Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUPROQ EROZIYASI
To‘rtinchi manba dengiz suvlari bo‘lib, u shamol yoki dovul yordamida suv havzalari
atrofidagi tuproqlarni sho‘rlantiradi. Atmosfyera yog‘inlari ham tuproqni tuzlar bilan boyitishi mumkin, chunki uning konsentratsiyasi 20-30 mg/l yoki 400 mg/l tengdir. Yer osti suvlari ham tuproqni sho‘rlantirishi mumkin. CHunki suv bo‘rlanib, tuproq qatlamida tuzlar yig‘ilishiga olib keladi. O‘simlik tomirlari bilan tuproq yoki ona jinsidan tuzlar yuqoriga ko‘tarilib, yuza qismida tuzlar to‘planishi mumkin. Tuproqlarni sug‘orish natijasida yer osti sizot suvlari ko‘tarilib, ularni ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi. Tuzlar yer tuzilishiga binoan pastqam landshaftlarda to‘planadi. SHo‘rxok tuproqlarda kalsiy, magniy, natriy xlorid va sulfat tuzlari ko‘payib profilning yuza yoki chuqur qatlamlarida to‘planishi mumkin. 48 TUPROQ EROZIYASI Tuproq yeroziyasi, deb mayda qum va chang zarrachalarining suv bilan yuvilish va shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi. Yeroziya ikki turga geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi xili, ya’ni geologik yeroziya muzliklar harorati, yerishi, suv oqimi, havo haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ jinslari emirilib, maydalanib, yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi. Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi, yaylov sifatida chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanish, sug‘orish natijasida tuproq yeroziyasi rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31 % suv yeroziyasi va 34 % shamol yeroziyasiga mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib ketiladi. SHu davrgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2020 yil oxiriga borib esa yana bir milliarddan eiyod gektar yer yeroziya natijasida ishdan chiqishi mumkin degan taxminlar bor. Yeroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning unumdor qatlamning emirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada tuproqning unumdorligi pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda kamayib ketadi. Yeroziyalanish jarayoni butun dunyoda keng tarqalgan.. SHuning uchun ham bu jarayon xalq xo‘jaligiga jumladan, qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar etkazadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling