Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


-  §. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

2- 
§. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi 
 
Myehnat nizolari komissiyasi korxona, muassasa va tashkilotlarda 
yuz bergan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishi shart bo‘lgan boshlang‘ich 
bosqichdir. Myehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi. 
Myehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyalar quyidagi masalalarga taalluqli 
nizolarni ko‘rib chiqadi: 
1) belgilangan ish normalari va ishbay baholarning qo‘llanishi, 
shuningdek ish normalarining bajarilishini ta’minlovchi mehnat shart- 
sharoitlari; 
2) boshqa ishga ko‘chirish va ko‘chirilgan taqdirda, mehnat haqi 
to‘lash; 
3) mehnat shartnomasining ish beruvchining tashabbusidan tashqari 
bekor qilinishi; 
4) ish normasi bajarilmagan, bekor turib qolingan va sifatsiz 
mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda mehnatga haq to‘lash; 
5) ish vaqtidan tashqari soatlar va tungi vaqtda ishlaganlik uchun haq 
to‘lash, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya 
berish; 


166 
6) ishdan bo‘shatilganda nafaqa to‘lash; 
7) maxcyc ish kiyimi, maxsus poyafzal, individual himoya vositalari, 
sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berish. 
Umuman olganda, mehnat nizolari komissiyasi mehnat to‘g‘risidagi 
qonunlar, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartno- 
malari, qoidalar, nizomlar va yo‘riqnomalarning qo‘llanishi bilan bog‘liq 
mehnat nizolarini ham ko‘radi. 
Ular quyidagi masalalarga taalluqli nizolarni ko‘rib chiqishga haqli 
emaslar: 
1) ish normalarini (ish vaqti normalarini), lavozim maoshlarini 
o‘zgartirish va tarif stavkalarini belgilash, shtatlarni o‘zgartirish; 
2) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar hamda pensiyalarni 
hisoblab chiqish, tayinlash va to‘lash, nafaqa va pensiya to‘lash uchun 
talab qilingan mehnat stajini hisoblab chiqish; 
3) ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarni 
o‘z ishiga qayta tiklash; 
4) uy-joy berish, taqsimlash, shuningdek xodimlarning maishiy 
ehtiyojlarini qondirish to‘g‘risidagi masalalarga oid nizolar. 
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan 
e’tiboran 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan 
xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib 
chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. 
Xodim, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik 
organi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat 
taklif qilish huquqiga ega. 
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirish, 
mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va 
hujjatlarni taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. 
Majlisda komissiyaning qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari o‘rtasidagi 
kelishuvga binoan qabul qilinadi. 
Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan, mehnat to‘g‘risidagi 
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga 
asoslangan bo‘lishi kerak. 
Komissiya qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun 
ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi. 


167 
Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qapor ustidan shikoyat 
qilish uchun belgilangan 10 kunlik muddat o‘tganidan keyin, 3 kun ichida 
ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak. 
Ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, 
mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega 
bo‘lgan guvohnoma beriladi.Agar xodim ish beruvchi ustidan yuqorida 
belgilangan muddat ichida tuman (shahar) va tumanlararo fuqarolik 
sudiga ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi. 
Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida tuman 
(shahar) sud ijrochisi ko‘pi bilan 3 oy ichida mehnat nizolari 
komissiyasining qarorini majburiy ijro ettiradi. Mehnat nizolari 
komissiyasi 10 kunlik muddat ichida mehnat nizolarini ko‘rib chiqmasa 
yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) 
sudiga o‘tkazishga haqlidir. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling