Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 Alloh, Alloh… deya uyquga ketardi. Uy ishlarini bajarayotganida, ovqat pishirayotganida ko‘nglida Allohni zikr etar, ba’zan har igna o‘tkazganda bir bor «La ilaha illaloh» deyishni unutmasdi. Dastlab qiyindek tuyuldi, bir-ikki, nihoyat uch daqiqa davom ettirardi-da, so‘ng ishi bilan band bo‘lib qolardi. Oradan yarim bir soatlar o‘tgach tamoman ishga berilib ketganini eslar va takror zikrni boshlardi. O‘zidan uyalib ketardi. Menga hisobsiz ne’matlar ato etgan Rabbimni bir-ikki daqiqa xotirlab, shuncha soatlar unutibman, gunoh-ku bu deya, yanada diqqatli bo‘lish azmi bilan mashg‘ulotini, zikrini davom ettirardi. Avvalari buni bajara olmasam kerak deb o‘yladi. Masalan biror soat ishlab tanaffusda zikr bilan mashg‘ul bo‘lmoqchi edi, voz kechdi. Aqlini ishimga ham, zikrimga ham ishlata olaman dedi, azm etdi. Bir zamon keldiki, qo‘liga qachon ish olsa, ko‘ngli hech zo‘riqmasdan Alloh zikrini boshlardi. Munavvarxonimni ikki jumla bilan ta’rif etsak, dini xususida doimo o‘zidan ilg‘orlarga qarab ulardek bo‘lishga g‘ayrat qiladi, dunyosi haqida o‘zidan ortdagilarga boqib, holidan rozi bo‘ladi va Robbiga shukr etadi. Mana uning axloqi. Noni yog‘sizmi, go‘shtsizmi, pishloqsizmi, holvasizmi? Gap bunda emas. Chunki yog‘siz quruq non topolmayotganlar ham bor. Bir kun och qolganmi? Ikki-uch kun yeydigan narsa topolmayotgan ham yo‘q emas. Munavvarxonim bunga o‘xshash moddiy har narsadan kechishi mumkin. Faqat odob va tarbiya, din va axloq xususida aslo bunday emas. Masalan, u: «Har kim har kun yolg‘on gapiradi, men bir marta so‘zlasam hech narsa qilmaydi», deyolmaydi. «Hech namoz o‘qimaganlar, qiblaga hech yo‘nalmaganlar, Alloh va Payg‘ambar s.a.v.ni hech xotirlamaydiganlar bor», deb bir vaqt namozini qazoga qoldirishni xush ko‘rmaydi. Kimlardir odobdan ayrilgan, kimlardir axloqsizlikni g‘ururla namoyish etgan bu olamda irodasiga hokim, to‘g‘ri yo‘lda yolg‘iz qolsa-da umidsizlikka tushmagan, xonimlar xonimini keyinroq yanada yaxshiroq tanib olish imkoni bordir. * * * Odamlarning bari to‘g‘ri, bari vijdon sohibi bo‘lmasligi mumkin. Xayrli ish qilmoqchimiszi? Oldingda devordek turuvchi yo‘lto‘sarlar, boshqaning falokatidan huzurlanivchilar, tagi past, kelib chiqishi noma’lum, notayin badbaxtlar bor. Har qayda, har qachon, har davrda bu tur inson qiyofasidagi insoniyat dushmanlari topiladi. Bular jamiyat vujudiga tushgan qurtlardir, yara ochmaguncha tinchimaydilar. Ikki oila, ikki do‘st orasini buzib zavqlanadilar. Yetolmagan ne’matini o‘zganing qo‘lida ko‘rib unga adovat tuyadi. Ovini oldirgan yitqichdek unga tashlanmoq payida bo‘ladi. Yoki tulkidek payt poylaydi. Amina Mustafoga unashtirilgach, bu och qurtlar faqat bir hafta sabr eta bildilar. Bir kuni peshindan so‘ng Munavvarxonimning eshigini sekin taqillatdi. Notanish bir ayol keldi. Eshik ochilar-ochilmas o‘zini ichkariga oldi. — Mehmon qabul qialsizmi? — Marhamat, — deya Munavvarxonim uni ichkariga taklif etdi. So‘rashdi. Ayol nimadir demoqchi. — Sizni yaxshiroq taniyolmay turibman, xijolatdaman. Kimlardansiz? Ayol ayni payti kelganidan gap boshaldi. Aminalar mahallasidan ekan. Aminani o‘g‘liga unashtirilayotganini tasodifan eshitib xayrli bo‘lsin demoqqa kelganini aytgandan so‘ng: — Alloh xayrli qilsin, yaxshi bo‘pti, Egachi, yaxshi bo‘pti-yu, ammo o‘g‘lingiz oliyjanob bir insonligini eshitdim. Aina ham yaxshi qiz-u, lekin, to‘g‘risini aytsam ko‘nglim rozi emas. O‘g‘lingizga kimlar qizni bermaydi? Kimni kimga qo‘shayotganingizni so‘rab-surishtirsangiz bo‘lmaydimi? Munavvarxonim ayolga so‘zida boshqa davom etishi uchun imkon bermadi. Hali eshikdan shoshilib, taklifni kutmay kirishidanoq bu xotinning buzg‘unchi ekanini anglagandek bo‘lgandi. Endi gumoni kundek ayon bo‘ldi. — Bu masalani qo‘yaylik, jigarim, boshqa gaplardan gaplashaylik, — dedi Munavvarxonim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling