Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

7. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari («Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi qonunning 14-moddasi). 
Mehnat kodeksining 223-moddasiga muvofiq, mehnatni muhofaza 
qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari 
amalga oshiradilar. 
Mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalariga rioya etilishi 
ustidan jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa 
vakillik organlari amalga oshiradilar. 
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik 
organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan 
kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi 
ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. 
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus 
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga 
ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi 
xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport 
vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish 
xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba 
uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z 
maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi 
hamda uning rahbariga bo‘ysunadi. 
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha 
xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya 
etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan 
nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar 
berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni 
buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning 
rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining 
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni 
bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina 
tugatiladi. 
8. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy 
sug‘urta qilish orqali («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 
qonunning 15-moddasi). 


158 
Korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida 
belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb 
kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart. 
Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida tekshirishi va hisobga olib 
borishi shart. 
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran 
uzog‘i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to‘g‘risida 
dalolatnoma berishi shart. 
9. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va 
o‘qitish (MK 215-m..). 
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in 
chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari 
haqida yo‘l-yo‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza 
qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib 
borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi. 
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
o‘qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quvdan, yo‘l-yo‘riqdan 
o‘tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo‘yish 
taqiqlanadi. 
10. Nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari 
(MK 220-m.). 
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga 
ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan 
nogironlarni ishga qabul qilishi shart. 
TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning 
vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi 
tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. 
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan 
holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan 
qisqartirilgan muddati belgilanadi. 
I va II guruh nogironlariga o‘ttiz kalendar kundan kam bo‘lmagan 
muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi. 
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan 
tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning 
roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda 
taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. 


159 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling