Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
yetkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi lozim. Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi, shuningdek jabrlanuv- 147 chining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi. Mehnat kodeksining 194 - moddasiga muvofiq xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas. Qonun mehnatni muhofaza qilish borasida barcha majburiyatlarni faqatgina ish beruvchiga yuklab qo‘ymasdan, o‘z navbatida xodimga ham bu borada majburiyatlar yuklagan. Jumladan, Mehnat kodeksining 176- moddasiga muvofiq, xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab-asrashi shart. Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib-qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi. Mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalari deganda, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar yuz berishini, xodimlarning kasb kasalliklariga chalinishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, talablar, muayyan taqiqlar yig‘indisi tushuniladi. Keng ma’noda mehnat muhofazasi qoidalari texnika xavfsizligi qoidalari hamda ishlab 148 chiqarish sanitariyasi qoidalarini ham qamrab oladi. Chunki ularning ham maqsadi baxtsiz hodisalar va kasalliklarni oldini olishdan iborat. Texnika xavfsizligi qoidalari deganda, muayyan mashinalar, uskunalar, asboblar, binolar yoki boshqa ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish, ularni ekspluatatsiya qilish paytida qat’iy bajarilishi lozim bo‘lgan talablar tushunilmog‘i lozim. Texnika xavfsizligiga oid qoidalar o‘z ichiga inson salomatligi uchun xavf-xatar tug‘diradigan mashinalar, ularning uzellari va bloklarini to‘siqlar bilan himoyalash, xavf-xatar to‘g‘risida yozuvli, yorug‘lik yoki tovush chiqaruvchi ogohlantirish belgilarining qo‘yilishi, favqulodda holatlar yuz berganda ularni to‘xtatish, xavfni bartaraf etish choralarining ko‘rilganligi, kimyoviy, fiziologik-biologik va boshqa aktiv moddalar bilan xavf-xatar manbai sanaluvchi boshqa obyektlar bilan ishlashning qat’iy qoidalari belgilanganligi va hokazolarni qamrab oladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling