Microsoft Word Материал резина lotin
-javdalda valslanuvchi poliuretanlar asosli rezinalar xossalari
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
2.6.3-javdalda valslanuvchi poliuretanlar asosli rezinalar xossalari № Xususiyatlar SKU-8 SKU-8PG SKU-50 SKU-PF 1 Kovushkokligi Muni buyicha 100 o C da 50 70 100 120 2 Murtlik temperaturasi (xrupkosti) o C -34 -35 -35 -75 3 cho‘zilganda chidamliligi, MPa 35 22 40 32 4 Nisbatan uzayish, % 650 350 570 540 5 Koldikli uzayish, % 14 4 28 25 6 Parchalanishga (razdiru) karshiligi, kN/m 86 60 85 90 7 Kattiklik TM-2 buyicha 75 65 75 70 8 Sakrash bo‘yicha elastigligi, % 24 36 20 35 9 Ishkalanish, m 3 /kDj 21,7 14 22 19,3 Valslanuvchi uretanli kauchuklar asosidagi rezinalar xossalari quyuluvchi poliuretanlar asosidagi rezinalar bilan o‘xshash bo‘lib, issiqlikka chidamliligi bilan usunlikka egadir. Bunga sabab ularda nisbatan kuchli ko‘ndalang bog‘lar borligidir. Kuyi molekulyarli diolli diizoatsianat saqlovchi polimerlarni qotishida, 1 mol polimerga bir necha mol ko‘prok olinsa (-NCO; - OH ≥ 1) zanjiriga qattik uretanli bloklar kiruvchi chizikli poliuretanlar hosil bo‘ladi. Qattiq uretanli bloklar o‘zaro mustahkam fizikaviy bog‘lar hosil qilib, yuqori haroratda 100-200 o С da parchalanib, past haroratda yana tiklanadilar. Shuning uchun bu polimerlar termoelastoplastlar xossalariga ega. Normal sharoitda bu polimerlar, asosida uretanli kauchukli rezinalarga xos ishqalanishga chidamli va yuqori mustahkamlik xususiyatlarga ega. Ulardan, vulkanizatsiyalamasdan yuqori haroratda 180-200 o С quyish yo‘li bilan qayta ishlab buyumlar olish mumkin. Suyuq kauchuklarning yana bir vakili kremniy organik bo‘lib, turli sanoatda keng qo‘llaniladi. Ularning molekulyar massasi 10000 dan 80000 gacha bo‘ladi. 90 Eng ko‘p tarqalganlari oxirida gidroksil guruxli dimetilsiloksanli kauchuk va α, ω- diolli polidimetilsiloksanlardir. MDX da bunaka kauchuklar qovushqoqligi bilan farqlanadigan bir nechta modifikatsiyalarini umumiy SKTN nomi bilan ishlab chiqarishadi. Marka SKTN Kovushkoklig, Paˑs Marka SKTN Kovushkoklig, Paˑs A 1,500-2,500 V 4,001-10,000 B 2,501-4,000 G 10,001-16 Polimerlarni zichligi 960-1230 kg/m 3 , molekulyar massasi 20-65 ming, ular benzolda to‘lik eriydi. Bunday quyi molekulyar kauchuklarni, oxirida aktiv funksional guruhlar saklovchi kremniy organik bog‘lar ishtirokida xona sharoitida qotirish mumkin. Masalan: Odatda quyi molekulyar kauchuklarni tarkibiga kiruvchi turli to‘ldiruvchilar (kolloid kremniy kislotasi va x.k.), termorostlovchi qo‘shimchali, strukturlovchi agentlar va qotirish katalizatorli kompozitsiyalar ko‘rinishda ishlatiladi. Kompozitsiyalar bir va ikki komponentli tarkibdagi ko‘rinishda chiqariladi. Bir komponentli kompozitsilarni qotishi havo namligi ishtirokida boradi. SHuning uchun ularni germetik konteynerlarda saqlash kerak. Bir komponentli kompozitsiyalarni strukturalovchi agentlari sifatida metiltriatsetoksisilan , ο-titin kislotasining efiri va ularning to‘la gidroliz bo‘lmagan mahulotlari ishlatiladi. Bu kompozitsiyalarni vulkanlanish tezligi qatlamlar orasida chuqur suv bug‘larinig diffuziyalanishi bilan limitlanadi. 91 SHuning uchun bu kompozitsiyalarni adgezion qoplama sifatida ishlatilganda qatlamning qalinligi bir necha millimetrni tashkil kiladi. Ikki komponentli kompozitsiyalar ikki qismdan iborat: birinchi qismini polimer, to‘ldiruvchi va boshqa ingredientlar tashkil qiladi, ikkinchi qismi qotiruvchi katalizatordan iborat. Kompozitsiyani ishlatishdan oldin ikkala qismi aralashtiriladi. Vulkanlovchi agent sifatida tetraetoksisilan yoki uning to‘liq gidrolizlanmagan mahsuloti ishlatiladi. Metalloorganik bog‘anishlar – olov, qo‘rg‘oshin, rux, titan va boshqalarining alkilatsilishlanmalari qotiruvchi katalizator sifatida ishlatiladi. Katalizatorlarning tabiati va ishlatilayotgan vulkanlovchi agentlarning tarkibiga qarab qotish jarayoni bir necha minutdan bir necha soatgacha boradi. Qotish jarayonidan keyin cho‘zilishi 1-3 MPa va uzayish nisbati 100 dan 250% gacha bo‘lgan vulkanlovchilar hosil bo‘ladi. Ular - 60 dan + 300 о С gacha haroratlarlar oralig‘ida uzoq muddat ishlatilishi mumkin. Ozonga chidamlilik, gidrofoblik va yaxshi dielektrik xususiyatlarga ega. Ularni mashinalarning ishlovchi bo‘g‘inlarida issiq va namga chidamli elektr o‘tqazmaydigan to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Turli xil uskunalarda issiqlik va vibratsiyaga chidamli prokladkalar, ozik-ovqat, kog‘oz, farmatsevtika va boshqa sohalarda emirilishga qarshi qoplamalar sifatida xam ishlatiladi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Suyuq kauchuklar, xossalari, qovushqoqlik, oquvchanlik, xom-ashyo, qo‘llanilishi, rezina tekstil materiallar, medinsina buyumlari TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Suyuq kauchuklar va ularning turlari xaqida. 2. Uretan kauchuklar olish uchun xom-ashyo manbalari. 3. Uretan kauchuklarning xossalari, olinishi 4. uretan kauchuklarni markalari va ularning bir biridan avzalligi. 6. Valslanovchi poliuretanli rezina qorishmalarini retsepturasi yozing: 7. Uretanli kauchuklar qayta ishlash usullari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling