Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

2.5 Suyuq kauchuklar 
Zamonaviy rezina buyumlar ishlab chiqarish, yuqori molekulyar qattiq 
kauchuklarni qayta ishlashga asoslangan. Bu esa ko‘p bosqichlilik, katta 
energiyaning sarfi va ko‘p ish kuchini talab qiladi. Bu o‘z o‘rnida yuqori 
qovushqoqlikga ega ko‘p komponentli sistemalarni qayta ishlash kerakligini 
taqozo etadi. 
Ayrim buyumlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishning yana bir mavjud 
yo‘li suyuq kauchuklarni – oligomerlarni, ya’ni makromolekulali segment «M» 
qiymatiga yaqin bo‘lgan «M» ko‘rsatkichli polimerlarni qo‘llashdir. «M» 
qiymatiga ega oligomerlar yuqori elastiklik xossa namoyon qilmaydi va uncha 
yuqori bo‘lmagan qovushqoqlikga egadir. Reaksion qobiliyatli oligomerlardan bir 
vaqtning o‘zida ham yuqori molekulali elastomer materiallardan, ham katta bosim 
qo‘llamasdan buyumlar olish. Masalan, suyuq shakllash. 
Dienlar yoki dienlarning «M» ko‘rsatkichlari 1000 dan 15000 bo‘lgan 
olefinlar bilan sopolimerlari asosidagi suyuq kauchuklardan yuqori sifatli rezina 
olishga urinishlar kerakli ko‘rsatkichlarni bermadi. CHunki bu kauchuklarni 
vulkanlagandan keyin faol bo‘lmagan qismi yuqori bo‘lgan rostlanmaydigan 
(noregulyar) vulkanizatsion to‘r xosil bo‘ladi (polimer molekulalarining to‘rga 
birikmagan uchlari). Tarkibida to‘ldiruvchi sifatida kuchaytiruvchi texnik uglerod 
saqlagan vulkanizatlarni uzilishdagi mustahkamligi 10 MPa katta bo‘lmagan 
uzilishda (100-200%) nisbatan chuzilish va ishkalanishga qarshiligi past buladi. 
Bunaka kauchuklarni yuvilib ketmaydigan va o‘rnidan ko‘chmaydigan 
plastifikatorlar sifatida tabiiy va sintetik kauchuklarda ishlatish mumkin. Masalan, 
germetika, zamaska va boshka narsalar ishlab chikarishda. 
Tarkibida aktiv uchlarga ega funksional guruxli oligomerlarga katta qizikish 
bor. Bu funksional guruxlarni borligi polimerni «M» ko‘rsatkichini oshirishga 
yordam beradi. Bunda fazoviy strukturalovchi agent yordamida ularni tikilishi va 
doimiy ko‘ndalang bog‘lar joylashgan oralik struktura hosil bo‘ladi. Bunda tur 
(setka) noaktiv qismlarga ega emas. 


83 
Bunday oligomerlar uretanli kauchuk sintezida keng ko‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling