Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
mehnat bo‘yicha huquq inspektorlari va texnika inspektorlari –
mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni va mehnat bo‘yicha mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun; davlat texnika nazoratining mansabdor shaxslari – davlat texnika nazorati organlarining nazoratida bo‘lgan sanoat tarmoqlarida va obyektlarida xavfsiz ish yuritish qoidalari, me’yorlari va yo‘riqno- malarini takror buzganlik uchun; sanitariya-epidemiologiya xizmatining mansabdor shaxslari – sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi sanitariya qoidalari va me’yorlarini buzganlik uchun. Ma’muriy javobgarlik mehnat qonunlarini, mehnat muhofazasi qoidalarini, sanoatning bir qancha tarmoqlari va ayrim obyektlarda xavfsizlik qoidalarini, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablarining bajarilmasligi eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu kodeksning 50-moddasiga ko‘ra, ish bilan ta’minlash xizmati tomonidan yuborilgan fuqarolarni ishga olishdan asossiz bosh tortish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh barobaridan yetti barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agarda fuqarolar mansabdor shaxslar tomonidan mehnatga ma’muriy tarzda majburlansalar, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 189
haqining bir barobaridan uch barobarigacha miqdorda jarima solinadi. Mehnatga oid qonunlar va mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Mehnatga oid qonunlarni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarligi Jinoyat kodeksining quyidagi modda- larida ko‘zda tutilgan: 116-modda – kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajar- maslik; 112-modda – voyaga yetmagan layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’min- lashdan bo‘yin tovlash; 141-modda – fuqarolarning teng huquqligini buzish; 207-modda – mansabga sovuqqonlik bilan qarash; 257- modda – mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish; 258- modda – yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish va hokazolar. Jinoyat kodeksining 257-moddasida ta’kidlanganidek, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 25 barobaridan 50 barobarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish: a) odam o‘lishiga b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling