Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
* * * Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * *
Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 26 Mahmud og‘a oqshom uyga kelib qovoqlari osilgan ona-bolani ko‘rdi. Hol so‘radi. Amina darhol tashqariga otildi. Onasi ahvolini, bo‘lib o‘tgan gaplarning hammasini aytdi. So‘ngra qo‘shimcha qildi: — Shoshildik, otasi. Yigitni bilaman, yaxshi, yaxshi dedingiz. Yaxshilab so‘rab surishtirmasdan qizingizni berdingiz-qo‘ydingiz. Tezda “xo‘p” dedingiz. Xo‘p, o‘g‘li yaxshi, qaynonachi? Jigarporam ertayu kech u bilan qoladimi? Ne savdolar soladi, qizimning boshiga. Bu ishda bir gap bor deb, ko‘nglim sezuvdi-ya. Hech ko‘rmagan edik sovchilikka ayollar qolib erkaklar kelganini. Nechun hozirgacha qorasini ko‘rsatmadi bu ayol? Boshida kali bo‘lmasa, kelib ko‘ringan bo‘lardi. Biz ham bilar edik. Onasi chuqur xo‘rsinib qo‘ydi. Ko‘ngli negadir xufton bo‘ldi. Ko‘p pushaymonlar chekdi, nechun rozi bo‘ldim? Alamini og‘adan olmoqchi bo‘ldi. — Piyozni kelin qilmishlaru qirq kun hidi chiqmabdi. Buning hidi bir haftada chiqdi. Qani, ko‘raylikchi, yana nimalar eshitamiz. Kuydirdingiz qizni, o‘zimga qo‘yib bermadingiz. Qayda ko‘rilgan, bir hafta ichida sovchi kelib, qizni olsin. Men yakkayu yagona qizimni shunday joyga berib, shunday uztamanmi? Shoshib boshni yordingiz. Yaxshilab o‘ylab ko‘raylik, o‘zingiz tuzata olarsiz. O‘zingiz boshladingiz, endi chorasini ham o‘zingiz toping. Mahmud og‘a xotining so‘zlari nega bunchalik tushkun va kuygun ekanligini bilardi. Har gapni sanab, har eshitganiga ishonishini, buning ustiga olovga tarasha qalab, yermoy sepishini necha yilki biladi. Bir hafta avval o‘zi ham Munanvar xonimni bir nech qo‘shnilaridan so‘rab surishtirgach: — Menga qolsa, bundan yaxshi ayol bo‘lmaydi. Hamma yaxshi dedi, maqtadi. Koshki bizni ham odamlar shunday maqtashsa, — degan xotinining o‘zi edi. Bir haftadan beri jim edi. Bunday voqaelarni ko‘p ko‘rgani uchun ahamiyat bermadi. Faqat asablari joyiga tushib, tinchlanishini kutish kerak edi. — Ko‘ramiz, keragicha hal qilamiz. Sen kuyinma, bu ishni menga qo‘yib ber, — dedi, og‘a va tashqariga chiqdi. — Amina, qani bolam, dasturxon yoz… Otam keldi, ochiqqandir ham demaysan? Hah sen xoin qiz-a…hah sen-a… Amina birozdan keyin keldi. Yuzi g‘amgin. Ko‘zlaridan yig‘lagani bilinib turardi. — Qizim nima bo‘ldi? Yo mendan xafamisan? Taomni yolg‘iz o‘zimga yedirmoqchimisan? O‘zing-chi? Kel, yonimga o‘tir, men ham xotirjam bo‘layin. Mayli, qani kel, bunday. Yo‘qsa xafa bo‘laman, — dedi otasi. Ovqatlanishayotganida ham ona-bolani chehrasi yorishmadi. Otasining: — Qani, Amina men sening yoshingda bunday oz ovqatlanmasdim, — deyishiga qaramasdan hech narsa yemadi. Nihoyat dasturxon atrofidan qo‘zg‘alishdi. Amina otasiga choy, qahva tayyorlash bilan ovora ekan, Mahmud og‘a bunday vaziyatda Munavvarxonimning kelish xabarini qanday aytishni o‘ylardi. Asr namozidan chiqar ekan Yusuf afandi aytgan edi: — Og‘a bu oqshom sizlarnikiga boramiz. Munavvarxonim tezroq boraylik, desa-da, ikki kundan beri men orqaga tashlab kelyapman. Nasib etsa bugun boraylik degandi. Uyga kelib uydagilarni bu holda ko‘raman deb o‘ylamagandi. Hozir to‘g‘ridan to‘g‘ri bu oqshom biznikiga ular keladilar desa kim bilsin ne qiyomatlar ko‘radi. Qahvasini ichayotib birdan yodiga tushib qoldi: — Onasi, senga latifa aytib beraymi, nima deysan? — Nima derdim, bekorchilikda latifabozlikdan boshqa nimayam qilardingiz? Qizni ja-a o‘rniga joyladingiz. Endi navbat latifaga keldi. Xotini iztirob bilan gapirar edi. Zarda bilan yuzini o‘girib olmasidan dedi: — Xotin, shu Xo‘ja Nasriddin haligi Nasriddin Afandi qancha yashab, qachon vafot etganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling