Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
9 Daromad keladigan joy yo‘q. Sotishga arzigulik narsa ham. Bunday yordamni qabul qilmoqdan o‘zga chora va mulohaza yo‘q. Zotan, shu paytgacha birovdan biror narsa so‘ragan emas. So‘rab olgandan ko‘ra, so‘ramasdan kelganiga rozi bo‘lmoq yaxshiroqdir. Bu maxfiy yordam edi. Bunda Alloh rizosidan boshqa maqsad ko‘rinmas edi. Jamilaxonim holiga shukr etishi lozim. To‘g‘ri, mol-mulki bisyor emasdi. Istaganiga erishgan ham emas. Eri o‘ldi. Bolalarini bazo‘r to‘yg‘izar edi. Qolaversa, farzandlari bilan birga yashashning o‘zi ham katta ne’mat. Xudoga shukr. Salomatligi joyida. Tiriklik uchun nomusini toptamaydi. Qolaversa, bu dunyo rohat va farog‘at makoni emasku! Kim ham istaganini topib murodga yetib g‘am tashvish ko‘rmay o‘tgan bu dunyodan? Bir vaqtlar onasi unga shunday rivoyat so‘zlab bergan edi: Bir podshoh hastalanib uzoq yotib qolibdi. Tabiblar davo topolmabdi. Nihoyat sayyoh bir tabib podshoh yaqinlariga: «Agar hech dardi yo‘q bir kishining ko‘ylagini kiydirsangiz kasal shifo topadi, — debdi. Buni eshitganlar bundan osoni bormi, deya, ko‘ylakni so‘rab surishtira boshladilar. Biroq, dardim yo‘q, deguvchi topilmabdi. Shaharning boylariga, mansabdorlariga uchrabdi. Hammasi olam jahon dardi borligini aytishibdi. Nihoyat, eshikma eshik yurib izlaganlari holda ham darddan shikoyat etmagan odam topilmabdi. Shundan so‘ng qo‘shni shaharga xabarlar yuborib dardi yo‘qlar bo‘lsa podshoh xursand qilishini bildirishibdi. Nihoyat, bir kun qo‘shiq aytib tog‘dan o‘tin terib kelayotgan bir kishiga ro‘baro‘ bo‘lib undan: — Ota, darding yo‘qmi? Nega xursandsan? Ustingda yuk, xirgoyi qilib ketyapsan? — deb so‘rashibdi. — Nima dardim bo‘lsin, hech qanday dardim yo‘q. Ishonmay qayta so‘rashibdi. Shu javobni takror eshitgach: — Jiddiy so‘zlayotgan bo‘lsang, seni xursand qilamiz. Bizga ko‘ylagingni berasan, biz og‘irligiga teng tillo beramiz, — debdilar unga. Kishi javob beribdi: — Jiddiy aytayapman, hech qanday dardim yo‘q, ammo afsuski, ko‘ylagim ham yo‘q. Ishonmay uni yechintirib ko‘rishibdi, rostdan ham uning ko‘ylagi ham yo‘q edi. Jamilaning onasi hikoyani tugatgach: — Qizim, dunyoda dardsiz odam yo‘q. Ahvoling bundan ham yomon emasli uchun shukr qil. Musibatlarga sabrli bo‘l, — degan edi... O‘sha kuni non olish uchun do‘konga borsa odam juda ko‘p ekan. Ortiga qaytdi. Birpas kutib yana bordi. Deyarli navbat yo‘q edi. Uyalib-tortinib do‘konga kirdi va non chekini uzatdi. Nonvoy biroz avval o‘zi yuborgan chekni tanidi, non olib Jamilaning oldiga qo‘ydi. Jamila qo‘lini uzatmadi: — Amaki, daftarni menga yuborgan ehson sohibini bilmoqchi edim. Do‘kon egasi ko‘pni ko‘rgan odamga o‘xshaydi: — Qizim, o‘sha kishi o‘zini tanitishni xohlasa chekni boladan berib yubormay o‘zi olib borgan yoki o‘zingizni chaqirib bergan bo‘lardi. Bilib ham nima qilasiz? Bu bir yaxshilik. Istagi: siz bilmasangiz, uni oldida tilingiz qisilmasa, hijolat ham bo‘lmasangiz. Uni niyati shu. Xonimni faromush ko‘rib, samimiy ohangda qo‘shimcha qildi; — Buning zamirida yomon niyat yo‘q, qizim. Sizning qiyin holga tushmasligingiz uchun, Alloh rizosi uchun yordam, qizim. O‘zingiz so‘rab borgan emassiz, to‘g‘rimi? Hech kimdan hech narsa so‘ramadingiz-ku. Alloh sizga va bolalaringizga mehribonlik qilib yaxshiligini yuzingizga solmaydigan bir yordamchi yubordi. Bemalol yordamini qabul qiling. U odam ham savobga erishsin. Sizning nonga ehtiyojingiz qanday bo‘lsa u kishining ajr va savobga ehtiyoji shunday! Va hatto undan ham ziyod. Nonni xotirjam yeyaveringlar qizim. — Xo‘p, amaki, bu oliyjanob kishini tanisam, haqqiga duo qilsam, degandim. Do‘kin egasi bu soddalikdan yengilgina kulimsirab qo‘yishdan o‘zini tiyolmadi. Nonni uning qo‘liga qo‘ygach: — Duo qiling. Agar siz ismini aytmasangiz ham duoyingiz ijobat bo‘ladi, inshaalloh. Alloh bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling