Microsoft Word Материал резина lotin


III. BOB. Rezina korishmalari tayyorlash uchun qo‘shimchalar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

III. BOB. Rezina korishmalari tayyorlash uchun qo‘shimchalar 
(ingredientlar). Vulkalash sistemasi.
3.1 Vulkanlovchi moddalar 
Tabiiy va sintetik kauchuklar va latekslar toza yoki vulkanizatsiya 
qilinmagan xolda deyarli qo‘llanilmaydi. Elim tayyorlashda, izolyasion lenta ishlab 
chikarishda 1% dan ortiq sof xolatda kauchuk ishlatilmaydi.
Amaliyotda asosan RTB olishda vulkanizatsiya qilingan rezina aralashmasi 
– ya’ni rezina qo‘llaniladi. Rezinaga kerakli bo‘lgan xossani berish uchun 
kauchuklar organik yoki noorganik, sochiluvchan yoki suyuk moddalar bilan 
aralashtiriladi (qorishtiriladi) va undan keyin vulkanizatsiya qilinadi. Hamma 
qo‘shilgan moddalar ingredientlar, ya’ni «tarkibiga kiruvchi» nomi bilan yuritiladi.
Rezina aralashmasiga kiruvchi asosiy komponentlar vazifasiga qarab 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
 
kauchuklar va regenerat (ishlatilgandan keyin qayta ishga yaroqli 
qilingan. dastlabki xususiyatlari tiklangan material); 
 
vulkanlovchi moddalar; 
 
vulkanlanishni tezlatuvchi; 
 
vulkanlanishni aktivlashtiruvchi; 
REZINZA 
kauchuk 
Tezlashtirgich 
Eskirishga qarsh 
moddalar va 
antioksidantlar 
Bo’yo’qlar 
Plastifikatorlar 
To’ltirgichlar 
Vulkanlovch 
modda (agent) 
Yumshtgich 


95 
 
eskirishga qarshi turuvchilar (protivo-stariteli); 
 
plastifikatorlar; 
 
aktiv to‘ldirgichlar (vulkanizat mustahkamligini oshiruvchi) va 
noaktiv to‘ldirgichlar; 
Maxsus vazifa bajaruvchi komponentlar:
 
g‘ovak hosil qiluvchilar (poroobrazuyuщie); 
 
podvulkanizatsiyani sekinlashtiruvchilar; 
 
rang beruvchi moddalar va boshqalar.
YOrdamchi materiallar: upalashtiruvchi (opudrivayuщie).
Rezina aralashmasida kauchukning miqdori 5 dan to 92% gacha bo‘lishi 
mumkin. Kauchuk va vulkanizatsiya uchun kerakli bo‘lgan ingredientlar 
aralashmasi odatda to‘ldirilmagan (nenapolnennыmi) aralashma deyiladi.
Misol uchun, rezina aralashmasinig biror oddiy standart retseptini
keltiraylik.
Kauchuk 
100 og‘irlik qism 
Oltingugurt
2-3,5 og‘irlik qism 
Tezlatuvchi: tiuram 
0,5-2 og‘irlik qism 
Aktivatorlar: rux oksidi, 5 og‘irlik qism 
Plastifikator stearin kislotasi
1 og‘irlik qism 
Texnik uglerod (saja) 
45 og‘irlik qism 
Vulkanizatsiyalovchi modda. Ilk bor olim Gudir 1839 yilda plastik 
kauchukni oltingugurt bilan kizdirilganda elastik rezinaga aylanish jarayoni 
aniqladi va bu jarayonga “vulkanlanish” nomi berildi. 
Buni kauchukni oltingugurt bilan issiqlik ta’sirida reaksiyaga kirishi 
natijasida amalga oshiriladi. Buning natijasida kauchuk plastik xossasini yo‘qotib, 
elatikligini, ya’ni rezinaga hos bo‘lgan xususiyatlarni namoyon qila boshlaydi. 
SHuni ta’kidlash lozimki , shu vulkanlanish jarayoni sababli kauchuklar juda 
qimmatli materialga aylanishdi. Ammo yuqori harorat va oltingugurtning miqdori 
vulkanlanish jarayonini ta’minlamaydi. Shu bilan birga ular ion nurlari orqali past 


96 
haroratda peroksidlar, fenolformaldegid qatronlari bilan ham vulkanlanish 
jarayoniga uchraydi. 
Vulkanlanishning eng birinchi nazariyasi Veber tomonidan ilgari surilgan 
bo‘lib, u kauchukning oltingururtni turli miqdorlari, vaqt va vulkanlanish 
davomida tadqiqotlarni o‘tkazgan. Buning natijasida Veber oltingugurt kauchuk 
bilan kimyoviy bog‘ hosil qilishi va ohirgi mahsulot sifatida sulfid (С
5
Н
8
S) 
chiqishini bayon qilgan. 1910 yil Ostvald tomonidan vulkanlanish fizik xodisa 
deb, oltingugurt kauchukka adsorbsiyalanadi deb ilgari suradi. 
Polimer ximiyasi nuqtai nazaridan vulkanizatsiya jarayonida oltingugurt 
orqali chiziqsimon kauchuk makromolekulasidan, to‘rsimon makromolekula hosil 
bo‘ladi. Hozirgi paytda vulkanizatsiya kimyoviy reaksiya joriy qilish bilan bir 
qatorda buni texnologik protsess deb ham atash mumkin. Chunki vulkanizatsiya 
jarayonida materialning qattiqligi oshadi, mustahkamligi o‘zgarad,ya’ni fizik-
mexanik xossalari o‘zgaradi.
Tabiiy va sintetik kauchuklarni texnika maqsadlari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ishlatib bo‘lmaydi. Chunki sof kauchuk issiqqa va sovuqqa chidamsiz, uning 
mexanikaviy pishiqligi va elastikligi etarli emas, organik erituvchilarda eriydi. 
SHuning uchun kauchuklarning fizikaviy va ximiyaviy xossalarini yaxshilash 
maqsadida u vulkanlanib, rezinaga aylantiriladi.
To‘rsimon tuzilishda ko‘ndalang bog‘larning ortishi bilan o‘rtacha 
molekulyar massa (MM) kamayib, vulkanizat hajmi ortadi.
Kauchuk vulkanlanish jarayonida oltingugurt orqali chiziqsimon kauchuk 
makromolekulasidan, to‘rsimon makromolekula hosil bo‘ladi.


97 
Kauchukni vulkanizatsiyalash uchun unga ingredientlar (oltingugurt, 
qurum, yumshatgich, to‘ldirgich, aktivator, tezlatgich va boshqa qo‘shimchalar) 
qo‘shib, maxsus rezina aralashtirgichlarda yoki valslarda yaxshilab aralashtiriladi. 
Keyin olingan xom rezina aralashmasi qoliplarga quyiladi va 130-160°С gacha 
qizdirilib vulkanlanadi. 
Vulkanizatsiyalash 
protsessida 
oltingugurt 
kauchukning 
makromolekulalaridagi qo‘shbog‘larning bir qismi (5-10% ti) bilan kimyoviy 
birikib, 
makromolekulalarni 
«tikadi». 
Natijada 
kauchukning 
chiziqli 
molekulalaridan rezinaning uch o‘lchamli, to‘rsimon tuzilishga ega bo‘lgan
molekulalari hosil bo‘ladi: 
C H
2
- C - C H - C H
2
- C H
2
- C = C H - C H
2
-
C H
2
- C - C H - C H
2
- C H
2
- C = C H - C H
2
-
C H
3
H
3
C
H
3
C
S
S
S
S
S
S
C H
3
Yumshoq rezina olish uchun aralashma tarkibiga 1,5-4% oltingugurt 
qo‘shiladi. Tarkibiga 30-60% gacha oltingugurt qo‘shilgan kauchuk vulkanlanish 
qilinsa, barcha qo‘shbog‘lariga birikib, qattiq modda – ebonit hosil bo‘ladi. Ebonit 
xossalari jihatidan plastmassalarga o‘xshash bo‘lib, elastik emas. Undan 
akkumulyatorlar uchun baklar, elektrotexnikada qo‘llaniladygan detallar 
tayyorlanadi. 
Xom rezina aralashmasiga qo‘shiladigan aktiv to‘ldiruvchilar sifatida, 
odatda qurum, rangli rezina ishlab chiqarishda oq qurum (kolloid holatdagi 
kremniy kislota) qo‘shiladi, bular rezinaning edirilish va uzilishga chidamliligini 5-
15 marta oshiradi. Inert to‘ldirgichlar (gil, bo‘r, talk, barit) rezinaning xossalariga 
sezilarli ta’sir qilmaydi, lekin ularshshg narxini arzonlashtiradi. 


98 
Rezina aralashmasi tarkibiga yana ishlov berishni osonlashtiruvchi 
yumshatgichlar – sintetik yog‘ kislotalari, mazut, parafin, kaiifol va boshqalar; 
kauchukning tez eskirpshini, ya’ii uning elastikligi va pishiqligi pasayishiping 
oldini olysh uchun stabilizatorlar – antioksidlovchilar, masalan, fenil 
-naftilamin 
qo‘shiladi. 
Vulkanizatsiya protsessini tezlatish uchun ozgina miqdorda aktivatorlar-rux 
oksid, stearin kislota va tezlatgichlar- merkaptobenzotiazol, difenilguanidin, 
kaptaks, altaks va boshqalar qo‘shiladi. 
Vulkanizatsiya qilingan rezina dastlabki kauchukka nisbatan ancha plastik, 
pishiq va qizdirishga chidamliroq bo‘ladi, organik erituvchilarda erimaydi, faqat 
bo‘kadi. Kauchukning chiziqli molekulalari bir biri bilan oltingugurt atomlari 
orqali ximiyaviy bog‘langanligi rezinaniig yuqoridagi qimmatli xossalarga ega 
bo‘lishini ta’minlaydi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling