ancha kamaytiradi. Tehnologik jarayo nlar biror daqiqa bo`lsa ham to`htab qolmasligi kerak. Agar jarayo n to`htab qoladigan bo`lsa, chiqindilar to`planib, atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug`dirishi mumkin. Shuni aytish kerakki, yuqorida aytib o`tilganlar atmosfera havosini mutlaq ifloslanishdan holi qilmaydi. Ammo Shunga qaramay sanitariya vrachi sanoat korhonalarining injener va tehnik hodimlari bilan birga atmosfera havosini chiqindilardan muhofaza qilishga harakat qilishi lozim
Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan.
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish tad-birlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni qis-qarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yay- lovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li may- donining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100- 150 kilometrga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosil- dor yerlar cho’lga aylanmoqda.
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga aylanadi.
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi.

HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA ULARNING YECHIMI.


Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda.


Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari, Baykal, Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili o’rtacha 52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 metrni tashkil qilgan.
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi.
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer-osti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqi-batida bu yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib cho’llanish jarayoni rivojlanadi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga –dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo’yi ekolo-gik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlik-da, ya’ni 33 metr mutloq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub kilometr suv tushib turishi lozim.

IQLIM MUAMMOSI: BASHORATLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR


Mutaxassislar 2005 yilning birinchi haftasi issiq kunlar bilan boshlanishini bashorat qilishgandi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Anchadan buyon qor ko‘rmayotgan dunyoning bir qator mamlakatlariga aynan shu haftada qor yog‘di. Selsiy va Farangeyt shkalalari sovuq va izg‘irinni bildiruvchi raqamlarni ko‘rsatdi. Yaqinda 200 nafar iqlimshunos Toni Bler taklifiga binoan Angliyaga tashrif buyurishdi va unda Yer sharida haroratning keskin ko‘tarilib ketishi munosabati bilan 1997 yil qabul qilingan Kioto protokolini amalga tezroq tatbiq qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqlimshunoslar vaqtni qo‘ldan boy bermay, protokol yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligiga alohida urg‘u berishdi.




Dastlab haroratning ko‘tarilib ketishi va atmosferaning ifloslanish darajasi xavfli nuqtaga yaqinlashib qolganligi haqida iqlim o‘zgarishi
munosabati bilan tuzilgan hukumatlararo komissiya rahbari Rajendra Pachauri to‘xtalib o‘tgandi. U bu mavzuda BMTning Mavrikiyada bo‘lib o‘tgan konferentsiyasida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Oksford universitetning bir guruh olimlari iqlimning keskin o‘zgarishi komissiya keltirgan raqamlardan ikki marta ko‘p xavf keltirishini aniqlashdi. Xalqaro ishchi guruhining ta’kidlashicha, o‘n yildan keyingi vaziyat asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqlimshunoslarning navbatdagi konferentsiyasida iqlimning xavfli tomonga burilishi masalasi muhokama qilindi. Hozirdanoq Bosh vazir harorat muammosini YeI va “katta sakkizlik” davlatlari o‘rtasida tashkil etiladigan sammitda ko‘tarib chiqish mas’uliyatini olgan. Angliya ekologiya vaziri Margaret Bekett konferentsiyani ochiq deb e’lon qilarkan, kelajakda haroratning global ko‘tarilish oqibatlaridan qochib bo‘lmasligini aytib o‘tgan. Keyin barcha qit’alardan tashrif buyurgan olimlar va iqtisodchilar nutq so‘zlashdi. Ularning fikricha, e’tiborga arzimagan narsalar hozirda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotir.


Agar hukumatlar chora ko‘rishsa, ibtidoiy va arzon texnikalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Aslida bunday qaror ilgari ham qabul qilingan edi. 1986 yil Venada yig‘ilgan yadro energetikasi mutaxassislari Chernobl fojeasini ko‘tarib chiqishgandi. Sobiq Ittifoq delegatsiyasi o‘shanda vertolyotda suratga tushirilgan yadro reaktorining cho‘g‘ rangiga kirish jarayonini havola etgandi. Albatta, tasvirlarning bari keskin ruhda emasdi. Lekin jonli hujjat o‘z davrida dunyo siyosatdonlariga yetarlicha tashvish tug‘dirayotgan yadro inqirozini yaqqol namoyon etdi. Hozirga kelib yadro muammosiga haroratning oshishi, muzliklarning erishi qo‘shildi. Ehtiyotkor fan barcha sirni oshkor qilishni istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Arktikadagi dengiz muzliklari deyarli yarim hajmidan ayrilganini keltirib o‘tmoq joiz. Qashshoqlik, qurg‘oqchilik, kuchli shamollar va suvsizlik kabi ofatlar zilzilaga nisbatan uch marta ko‘proq sodir bo‘layapti. Bularning bari iqlim o‘zgarishiga bog‘liq hodisalardir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling