Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu MEHNAT NIZOLARI 1-§. Mehnat nizolari va ularning turlari
Savol va topshiriqlar
1. Mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati va davlat boshqaruvining ahamiyatini tushuntirib bering. 2. Mehnat muhofazasini ta’minlashda ish beruvchilarning qanday majburiyatlarini bilasiz? 3. Mehnat muhofazasi sohasida xotin-qizlarga belgilangan kafolatlar doirasini aytib bering. 4. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun qanday javobgarlik mavjud? 162 9-mavzu MEHNAT NIZOLARI 1-§. Mehnat nizolari va ularning turlari Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, ayrim ish beruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘zboshimchaliklar, qonunbuzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan ba’zi xodimlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalar mehnat munosabatlarida qonunchilik va adolatni ta’minlashning muhim omilidir. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodim va ish beruvchi huquqlari teng ekanligini e’tirof etadi, ularga bir xil iqtisodiy hamda huquqiy sharoit yaratib beradi, shu orqali ular o‘rtasida kelishtirib bo‘lmaydigan ziddiyatlar yuz berishining oldini oladi. Ammo, taraqqiyot dialektikasi hayot qonunlariga ko‘ra xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim sabablar yetarli bo‘ladi. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri shunday ixtiloflar yuz berishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf eta borish, yuz berganida esa, ularni adolat va qonunchilik prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda hal etilishini ta’minlashdan iborat. Korxonalarda xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat nizosining yuz berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo‘ladi. Obyektiv omillarga huquqiy ong va madaniyatning yetarli emasligi, ishlab chiqarishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar kiradi. Ayrim xodim va ayrim ish beruvchining o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlari, korxona mehnat jamoasida nosog‘lom ma’naviy, psixologik muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari kelib chiqishining subyektiv omillari bo‘lishi mumkin. Mehnat sohasida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka mehnat ixtiloflari, har ikkala tarafning muzokaralari, o‘zaro kelishuvlari doirasida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Ammo, bunday kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan hal etilmasa, u holda, maxsus 163 organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo‘ladi. Mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud mehnat jamoasi o‘rtasida hal etilmagan kelishmov- chiliklardir. Bunday kelishmovchiliklar mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslar bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat qonunlari va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa shartnomalarning qo‘llanishi, shuningdek xodimga yangi mehnat sharoitlarini o‘zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqishi mumkin. Mehnat nizolari o‘z mazmuniga ko‘ra, ikkiga bo‘linadi: 1) yakka tartibdagi mehnat nizolari; 2) jamoalarga doir mehnat nizolari. Yakka tartibdagi mehnat nizolari ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir nizolar – barcha xodimlarga taalluqli bo‘lgan yangi mehnat shartnomalarini joriy qilish yoki mavjud mehnat sharoitlarini o‘zgartirish, shuningdek ish beruvchining butun jamoaga nisbatan olgan o‘z majburiyatlarini bajarishi borasida yuzaga keladigan nizolardir. Mehnat nizolari o‘z xususiyatlariga ko‘ra: – da’vo tusidagi nizolar; – da’vo tusiga ega bo‘lmagan nizolarga bo‘linadi. Da’vo tusidagi nizolar mehnat to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarni qo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Xodim bunday nizo kelib chiqqanda da’vo arizasi berish yo‘li bilan o‘z huquqlarining tiklanishiga harakat qiladi. Ular hamma vaqt shaxsiy xarakterga ega bo‘ladi. Da’vo tusiga ega bo‘lmagan nizolarga amaldagi mehnat shartlarini o‘zgartirish yoxud yangi mehnat shartlarini joriy etish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar kiradi. Ular shaxsiy xarakterga, shuningdek jamoa xarakteriga ham ega bo‘lishi mumkin. Yakka mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalari, Mehnat kodeksining 269-moddasida ko‘rsatilganidek, bevosita tuman (shahar) va tumanlararo fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqiladi. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir. 164 Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi, bundan tashqari, mehnatga oid nizoli ishlarni tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi. Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyalarini tuzish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyalari kamida 15 nafar xodim ishlaydigan korxonalarda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organidan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakillari esa uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar. Komissiya o‘z tarkibi orasidan har gal navbatma-navbat rais, rais o‘rinbosari va kotibini saylaydi. Myehnat nizolari komissiyasining son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining kelishuviga binoan belgilanadi. Xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Jamoalarga doir mehnat nizolari ish beruvchi va xodimlar jamoalari o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish hamda bajarish yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklardir. Myehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish xususidagi jamoalarga doir nizolarni hal etish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan mehnat jamoasining talablari umumiy yig‘ilishda ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ammo, talablarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lish uchun unda jamoa a’zolari yoki konferensiya delegatlarining 4/3 qismi, ya’ni 75 foizi qatnashgan, zarur talablar yozma ravishda bayon qilingan bo‘lishi va tasdiqlanganidan keyin 3 kundan kechikmay ish beruvchiga topshirilishi lozim . Ish beruvchi ham xuddi shu muddat ichida talablarni o‘rganib 165 chiqishi hamda qanday qarorga kelganligi haqida mehnat jamoasi tomonidan vakil qilingan organga darhol ma’lum qilishi lozim. Agar mehnat jamoasining talablarini hal qilish ish beruvchining huquqlari doirasidan tashqari chiqsa, u xuddi shu muddat ichida bu talablarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organga yo‘llashi kerak. Myehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari, kelishuvlari, lokal hujjatlarni qo‘llash xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolari sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunday nizolar sudlar tomonidan taraflardan birining arizasi asosida ko‘rib chiqiladi. Jamoaga doir mehnat nizolarining kelib chiqishida yoki komissiya va sud qarorlari ijro qilinishini kechiktirishda aybdor bo‘lgan rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga qadar intizomiy jazoga, ularning xatti-harakatlari bilan moddiy zarar yetkazilgan hollarda esa yillik lavozim maoshigacha miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling