Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 ibratli qaynona haqida bo‘lsa-da, unda islomga xos xulqlarning yuksak namunalarini ko‘ramiz. Yetim haqqini ado etish, sadaqa-ehsonni pinxona qilishning fazilati, masjidda ibodat qilish odobi, dasturxonda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, qizlarning behayo kiyimi, qaynona-o‘g‘il-kelin majburiyatlari... Xullas go‘zal musulmon oilasi uchun xos bo‘lgan fazilatlarni ko‘rdim va bu kitob shunchaki «roman» emas, balki go‘zal axloq sharaflangan roman, har bir oilada qo‘lma-qo‘l o‘qilishi shart bo‘lgan kitob, degan qarorga keldim. Asarda qalamga olingan qaynona-kelin muammolari bizning oilalarda ham bor. Kelishmovchiliklar orqali buzilayotgan oilalarning soni tobora qo‘paymoqdakim, bu bizlar uchun g‘oyat tashvishli hol bo‘lmog‘i kerak. Bu kelishmovchiliklarning, bu buzilishning sababi tarbiyasizlikdir. Biz bo‘lajak oila boshlig‘i — o‘g‘ilni, bo‘lajak kelin bo‘lmish qizlarimizni to‘g‘ri tarbiyalay olmaymiz. To‘y uchun hashamlarni to‘playveramizu, ammo go‘zal xulqlarni egallashiga e’tiborsiz qolamiz. Oqibat esa... Roman garchi turk oilalari haqida bo‘lsa-da, unda biz o‘zimizni ko‘ramiz. Azizlar, kitobni shunchaki o‘qib qo‘ymang, voyaga yetayotgan farzandlaringiz bilan birga qayta-qayta o‘qing, Munavvarxonimning, o‘g‘li Mustafoning, kelini Aminaning xulqlarini anglating, ularda shunday xulqni tarbiya qiling. Shunda erta-indin kuyovga uzatadigan qizingiz taqdiridan ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi: Bu kitobni muhtarama qaynonalar ham, suyukli kelinlarimiz ham o‘qisinlar. Birga o‘qisalar yanada yaxshi. Ayri- ayri o‘qisalar ham birgalikda amal qilishga kirishsalar a’loroq bo‘ladi. Endi muallif haqida ikki og‘iz so‘z: Ahmad Lutfi Qozonchi afandimiz o‘zbek kitobxoii uchun notanish emas. Muhtaram zotning ulug‘ asarlaridan «Saodat asri qissalari»ni o‘qigansiz, keyin «O‘gay ona» romani bilan tanishdingiz. Kamina bu kishining suhbatidan bahramand bo‘lish baxtiga yetishganlardan. Turkiya safari arafasida «Saodat asri qissalari» bilan tanishib, muallif bilan ko‘rishmoq orzusida bo‘lib edik. Turkiyalik birodarlar bizning bu orzuimizdan xabar topishgach, mamlakatning qadimiy poytaxti Bursa shahriga bordik. Nurulloh Muhammad Raufxon bilan birga universitet ilohiyot fakulteti dekani huzurida ancha o‘tirdik. Dekan «xo‘jam hozir keladilar», deganlariga biz «u kishi uyda ekan-u, kelib qolarkanlar» deb o‘ylabmiz. Oradan bir yarim, ikki soatlar o‘tgach, dekan yana telefon qilib, «band ekanlar, chiqa qolaylik», dedilar. Keyin bilsak, muhtaram afandimiz ikki qavat yuqoridagi o‘z xonalarida ish bilan band ekanlar. Biz suhbat oxirida u kishini O‘zbekistonga taklif qildik. «U yerga borib nima qilaman, men bajarishim lozim bo‘lgan biror ish bormi? « deb so‘radilar. Biz «kitobxonlar bilan uchrashasiz», deyishdan boshqa gap topib bera olmadik. Ahmad Lutfi Hazratlari gapimizni eshitib, miyig‘larida kulib qo‘ydilar. Dekan izoh berdilar: «xo‘jam bekordan bekorga safarlarda yurishni yoqtirmaydilar. Vaqtni g‘oyatda qadrlaydilar. Bir yili xorijdagi bir yig‘inga yuborib edik, ikki kunda qaytib keldilar...» Siz o‘qiydigan bu kitobning muallifi ana shunday o‘z kasbiga fidoyi inson. Ahmad Lutfi Hazratlari garchi taklifimizni qabul qilmagan bo‘lsalarda, yurtimizga o‘z asarlari bilan kirib keldilar va ko‘plab kitob muhiblarining qalbidan joy oldilar. Ta’bir joiz bo‘lsa, muhtaram afandimiz «Qaynona» bahonasida yana tashrif buyurdilar. Biz qo‘limiz ko‘ksimizda: «Xush keldingiz, muhtaram zot», deb qarshilaymiz. Tohir MALIK |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling