Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Bu qisqa suhbat onasiga bildirildi...
* * * 
Mustafo bu masalada onasi bilan gaplashmadi. Faqat to‘y bo‘lguncha namozlarida, yolg‘iz qolgan 
kezlarida duoda bo‘ldi: «Yo, Rabbim, uylanadigan bo‘lsam, menga pokiza bir xonim nasib et. Halol 
sut emgan, Senga bandalik qiladigan, meni Sening yo‘lingdan qo‘ymaydigan umr yo‘ldoshga ro‘baro 
qil. Mening ham, onamning ham haqqiga rioya qiladigan, bu dunyo u dunyo yuzimni yorug‘ qiladigan 
bir jufti halol nasib et. Ey, Allohim, yaxshi turmush, go‘zal hayot, nasib ayla. Agar turmush yaxshi 
kechmasa, bir-birimizni tushunmasak, mening uylanishdan foyda yo‘q. Allohim, meni huzuri pokingda 
uyatga qo‘yma!» 
* * * 
Mahmud og‘a bilan Yusuf afandi asr namozini Qubbali jome’sida o‘qib chiqishdi. Quyosh shomga 
asta sekin yo‘l olgan. Daraxt shoxlari yengilgina qimirlaydi.
— Afandi, biror piyola choy ichib ikki og‘zi gurunglashsak, nima deysiz?
— Yaxshi, ammo xoliroq joyni tanlasak. Choy bizdan...
— Buning ahamiyati yo‘q. Choy baxona biroz gurunglashsak.
Ularga choyxonaning holiroq joyi ham ma’qul kelmadi. Shunda Mahmud og‘a: 
— Yusuf og‘a, yaxshisi biznikiga borsak. Xo‘p deng. Biroz dam olib, bemalolroq o‘tiramiz.
Do‘sti ikkilanganini ko‘rib Mahmud og‘a uning qo‘ltig‘idan oldi.
— Qani, qani, menga bu joylar yoqmaydi. Hali zamon har hil odamlar keladi, turib ketishga 
majbur bo‘lamiz. Yaxshisi, uyga yuring.
— Men siz bilan shaxsiy masalada gaplashmoqchiman.
— Juda yaxshi uyda bunday suhbatlar taqiqlanmagan. Bemalol gaplashamiz. Hech kim halal 
bermaydi.
Yusuf og‘a ko‘ndi. Uyga borishdi. Mahmud og‘a ichkariladi. Birozdan keyin: «Keling, marhamat 
qiling!» deya taklif qildi. Ichkari kirildi. Oyoq kiyimlarini yechib bir chekkaga qo‘yar ekan Yusuf og‘a 
dedi: 
— Bolaligimizdan onam shunday o‘rgatgan. Rahmatli, intizomga juda qattiq edilar. Oyoq 
kiyimlarni mahsus joyga qo‘yilmasa, qulog‘imizni yengilgina cho‘zar va aytganini qildirar edi. Har 
narsani o‘z joyiga qo‘yishga odatlanganmiz. Tunda chanqab uyg‘ongan kishi suvni qiynalmay topardi. 
Kiyim-kechaklar har doim saranjom turardi.
Mahmud og‘a buni ma’qulladi.
— Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Ota-onamiz tarbiya bermasa, xudo biladi hozir kim bo‘lardik. 
Bolalikdan menga namoz o‘qishni o‘rgatdi. O‘yin eng qizigan payti otam bexosdan so‘rab qolardi: 
«Namoz o‘qidingmi, o‘g‘lim? «Yolg‘on gapirsang jahannamga tushasan. Bu tushuncha miyamga 
muhrlangan. Shu sabab to‘g‘risini aytardim: «Yo‘q, birozdan keyin o‘qiyman». Otamning bunga 
javobini ham juda yaxshi bilaman. Ammo o‘yinni tashlab ketish ham qiyin. Ilinj bilan otamga 
qarayman. Otam esa: «Bo‘lmaydi bolam, namoz o‘tib ketadi. O‘yin o‘tmaydi», der edilar. Shunda 
o‘yinni qoldirib namozga shoshardim. Shunday ulg‘aydik. Xudoga shukr, shu yoshga kirdik, namozni 
o‘tkazib yubormadik. Esdan chiqarmadik. Alloh taolo oatmni behisob rahmat bilan siylagan bo‘lsin! 
Shu payt eshik ohista taqilladi. Ostonada 17-18 yoshlardagi go‘zal bir qiz paydo bo‘ldi. Boshiga 
chiroyli ro‘mol o‘rab olgan, muslimalarning bejirim libosidagi istarali qiz otasiga qarab: «Labbay, 
otajon», dedi. Otasi Yusuf afandiga ishora qilib: 
— Qizim, amaking mehmon. Choy-non keltirgin.
— Xo‘p ota, amaki xush kelibsiz.


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling