Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


O‘zbekistonda ekologik vaziyat


Download 0.61 Mb.
bet12/14
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1114806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar (1)

O‘zbekistonda ekologik vaziyat


Yurtimizda ekologiyani asrab-avaylash, atrof-muhit ozodaligini asrash masalalariga katta e'tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonning eng katta ekologik muammosi Orol dengizining qurib borishidir. Orol dengizining ekologik falokat hududi, shuningdek, Qozog‘iston, Turkmanistonni ham qamrab oladi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 301 o‘simlik va 184 ta hayvon turi "O‘zbekiston Qizil Kitobi"ga kiritilgan.
Ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun O‘zbekiston hukumati bir qator strategik dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit gigienasi bo‘yicha milliy harakat dasturi, biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakat rejasi, Qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanishga qarshi kurash bo‘yicha Milliy harakat dasturi, Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Milliy harakat dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida yurtimiz ekologiyasini asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
BMT agentliklari tizimi ham O‘zbekistonning tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish maqsadida atrof-muhitdan foydalanishni samarali boshqarishga va uni muhofaza qilishga qaratilgan sa'y-harakatlarni bir qator loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qator strategik hujjatlarni ishlab chiqqan. 2000 - 2010 yillarga mo‘ljallangan davrda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash davlat dasturi bu borada muhim amaliy ahamiyatga ega.
Ayni maqsad yo‘lida ham BMT tizimi agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar suv zahiralaridan unumli foydalanishda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Yurtimizda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga ega bo‘lish bosh maqsad sifatida belgilangan. Barqaror rivojlanish shunday taraqqiyot yo‘liki, unda bugunning manfaatlari yo‘lida kelajak avlod ehtiyojlarining qondirilishi xavf ostiga qo‘yilmaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling