Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


Ona sayyoramizni asraylik


Download 0.61 Mb.
bet11/14
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1114806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar (1)

Ona sayyoramizni asraylik .


XXI asrning katta muammolardan biri bu - atrof-muhitning ifloslanishi hamda iqlim isishi bilan bog‘liq holda ekologiyaning global tarzda buzilishidir. Ekologik inqiroz davomiyligi va talofat ko‘lamiga ko‘ra turli xil ko‘rinishda yuz beradi. Ayrimlari bir necha kun ichidayoq sodir bo‘lib, tezkor talofatlarni keltirib chiqarsa, ba'zilarining yuzaga chiqishi uchun millionlab yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, ekologik inqiroz biror hudud doirasida yoxud global miqyosda bo‘lishi mumkin.
O‘tmishdagi muzliklar, suvliklar davri va ular o‘rnini egallagan yangi iqlim sharoitlari hamda ular olib kelgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, mazkur davrlarda flora va fauna olamining ayrim turlari qirilib, o‘rnini yangi navlar egallaganini ko‘rishimiz mumkin. Hozirga qadar inson zotining Yer yuzida yashab qolishiga jiddiy tahdid soluvchi ekologik inqiroz yuz bermagan bo‘lsa-da, lekin bugunning eng katta global muammosiga aylangan iqlim isishi hamda u keltirib chiqargan va chiqarayotgan asoratlar bu holga jiddiy qarashni taqazo etadi.
Biz bugungi maqolamizda ayni shu global muammo atrofida fikr yuritmoqchimiz.

XULOSA


Global iqlim isishi asoratlari allaqachon o‘zini namoyon qilishga ulgurdi. To‘fonlar, bo‘ronlar hamda qurg‘oqchilik ofatlarining tez-tez uchrayotgani ayni iqlim isishi oqibatida yuzaga kelayotir. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlarda issiqxona gazlarining katta miqdorda va betartib tarzda atmosferaga chiqarilishi ozon qavatining teshilishiga olib keldi. Natijada Quyoshning inson uchun zararli bo‘lgan nurlari mazkur teshikdan o‘tib, insoniyat uchun xavfni yuzaga keltirdi. Jahon hamjamiyati bundan jiddiy tashvishga tushib, issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish uchun lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini anglab yetdi hamda bu borada qilingan amaliy ishlar natijasida mavjud xavfni ma'lum darajada jilovlashga muvaffaq bo‘lindi. Iqlim isishi abadiy muzliklar diyori bo‘lgan Arktikaga ham yetib bordi. Bu yerdagi ulkan muzliklarning erishi ummonlardagi suv sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lyapti. Ayni holat okean qirg‘oqlarida qad rostlagan shaharlar uchun xavf tug‘dirmoqda.
Atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq yana bir muammo bu toza ichimlik suvining tanqisligidir. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda dunyoning kamida 1 mlrd. aholisi toza ichimlik suvi ichish imkoniyatiga ega emas. 1990 yildan beri toza ichimlik suvini iste'mol qiluvchilar soni 1,6 mlrd. kishiga oshgan bo‘lsa-da, lekin bu ne'matga tashnalar soni hanuz yuqoriligicha qolmoqda.
O‘tgan asrda suvga nisbatan bo‘lgan talabning oshishi aholi o‘sishiga nisbatan ikki barobar yuqori bo‘ldi. Hali dunyoda suvsizlik muammosi ochiq ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa-da, lekin Yer yuzi aholisining 2,8 milliardi yoki boshqacha qilib aytganda, jami yer yuzi aholisining 40 foizi suv tanqis bo‘lgan hududlarda yashaydi. Ayni holat esa mavjud suv resurslaridan tejab-tergab foydalanishni taqozo etadi.
Toza ichimlik suvi borasidagi muammolarga, asosan, Afrika qit'asida yashovchi insonlar ko‘proq duch kelmoqda. Bu mintaqa suv resurslarining hududlar o‘rtasidagi taqsimotida jiddiy nomutanosiblik bor. Masalan, Shimoliy Afrikada aholining 92 foizi toza ichimlik suvi iste'mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, sahro mintaqasidagi Afrika davlatlarida bu ko‘rsatkich 60 foizga ham yetmaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling