Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 qo‘shilgan yaxshilanmaydi. Munavvarxonim jag‘i ochiq, ezma xotinlardan emas. Suhbatni ham, sukut saqlashni ham biladi. Noo‘rin so‘zlamaydi. Bir kuni g‘iybatga chog‘langan bir ayolga: — Alloh sizni ham, uni ham, meni ham avf etsin, — deyish bilan kifoyalandi. Ayol hovliqdi: — Alloh meni nechun kechiradi? — Chunki siz dinimiz taqiqlagan narsani qildingiz, gap tashidingiz, u aytgan gapni menga yetkazdingiz. Bu ish gunoh, to‘g‘ri emas. Mabodo gapirgan bo‘lsa ham, menga aytmasligingiz lozim. Ikkimizning oramiz buziladigan bo‘lsa, bundan siz faqat gunoh orttirasiz, — dedi Munavvarxonim. Bunday muomalani kutmagan ayolning kayfiyati buzildi. Rajasiga ko‘ra Munavvarxonim uni tinglagach: — Voy shunaqami... . — deya o‘sha xotinni yomonlashi, oraga sovuqlik tushishi kerak edi. Dovdirab qolgan ayol yana so‘radi: — Uning va sizning gunohingizni avf etilishi nedan? — U mening g‘iybatimni qildi va gunoh orttirdi. Men ham gunohkor bir ayolman. Ikkingizdan ham ko‘proq gunohkorman. Buning ustiga suyanadigan, ishonadigan biror amalim ham yo‘q. Allohning kechirishidan umidvorman. Samimiy aytilgan bu gaplar ayol ko‘nglida kuchli hayajon qo‘zg‘ab yubordi. O‘zini tavbaga boshlaydigan quvvat ta’sirida qoldi. Fasodchi zehnidagi b u xotin ketayotib Munavvarxonimning fazilatlarini o‘ylab, o‘zining bu fazilatlardan yiroq yashagan umriga badal bo‘lishini his qildi... Boshqa birovning qabohatini ko‘rmaslik mumkinmi? Yo‘q, mumkin emas. Ammo Munavvarxonim bu qusurni o‘zidan qidiradi, topolmasa boshqa kamchiligim bor deb o‘ylaydi, aslo o‘zgalar qabohatini tilga olmaydi, aksincha o‘z nuqsonlarini tuzatish yo‘liga kiradi. Har ovqatlanganida Robbiga niyoz qiladi, bu taomdan ibodat uchun quvvat ber, agar gunoh uchun bo‘lsa bo‘g‘zimdan o‘tkazma. Ne’matning javobini o‘ylab titraydi, hatto ba’zan ko‘zlari yoshlanadi. Ertalab turib merhum eri va yaqinlariga «fotiha» va uch «ixlos» o‘qimasdan ovqatlanishni muruvvatsizlik sanaydi. O‘tganlarni eslamasak, kelgusi avlod bizni o‘ylamaydilar, marhumlar tiriklar non-suvga muhtoj bo‘lganidan ziyodaroq fotihaga, duoga muhtojdirlar deb o‘ylaydi. Ularni mahrum etmaydi, duo ila yod qilib, ruhlarini shod etadi. Marhumlar duolarimizni kutib turishiga qattiq ishonadi. Munavvarxonimning eshigiga «pochtachilar» ko‘p qatnaydi. U pochtachi deb faqir, miskinlarni aytadi. Yaxshi niyat bilan berilgan har bir sadaqa, ehsonni oxiratga, ko‘zlangan manzilga eltuvchi «pochtachilar». Dunyoda eng katta va mashhur pochtaxona ham, pochtachilar ham yanglishishi mumkin. Hatto omonatlar ham ba’zan talonchil;ik sabab yo‘qolishi mumkin. Ammo oxirat pochtachilar unday emas. Berilgan sadaqaning yo‘qolishi yoki o‘zga manzilga tushib qolishi mumkin emas. Pochta puli (muhri, belgisi, markasi) o‘rnida ixlos va samimiyat bo‘lsa, zoe ketmasligiga Allohning va’dasi bor. Ba’zan faqir miskinlarni o‘ziga sherik deb biladi. Ya’ni mol o‘zingdan, ekib- tikib oxiratda kam deganda o‘n barobar hosil ko‘tarish shartnomasini tashkil qilgan sherik. Shu sabab har kelganda ozmi-ko‘pmi ularni xursand qilishga harakat qiladi, berganlari oxiratda Alloh tarafidan o‘n barobardan ziyoda qaytarilishiga ishonadi. Munavvarxonim alohida diniy tahsil ko‘rmagan. Lekin Qur’on o‘qishni, namozda o‘qiladigan suralarni o‘rgangan, yeng ko‘p o‘qiydigan «Tabarok» va «yosin» suralarini yodlagan, yetarlicha diniy bilimi bor. Uyining bir burchida doimo toza joynamoz, yaqinidagi javonda Qur’oni karim, faqat namozu Qur’on uchun ajratilgan oq ro‘mol... Bu o‘zi uchun hozirlagan masjidi... Namozni vaqtida ado etgach ikki-uch sahifa Qur’on o‘qiydi, o‘pib, ko‘ziga suradi, shu hol har kuni takrorlanadi: «Yo Rabbiy, bizni bu Kitobing va bu kitob bilan yuborgan sevikli Payg‘ambaring shafoatlariga muyassar ayla», — deya duolar qiladi. Tong namozini vaqtida ado etadi. «Namoz va Qur’on bilan boshlanmagan kundan qanday xayr kutish mumkin», deydi. Kechasi yotarkan istig‘for aytar, bilib-bilmay qilgan, yashirin-oshkor gunohlarini kechirishini so‘rab Parvardigorga yolvarar, agar ajalim yetsa so‘nggi so‘zim shahodat kalimasi bo‘lsin, deya iltijo etar, keyin tilini qimirlatmasdan dili |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling