Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
olmaydi. O‘g‘lini uylayotgan emish. Gapiga qaraganda quda taraf biroz boyroq emish: 
— Otasining yolg‘iz qizi, hamma narsani to‘kis qilishlari tayin, men xarajat qilib nima qilaman, 
men uchun qilmaydilarku, o‘z qiziga beradi-da, deydi.
Chuqur nafas olgach: 
Har kim ham sendek emas, bolam. Birov harakat qilib topadi, mol-mulkini farzandi uchun 
sarflaydi, birovning tuki ham qimirlab qo‘ymaydi. Ne qilasan elchilik!...
So‘ngra o‘sha narsalarni taxlab, joyiga qo‘yarkan o‘zicha qo‘shib qo‘ydi: 
— Inson buni faqirga bergani ham uyaladi. Koshki uyi yaqinroq bo‘lsa, jahannamning tubi. 
Bormasdimu, ammo nachora non qayg‘usi… 
Amina beovtalandi. Haligi matohni bir ayol uylanadigan o‘g‘li uchun olmoqda. Qiz oilaning 
yolg‘iz qizi. Bu shubha atrofida uzoq to‘xtamadi Amina. Ayol ishini bitirgandi. Amina shubhadan 
tamoman qutulishni istadi. O‘sha ayol Munavvarxonimmi yo boshqami?
— Xola, bu narsalarni o‘sha ayolga eltasizmi?
— Ha, qizim, nimaydi, nechora, — qo‘li bilan bo‘g‘ziga ishora qilib, — shuncha og‘izni 
to‘ydirmoq lozim. U yerdan boshqa mushtariylar chiqar.
Shu payt onasi ham gapga qo‘shildi: 
— U ayol qaysi mahalladan? Kimlardan? Bilasizmi?
Bo‘xchaga e’tibor bermagandek boshini biroz ko‘tarib ilgariga ishora qildi: 
— Xuv, o‘sha yoqda, Qorako‘ldan nari. Nimaydi otiyam. Hozir, Muruvvatmidi, Munavvarmidi… 
shunaqa bo‘lsa kerak.
Ona bola bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Qarashlarida ko‘p mazmun nihon edi. Amina ma’yus tortdi. 
Xotin aytgan ayol o‘sha Munavvarxonim edi. Hozirdan bu tushunchada bo‘lgan qaynona yonida men 
nima qilaman degan xayolda edi. Onasi xotinga qarab dedi: 
— Shoshmang, buvi, bunday ishlar ayb-ku, bularni o‘z qizingizga ravo ko‘rasizmi, demadingizmi?
Xotin ko‘zlarini yarim yumib, sal iyagini ko‘tarib, «qani bo‘sh kelma» degandek: 
— Ey, mening ishim nima, qizim. Aqli, vijdoni bor bo‘lsa, mening maslahatimga ehtiyoji bormi? 
Demak, hamiyati buni ko‘taradi. Menday bir bo‘hchachining gapi deb o‘z so‘zidan qaytarmidi? 
Haqiqatda shayton chalg‘itgan. Sizga bir narsa aytaymi? O‘sha uyga kelin bo‘lib boradigan qizga 
yuragim achiydi, og‘ir bo‘ldi unga deyinmi, nima deyishni ham bilmayman. Ota-onasi so‘rab 
surishtirishsa bo‘lardi-da. Ota-onasining joni yo‘qmi, zardasi yo‘qmi, bilmadim. Bolamni bunday 
kuydirgandan ko‘ra uyda saqlardim. So‘ng o‘zicha so‘zladi: 
— Qornini to‘yg‘izolmasang, bo‘g‘ziga ip solib tort. Hech bo‘lmasa bola bechora kimligi 
noma’lum bir kishining qo‘lida umr bo‘yi qiynalishdan ozod bo‘ladi.
Ayol so‘zlari yetarli bo‘lganini fahmladi, shekilli, bo‘g‘chasini olib, “Allohga topshirdik, xayr”, 
derkan: 
— Kimning qizini olayotganini bilganimda edi, tap tortmay ogohlantirgan bo‘lardim. Bunday 
ishlar savob. Hech bo‘lmasa ma’sum bir qizchani qutqargan bo‘lardim. Odamgarchilik bizni tark etdi. 
Onam akamni uylantirayotganida nimalar qilmadi. O‘sha kunlar o‘tdi-ketdi… 
Shularni aytib-aytib bo‘xchasini ko‘tarib chiqdi-ketdi. Ortidan eshik yopgan Amina va onasi bu 
so‘zlardan bir qarich cho‘kkandek bo‘ldi.
Umuman ayollar shunday. Yuz daf’a yolg‘on tuzog‘iga tushib, yana yolg‘onni eshitsa, ishonadi, 
shu qadar ko‘p boshdan kechirdim-ku, deyish ularga yot. Bo‘xchachi ayol bu ish bilan nimaga erishib
nimani yo‘qotadi. Yo‘qotadigannarsasi yo‘q. Aslida odobdan, hayodan iffatdan mahrum kimsaning 
odatiy ishi. Har kun shu zaylda kechadi. U uchun muhimi, pul, ig‘vo, g‘iybat. Bu ishi to‘g‘rimi, 
yo‘qmi, o‘ylab ham ko‘rmaydi.

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling