Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
bilgach, g‘azabdan quturib ketdi: «Meni bezovta qilishga qanday jur’at etdilaring? Biz axir qirg‘iz 
zotini butunlay qirib tashlamagan edikmi? Men senlarni Enasoyning abadiy hukmroni qilib 
qo‘ymadimmi? Namuncha o‘pkalaringni qo‘ltiqlab yugurib kelmasalaring, qo‘rqoqlar? Qaranglar, 
oldilaringda kim turibdi! Ey, cho‘tir yuzli Baymoq kampir, - qichqirdi xon. U olomon orasidan ajralib 
chiqqanda esa unga dedi: 
- Mana bularni o‘rmonga oborib shunday qilginki, shu bilan qirg‘iz zoti tugasin, xayolda ham 
qolmasin, nomi abadiy o‘chsin. Boshla, Cho‘tir Baymoq kampir, aytganimni darhol bajo keltir...» 
Cho‘tir Baymoq kampir jimgina itoat qilib, bola bilan qizni qo‘lidan ushladi-da, olib ketdi. Ular 
o‘rmon oralab uzoq yurgach, Enasoy qirg‘og‘idagi baland jarlikka yetib kelishdi. Cho‘tir Baymoq 
kampir bolalarni shu yerda to‘xtatib, ularni jar yoqasiga olib jeldi. So‘ng, ularni jarlikka itarib yuborish 
oldidan shunday dedi: 
- O, muazzam Enasoy daryosi! Sening qa’ringga tog‘ni qulatsa, u bir xarsangday jo bo‘ladi. Agar 
yuz yillik qarag‘ayni tashlasa, uni cho‘pday oqizib ketasan. Kel endi, ikki qum zarrasini - ikki inson 
bolasini o‘z bag‘ringga olgin. Ularga yer yuzida joy yo‘q. Senga men aytib o‘tirishim kerakmi, 
Enasoy? Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi. Agar baliqlar 
odamga aylanib qolsa bormi, ularga daryo va dengizlar torlik qilib qoladi. Senga men aytib o‘tirishim 
kerakmi, Enasoy? Ol, bu bolalarni, uloqtirib ket. Qo‘y, ular bu manfur dunyomizni go‘daklikda, toza 
qalb bilan, bolalik hayosi bilan, yovuz niyat va yovuz ishlar bilan o‘z nomiga isnod keltirishga 
ulgurmasdanoq tark etishsin, toki inson azob-uqubatini ko‘rish va boshqalarning ham g‘am-alamiga 
sababchi bo‘lish ularga nasib qilmasin. Ol bularni, ola qol bularni, qudratli Enasoy... 
Bolalar zor qaqshab, ho‘ngrab yig‘lardi. Tik qirg‘okdan pastga qarash qanchalik dahshatli 
ekanligini ko‘rib turgan bolalarning qulog‘iga kampirning so‘zi kirmasdi. Pastda esa quturgan 
to‘lqinlar sapchiydi. 
- Quchoqlashinglar, bolalar, oxirgi marta xayrlashib olinglar, - dedi Cho‘tir Baymoq kampir. O‘zi 
esa ularni jarga irg‘itish qulay bo‘lsin uchun yenglarini shimardi. Keyin shunday dedi: 
- Endi meni kechiringlar, bolalar. Peshanangizga yozgani shu ekan. Bu ishimni hozir o‘z ixtiyorim 
bilan qilmayotgan bo‘lsam ham, lekin sizlarning baxtingizga... 
U gapini tugatmagan ham ediki, yonginasidan bir ovoz keldi: 
- To‘xta, dono, oqila kampir, gunohsiz bolalarni juvonmarg qilma. 
Cho‘tir Baymoq kampir qayrilib qaradi-yu, hayratda qoldi: qarshisida g‘aroyib ona bug‘u turardi. 
Uning yirik-yirik ko‘zlari ta’nali va g‘amgin boqardi. U sutdek oq, qorni bo‘taloqning yungidek 
qo‘ng‘ir yung bilan qoplangan. Shoxlari bo‘lsa go‘zallik timsoli: serbutoq, go‘yo kuzgi daraxtning bir 
bo‘lak shoxi. Yelini emizikli ayolning ko‘kragidek top-toza va silliq. 
- Kimsan? Nega odamga o‘xshab gapiryapsan? - so‘radi Cho‘tir Baymoq kampir. 
- Men ona bug‘uman, - javob berdi u. - Shuning uchun odamga o‘xshab gapirdimki, bo‘lmasa sen 
tushunmaysan, quloq ham solmaysan. 
- Nima istaysan, ona bug‘u! 
- Qo‘yib yubor bolalarni, donolarning donosi. Sendan iltimos qilaman, ularni menga ber. 
- Nima qilasan ularni? 
- Odamlar mening ikki egizimni, ikki bug‘u bolasini o‘ldirishdi. Men o‘zimga bola izlab 
yuribman. 
- Sen bularni boqmoqchimisan? 
- Ha, donolarning dono ayoli. 
- Sen yaxshilab o‘ynab ko‘rdingmi, ona bug‘u? - masxaraomuz kuldi Cho‘tir Baymoq kampir. - 
Bular axir odam bolasi-ku. Bular katta bo‘lishadi, keyin sening bolalaringni o‘ldirishadi. 
- Ular katta bo‘lishsa, mening bolalarimni o‘ldirishmaydi, - javob qildi unga bug‘ular onasi. - Men 
ularga ona bo‘laman, ular esa mening bolalarim. Axir ular o‘z aka-ukalarini o‘ldirishadimi? 
- Eh, nimasini aytasan, ona bug‘u, sen odamlarni bilmaysan, - bosh tebratdi Cho‘tir Baymoq 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling