Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
nafsilamrga, tush bo‘lib qolsa ham yomon bo‘lmasdi. Men uning o‘zimga hujum qilishining oldini 
ololmayman, ammo, balki, uni gumdon qilish qo‘limdan kelar Dentuso
8
, —xayolidan o‘tkazdi u.— 
Padaringga ming la’nat!» 
Akula naq quyruqning o‘ziga yaqinlashib kelib, baliqqa tashlanishi bilan chol uning o‘pqondek 
ochilgan og‘zini va favqulodda do‘laygan ko‘zlarini ko‘rdi, baliq dumidan sal yuqoriga sanchilgan 
tishlarining kartillab, qisirlaganini eshitdi. Akulaning boshi suvdan chiqib turar, uning ketidan ko‘p 
o‘tmay yelkasi ham ko‘rinib qolgan edi. Chol akula jag‘lari ulkan baliqning tanasini xunuk tovush 
chiqarib, nimta-nimta qilayotganini eshitarkan, uning boshiga, ko‘zlarini qo‘shib turgan chiziq 
tumshug‘idan yuqoriga kstgan chiziq bilan kesishgan joyning o‘zginasiga garpun urdi. Haqiqatda esa
bunday chiziqlar yo‘q edi. Ogir, tig‘simon zangori kallasiyu, lo‘q ochilgan ko‘zlar va g‘ijirlagan, turtib 
chiqqan, nima to‘g‘ri kelsa, shuni g‘ajib tashlashga tayyor turgan jag‘largina bor edi. Ammo o‘sha 
yerda akulaning miyasi joylashganidan chol uni nishonga olib nayza urgan edi. Qiyilib-qirchilib
ketgan, qonga bo‘yalgan qo‘llarida mahkam qisilgan garpunni urdi, urganda ham jon-jahdi bilan urdi. 
Urarkan, zarbidan hech bir umidvor bo‘lgani yo‘q, ammo qat’iyat va alamjon qahru g‘azab bilan urdi. 
Akula to‘ntarilib tushdi, chol uning ko‘zlari so‘nganini ko‘rdi, keyin akula arqonni taniga ikki 
qayta o‘ralashtirib, yana bir ag‘darildi. Chol akulaning jon berganini, ammo hamon o‘lim bilan 
kelishishni istamayotganini tushundi. To‘ntarilib yotarkan, u dumi bilan urar, jag‘larini g‘ijirlatar, 
suvni poyga qayi-g‘iday ko‘pirtirar edi. Dengizning u dumi bilan savalagan joyi oppoq bo‘lib ketgan 
edi. Akula gavdasining to‘rtdan uch qismi suvdan ko‘tarilib chiqdi, arqon tarang tortildi ,qiltillab-
qaltiradi va oxiri cho‘rt uzilib ketdi. Akula bir muddat suv betida qalqib turarkan, chol hamon undan 
ko‘z uzmay, qaragani qaragan edi. Qeyin u imillabgina suv qa’riga kirib yo‘qoldi. 
— U o‘zi bilan qirq qadoqcha baliq go‘shtini gumdon qildi,— dedi chol ovoz chiqarib. 
«Ustiga-ustak, garpun bilan qolgan-qutgan arqonni ham olib ketdi,— xayolan qo‘shib qo‘ydi u,— 
baliqdan bo‘lsa yana qon oqyapti, demak, bu akula ketidan hali zamon boshqalari ham kelib qoladi». 
Dabdalasi chiqqan baliqqa endi uning boshqa qaragisi ham kelmasdi. Akula baliqqa tashlangan 
chog‘da, cholda u go‘yo baliqqa emas, o‘ziga tashlaganday bo‘lib ko‘rindi. 
«Ammo, harqalay, men balig‘imga ko‘z olaytirgan akulani o‘ldirdim,—deb o‘yladi u.— Bu umrim 
bino bo‘lib ko‘rganlarim ichida eng baloyi azim dentuso edi. Men bo‘lsam, xudo haqi, ulkan 
akulalarning ko‘pini ko‘rganman. 
Ishlarim haddan ziyod silliq ketayotuvdi. Buning uzoq davom etishi mumkin emasdi. Mendan 
hozir tila tilagingni deyishsa, bularning bari-bari tush bo‘lib qolishini tilardim: baliq-maliq tutdingmi 
— yo‘q, gazetalar to‘shalgan karavotingda yallo qilib yotibsanmi — yotibsan, tamom, vassalom edi». 
Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo‘lib ketaverish uchun yaratilmagan,— dedi 
u.— Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi.
«Har qalay baliqni o‘ldirganim uvol bo‘ldi,— deb o‘yladi u.— Endi menga juda og‘ir tushadi, 
hatto garpundan ham mosuvo bo‘ldim. Dentuso — chaqqon va yovuz, aqlli va kuchli maxluq. Ammo 
men undan ko‘ra ham aqlliroq bo‘lib chiqdim. Balkim, aqlliroq ham emasdirman. Ehtimol, hammasi 
durustroq qurollangan bo‘l-ganligimdandir». 
Xayol surish kerak emas, chol,— dedi u ovoz chiqarib.— Shamol bo‘ylab suzaver va falokat 
ro‘y beradigan bo‘lsa, qarshi olishga tayyor tur. 
«Yo‘q, men o‘ylashim kerak,— fikran o‘z-o‘ziga e’tiroz bildirdi u.— Shundan boshqa yana nima 
ham qoldi menda, axir. Shu-yu, beysbol, xolos. Darvoqe, akulaning qoq miyasiga tushirganim ulug‘ Di 
Madjioga yoqarmidi yo yoqmasmidi? Umuman, maqtasa arziydigan bir ish ham bo‘lgani yo‘q, har 
kimsa ham shunday qila olardi. Aytmoqchi, menga qara, qariya, nima deb o‘ylaysan: qo‘llaring suyak 
qadog‘iga qaraganda, ko‘p xalaqit berdimi yo yo‘q? Qayoqdan bilay? Tovonimga yo‘liga bo‘lsin biron 
marta ham hech balo urgan emas, faqat bir safar cho‘milayotib elektr skatini bilmay bosib olganimda, 
8
Akulaning tishli bir turi (isp.). 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling