Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun
javobgar bo‘ladi. Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan 1 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211–223- moddalari, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi, «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi, «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi, «Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi, «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi va boshqa ko‘plab qonunlar, shuningdek ular asosida qabul qilinadigan qonunosti hujjatlarda o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikdagi ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasini sanoatda va konchilikdagi ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi «Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish to‘g‘risida»gi 555-sonli qarori va h.k. 146 ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplay- dilar. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53–55, 97–99, 161, 175 4 , 211, 212, 229-moddalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 253, 256, 257, 257 1 , 258 va 259-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilangan. Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xodimga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda sog‘liqqa Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling