Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 beshafqat edi. Kim bilsin boradigan joyi qanday? Borgan uyida tanimagan ayolni onam deydi, ko‘pincha uni yonida bo‘ladi. Hatto o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyiga mehmonga keladi. O‘z ota-onasini haftada balki oyda bir ko‘radi. Onasini ko‘rish uchun izn so‘raladi, ruxsat berilmasa yana ayriliqda qoladi. Qanday qattiq va shafqatsiz ish bu — ayriliq. Yo Rabbiy! Inson o‘z otasini onasini ko‘rish uchun boshqa birovdan, umuman o‘zida hech qanday haqqi bo‘lmagan kishidan ruxsat so‘rasa. Yillar bo‘yi oq yuvib, oq taragan shirin uyqularini tark etgan yeru ko‘kka ichonmagan o‘stirgan, ko‘ksi mehr shafqatga to‘la o‘z onasi endi ikkinchi ona o‘rniga tushadi. Birinchi ona esa notanish ona bo‘ladi. Juda ham og‘ir ish bu. Hatto o‘ylasa yuragi orqaga tortib ketadi. Amina shu ko‘yi qolsa yana nimalarni o‘ylardi, noma’lum, faqat: — Amina, — deb chaqirgan onasi uning xayolini bo‘ldi. — Labbay onajon, — der ekan Amina hozirgina surgan xayollari ta’sirida paydo bo‘lgan ko‘zyoshlarini bazo‘r tutdi. — Qizim, qanday fikrga kelding. Tunov kuni aytganlarimga nima deysan, qizim? Onasining vujudini ham ayriliq azobi ezayotgan bo‘lsa ham so‘zlaridagi o‘ta mayinlikdan, odatdagidan oz’gacha bir mehribonlikdan sezish mumkin. Endi Aminaning ko‘zlari ro‘y-rost yoshlandi. Onasining ko‘ksiga boshini qo‘yib yig‘lay boshladi. Bu jondan aziz ko‘krakka bosh qo‘yarkan, ta’rifiga so‘z ojiz onalik hididan ko‘ngli bo‘shab, qattiqroq quchib ko‘z yosh to‘kardi. Aminaning bu holi onasining ham dardini oshirdi. Jigarporam endi qo‘limdan uchgan qush kabi uchib o‘zga qo‘lga qo‘nadi, degan uyqusini qochirgan o‘ylari, o‘zini qadrsiz ko‘rsatishlari, sabr matonatlari tugaganday, yo‘q, balki to‘lib toshganday edi. Qo‘llari endi bir mehmonday ko‘rinayotgan qizining sochlarini silar ekan, ohista titrar, ko‘z yoshlarini tutib turolmasdi. Ona-bola bir muddat shunday yig‘lashdilar. Yig‘lash kimga foyda keltirgan? Hech kimga. Yig‘lamoq bilan biror ish bitadimi? Yig‘lamoq qaysi dardning davosi? Ko‘z yosh ko‘ngil bo‘shatmoqdan boshqa bir narsaga yarasa, ketgan qaytsa, bu dunyoda kulganlar juda-juda oz qolardi. Shu sabab ona ko‘zlarini ro‘molining uchi bilan artdi. — Bo‘ldi qizim, meni ham parishon qilma. Boshqa yig‘lama, — deya Aminaga tasalli berdi. Ko‘z yoshlarini artib, ohista siladi, yonoqlarini o‘pdi. Amina go‘yo bir necha yoshga kichrayib qolgandek edi. Aslida vazmin Aminaga onasining bu harakati o‘zgacha ta’sir qildi. Mas’um go‘dakdek yoshli ko‘zlarini onasiga tikdi: — Ona, mendan bezor bo‘ldingizmi? Endi meni yaxshi ko‘rmay qo‘ydingizmi? — Qizim, hech zamonda ota-ona o‘z bolasidan bezor bo‘ladimi? Bunga qanday tiling bordi, bunday gaplar qanday xayolingga keldi? — Unda nega meni uzatmoqchisiz? Nega otam bizning kelin bo‘ladigan qizimiz yo‘q deb o‘sha kishini qaytarmadi? Men borgan yerimda rohat ko‘ramanmi? Ular meni sizlar yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘radilarmi? Ularni ona deymanmi? Uyda, ko‘nglingizda Amina uchun joy qolmadimi? Bir kun kelib boshqa uyga jo‘natar ekansiz, nega meni bu qadar yaxshi ko‘rdingiz? Nechun har kuni urib so‘kmadingiz? Nechun quruq non bilan boqmadingiz? O‘zingizga shunchalar bog‘lab qo‘yib, endi nega meni o‘zga eshikka yo‘llaysiz? Ko‘nglingiz bunga nechuk rozi bo‘ldi? Ichingiz achimadimi, ona? Bu uyda men ortiqcha bolib qoldimmi? Ota-onasiga yuk bo‘lib qolgan menmi? Aminaning bu so‘zlarini tinglab yig‘lamoq gali endi onasiga keldi. Bu so‘zlarni tinglab turib, chidash mushkul edi. — Bo‘ldi, Amina. Bunday gaplarga qanday tiling bordi? Sendan kim bezor bo‘libdi? Seni kim yomon ko‘ribdi, qizim? Sen ona ko‘nglini hali his qila olmaysan, bolam. Sening qo‘lingga kirgan tikon mening qalbimga botadi. Jigarporamni kelin qilib uzatish, ayrilish azobi mening ko‘nglimni poralamaydi, deb o‘ylaysanmi? Hatto hayvon ham bolasidan ko‘ngli og‘rib ayrilarkan. Men insonmanku! Ammo, Allohning amri bu. Sen kelin bo‘lmasang, men bo‘lmasam, kim bo‘ladi? Har ayol Allohning irodasiga qarshi borolmaydi. Shu tariqa naslimiz, hayotimiz davom etadi. Ertaga bizga kim fotiha o‘qiydi. Alloh xohlasa, u yerda rohat topasan, yaxshi qaynonaga duch kelasan, inshaalloh. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling