Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
bo‘ylab butun bir chaqirim yo‘lda olovga qoplangan qirg‘iz o‘tovlari lovullab yonardi. Hech kim 
qochib qutula olmadi, hech kim omon qolmadi. Hammasi o‘ldi-rildi va kuydirildi. O‘lib yotganlarning 
jasadini qirg‘oqdan Enasoyga uloqtirdilar. Dushmanlar: «Endi bu yerlar bizniki! Endi bu o‘rmonlar 
bizniki! Endi bu mollar bizniki!» - deb quvonishardi, 
Ular boy o‘lja bilan qaytishar ekan, o‘rmondan ikki bola - bir o‘g‘il va bir qizning qanday chiqib 
kelganini payqashmadi. Bu o‘zboshimcha va sho‘x bolalar ota-onalaridan yashirincha ertalaboq yaqin 
o‘rmonga qo‘lsavat uchun po‘stloq shilgani ketishgandi. Ular o‘ynab yurishib, o‘rmonning ancha 
ichkarisiga kirib ketishganini sezmay qolishdi. Jang suronini eshitib orqaga otilgan go‘daklar na 
otasini, na onasini, na akasini, na opasini tirik topa oldilar. Go‘daklar ota-onasidan va elatidan judo 
bo‘lib qoldi. Ular bo‘zlab kultepadan kultepaga chopishar, lekin bironta tirik jonni topib bo‘lmasdi. Bir 
zum ichida yetim bo‘lib qolishdi. Yorug‘ jahonda yakkayu yolg‘iz qoldilar. Uzoqlarda esa jang to‘zoni 
ko‘kka urilardi, dushmanlar qonli kurash natijasida qo‘lga kiritgan mol va qo‘ylarini haydab ketishardi. 
Bolalar tuyokdar ostidan ko‘tarilgan changni ko‘rib, o‘sha tomonga yugurishdi. Ular qonxo‘r 
dushman izidan yig‘lab, qichqirib chopishardi. Faqat bolaning qalbigina shunday sodda dil bo‘ladi. 
Jallodlardan yashirinish o‘rniga ularga yetib olishga shoshilishardi. Har nima bo‘lsa ham yolg‘iz 
qolishmasa, bu vayronadan, la’nati joydan nari ketishsa bas. Bir-birining qo‘lidan ushlab olishgan bola 
va qizcha ketayotganlar orqasidan quvib jindakkina kutishni, o‘zlari bilan birga olib ketishlarini 
yolvorib so‘rashardi. Biroq qiy-chuv va tuyoqlarning dupur-dupuri-yu, haydovchilarning hayqirig‘ida 
bu ojiz ovozlarni kim eshitardi. 
Bolalar jon-jahdi bilan uzoq chopishdi. Lekin baribir, yetib olisholmadi. Keyin esa yiqilib qolishdi. 
Atrofga boqishga, qimirlashga qo‘rqishardi. Hammayoq vahimali edi, Shu zaylda bir-birining pinjiga 
kirib ko‘zlari yumilganini bilmay qolishdi. 
Yetimcha yetti ko‘cha, deb bekorga aytmaganlar. Tun bexatar o‘tdi. Hayvon ularga tegmadi, 
o‘rmon mahluklari ko‘tarib ketmadi. Ular uyg‘onishganda, tong otgandi. Quyosh nur sochib, qushlar 
sayrardi. Bolalar o‘rinlaridan turib yana mol haydovchilarning izidan yo‘lga tushishdi. 
Yo‘lma-yo‘l meva va ildiz yeb jon saqlashdi. Yo‘l yura-yura uchinchi kuni bir tog‘ tepasida 
to‘xtashdi. Pastga qarashsa - keng, yam-yashil maysazorda katta tantana bo‘layotibdi. Bu yerda 
tikilgan o‘tovlarning, gurillab yonayotgan gulxanlarning, gulxan atrofida o‘tirgan odamlarning son-
sanog‘i yo‘q. Qizlar hayinchak uchib qo‘shiq aytishmoqda. Davra tortgan odamlar o‘rtasida polvonlar 
xuddi burgutday gir aylanib, bir-birini itqitib otishyapti. Dushmanlar o‘zlarining g‘alabasini 
nishonlashardi. 
Bola bilan qiz yaqin borishni ham, bormaslikni ham bilmay tog‘ tepasida turishardi. Lekin go‘sht 
qovurdoq, non, sarimsoqning yoqimli hidi ufurib turgan gulxan atrofida paydo bo‘lib qolishni 
istashardi. 
Bolalar chidab turisholmadi, tog‘dan tusha boshlashdi. Tantana egalari hayron bo‘lishdi, ularni 
to‘da bo‘lib o‘rab olishdi. 
- Kimsanlar? Qayokdan? 
- Biz ochmiz, - javob berdi bola bilan qizcha, - bizga yeydigan bir nima bersangiz. 
Ular bolalarning tilidan kim ekanligini darrov payqab qolishdi. Baqirib-chaqirib, shovqin solishdi. 
Tutatilmagan dushman oilasining omon qolgan a’zolarini hozir o‘ldirish kerakmi yoki xonning oldiga 
olib borish kerakmi? - deb bahsga tushib ketishdi. Ular bahslashib turganda rahmdilgina bir ayol 
bolalarga jindek pishgan ot go‘shti uzatdi. Bolalarni xon huzuriga sudrab borishar ekan, ular 
qo‘llaridagi ovqatni yutoqib yeyaverishdi. Ularni ostonada oybolta ushlab turgan yasovullar xonning 
baland qizil o‘toviga olib kelishdi. Butun qarorgoh bo‘ylab esa allaqayoqdan paydo bo‘lib qolgan 
qirg‘iz zotlari haqidagi tashvishli xabar tarqaldi. Bu nimadan darak berishi mumkin? Hamma o‘z 
o‘yini va tantanani tark etib, ur-to‘polon bilan xonning o‘tovi tomon chopib ketdi. Bu payt xon 
mashhur lashkarlari bilan qorday oppoq namat to‘rida savlat to‘kib o‘tirardi. U asal qo‘shilgan qimizni 
simirib, maqtov qo‘shiqlarini sel bo‘lib tinglab o‘tirardi. Xon odamlar nima uchun to‘planishganini 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling