Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning majburiyatlari; –
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning
majburiyatlari; – xodimlar, ayrim toifadagi ayollar, voyaga yetmaganlar, mehnat qobiliyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shim- cha tadbirlari. Mehnat xavfsizligini ta’minlash, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining turlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoyalash vositalari, binolar va inshoatlar xavfsizligiga doir ishlarni tashkil qilish hamda tartibga solishga qo‘yiladigan talablar davlat siyosatida nazarda tutilgan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: 1) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi; 2) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish; 3) mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; 4) korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; 5) mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlat- ning ishtirok etishi; 6) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; 7) xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vosi- talari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; 8) fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish; 144 9) ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash; korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘mak- lashuvchi soliq siyosatini yuritish; 10) ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; 11) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; 12) kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 13) mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida qabul qilingan va 1996-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnatni muhofaza qilish ish beruvchining zimmasiga yuklatilgan. Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 8-moddasi 3-qismida ham ushbu qoida aniq o‘z aksini topgan, ya’ni «Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi». O‘zbekiston Respublikasi «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasiga ham e’tibor bersak, unga ko‘ra «Tashkilot- larning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar 145 zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi» deb ko‘rsatilgan. Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar 1 , shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilishda ish beruvchi bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan jamoa shartnomalari va bitimlari, ular tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar ham muhim ahamiyatga egadir. Mehnatning muhofazasiga oid texnikaviy standartlar, namunaviy Nizom hamda qoidalar vakolatli davlat idoralari tomonidan ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling