Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanlanish
Vulkanlanishi.
Siloksan kauchuklar vulkanlanishi turli organik peroksidlarda vulkanlanadi. Agarda zanjirda vinil guruxi bo‘lsa, oltingugurt va tezlashtirgich bilan vulkanlansa ham bo‘ladi. 2.3.11-Jadvalda siloksan kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: Ko‘shimchalar nomi Miqdori mass.qism SKT SKTV-1 Kauchuk 100,0 100,0 Benzoil peroksidi 4,0 - Dikumilperoksidi - 0,3 Rux oksidi 5,0 - Kolloid kremniy kislota U-333 50,0 50,0 Laboratoriya valsda rezina aralashmasini tayyorlashda 25-35 o С haroratda 15-20 min davomiyligida tayyorlanadi. Vulkanlanish 2 bosqichda ketadi. I bosqichda aralashmani 120 o С haroratda 10 min davomida (SKT kauchuk uchun) vulkanlanadi, bunda makromolekulada ko‘ndalang bog‘lar hosil bo‘ladi. SHu bilan birga qo‘shimcha mahsulotlar xam (erkin radikal va past molekulali polimer fraksiyalari) hosil bo‘ladi. II bosqichda 200 o С haroratda 6 soat davomida issiq havo yordamida ishlov beriladi (termostatirovanie). Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 5 (SKT) va 3,7 (SKTV-1) 74 Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 275 (SKT) va 150 (SKTV-1) Vulkanlanish. Bu turagi kauchuklar ozonga, issiqlik ta’siriga qarishiga chidamli va sovuqbardosh rezinalar olish imkoniyatini beradi. Ozonga chidamliligi, suvni o‘zidan itarishlik xususiyati borligidan elekt texnikada, radiotexnikada va kabel sanoatida keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga tibbiyot va oziq ovqat sanoatida ham qo‘llaniladi. Uning asosiy kamchiligi yog‘ va benzinga chidamsizligidadir. Ushbu ko‘rsatgichni yo‘qotish uchun ftorsiloksan kauchuklar sintez qilinib kelinmoqda. 2.3.12-Jadval Turli siloksan kauchuk markalari asosidagi rezina xossalari Ko‘rsatgichlar SKT SKTV SKTV-1 SKTE Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa 6,5 8,0 7,5 6,0 Nisbiy cho‘zilish, % kammas 450 600 500 400 TM- bo‘yicha qattiqligi 55 55 60 62 Urib qaytishi bo‘yicha elastikligi, % 35 35 40 38 Eng asosisiysi ular fiziologik inertdir, xid va ta’mi yo‘q. Ular yaxshi dielektrik xususiyatga ega. Solishtirma hajmiy elektr qarshiligi, Om m – 10 11 -10 13 , dielektrik o‘tkazuvchanlik – 2,7. Siloksan kauchuklarning gaz o‘tkazuvchanlik xususiyati TK ga nisbatan 30 marobar (azot bo‘yicha) va 20 barobar (kislorod bo‘yicha) yuqoridir. Ularning keng kompleks maxsus xossalaridan elastik materiallar, halq xo‘jalik va texnikada (mashina detallari) olishda, hamda radioelektrik va kabel sanoatida ham qo‘llaniladi. Ularning asosiy kamchiligi moy va benzinga chidamlilik ko‘rsatgichi juda past. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Maxsus maqsadli kauchuklar, turlari, tuzilishi, maqsadi, texnologik xossalari, vulkanlanish, qo‘llanishi 75 TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Maxsus maqsaddagi kauchuklarga qanday sharoitlar talab etiladi. 2. Maxsus maqsadga kiruvchi kauchuklar turlar. 3. Butadien nitril kauchukining olinishi xossalari va qo‘llanishi. 4. Xloropren kauchukining olinishi xossalari va qo‘llanishi 5. Etilenpropilen stirol kauchukining turlari, xossalari va olinishi. 6. Akrilat kauchukining turlari, xossalari va olinishi. 7. Etilenpropilen kauchukining turlari, xossalari va olinishi. 8. Polusulfid kauchukining turlari, xossalari va olinishi. 9. Kremnqyorganik kauchukining turlari, xossalari va olinishi. 10. Ftor kauchukining turlari, xossalari va olinishi 11. Maxsus kauchuklardan qanday turdagi RTB lar olinadi? 12. Maxsus maqsaddagi kauchuklar turlari va ishlab chiqaruvchi firmalari? 13. Maxsus maqsadli kauchuklarning texnologik xossalarining ko‘rsatgichlari. 14. Maxsus maqsaddagi kauchuklar uchun vulkanlash axamiyati va rejimi. 15. Maxsus kauchuklar ishlov berishdagi yordamchi ingredientlar. 16. Maxsus maqsadli kauchuklar turlari va ularning xossalari qanday bo‘ladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling