Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


Download 0.61 Mb.
bet13/14
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1114806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar (1)

Kim aybdor?


Achchiq haqiqat shundaki, global isishga eng katta hissa qo‘shayotgan davlatlar bu rivojlangan sanoat mamlakatlaridir. Yer, suv va havo ifloslanishida eng katta ulushga ega bo‘lgan o‘lkalar ham ayni shu mamlakatlardir. Lekin ular yaratayotgan muammo uchun issiqxona gazlarini deyarli chiqarmaydigan Afrika kabi qashshoq hudud mamlakatlari jabr ko‘rishiga to‘g‘ri kelyapti.
Afrika qit'asining global isishdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan hudud ekani bugun hech kim uchun yangilik emas. Iqlim o‘zgarishi bu yerdagi shundoq ham jazirama bo‘lgan havoni yanada isitib, oziq-ovqat manbalari bo‘lgan ekin maydonlarini nobud qilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Afrika bugungi ahvolidan qutilishi uchun iqlim o‘zgarishining qanchalar jiddiy muammo ekanini, avvalo, o‘z xalqiga tushuntirishi kerak. Bundan tashqari, muammo keltirib chiqarayotgan jiddiy asoratlarning oldini olish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu bois ularni inqirozdan olib chiqish uchun boy mamlakatlar yordam qo‘lini cho‘zishi kerak. Bu borada rivojlangan davlatlarning aksariyati sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa-da, lekin ular orasida yordam qo‘lini cho‘zayotganlar ham yo‘q emas. Masalan, Norvegiya Tanzaniyaga so‘nggi besh yilda iqlim o‘zgarishi va o‘rmonlarning yo‘qolib borishi muammolarining oldini olish uchun 100 million dollar taqdim etdi. Negaki, Tanzaniya o‘rmonlari yo‘qolib, cho‘llashish darajasining yuqoriligi bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Iqlim o‘zgarishi va global isishga qarshi kurashda cho‘llashishning oldini olish esa juda muhim.
Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg aytganidek, "Cho‘llashish global miqdorda issiqxona gazlari chiqishining 20 foizini tashkil qiladi" va bu miqdor shak-shubhasiz dahshatli oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Norvegiya iqlim o‘zgarishining jiddiy muammo ekanini o‘z vaqtida anglab yetgan ko‘rinadi. U o‘z hududini 2030 yilgacha karbon gazlaridan mutlaqo xoli hududga aylantirishni rejalashtirmoqda. Agar barcha mamlakatlar (hech bo‘lmaganda, AQSh, Xitoy, Hindiston kabi yirik sanoat davlatlari) bu borada shu kabi amaliy ishlarga kirishsa, iqlim o‘zgarishi olib kelishi kutilayotgan salbiy oqibatlarning oldi olingan bo‘lardi. Xulosa qilib aytganda, global isishning yanada jiddiyroq zararlarini butun
dunyo hududi birday tatib ko‘rmasdan oldin hozirdan global hamkorlik chora- tadbirlarini amalga oshirmoq lozim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling