Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 Oh! Munavvarxonim kelsa edi, u haqida bir ikki og‘iz so‘zlasaydi, uyalmasaydi, yo‘lini topib so‘rasay u haqida. Ba’zan Aminani nekbin tuyg‘ular tuyg‘ular chulg‘ar, Munavvarxonimdek ayol o‘g‘li loyiq bo‘lmasa uylantirishga otlanmasdi deb o‘ylardi. Ertaga uyaltirib qo‘yishini bilib bu ishga qadam ham qo‘ymasdi, birovlarning eshigiga qiz so‘rab, kelin axtarib bormasdi. Lekin qaysi ona o‘g‘lini yomon deydi, yomon ko‘radi va o‘g‘lining uylanmasligini istaydi? Agar Mustafoni uylantirish lozim bo‘lsa, o‘zi chekinib, qarindoshlariga tashlab qo‘ymaydi-ku…Lekin bo‘lar ish bo‘ldi. So‘z berildi. Otasi so‘zidan qaytadigan kishi emas. Agar Mustafoga bermasa, kimga uzatadi? Yana o‘shandek notanish birovga. Shunday ekan ne bo‘lsa bo‘lar. Hech qursa Munavvarxonimdek asl va pokiza bir qaynona bor-ku… * * * Amina duo qilmoqda. Mustafo aroqxo‘r, qimorboz bir kim bo‘lib chiqmasligini so‘rab, duolar qilmoqda. “Yo Rabbim, har ishga qodirsan, har ne sening qudrat qo‘lingda, har ne sening xazinangda yetarli. Boradigan joyimda uyaltirma, turmush qilolmay ortga qaytishdan O‘zing saqla. Odobli, nomusli yashashni, iymonli, ibodatli dunyodan o‘tishni, huzuringga pokiza holda borishni nasib ayla yo Rabbiy!” Amina namozdan keyin shunday duolar qilardi. * * * To‘y uchun lozim bo‘lgan hozirliklar ko‘rildi. Bu borada ancha tushuncha va hayotiy tajribasi bo‘lgan Mahmud og‘a Yusuf afandi orqali Munavvarxonimga shu xabarni yetkazdi: — Ba’zilarga ergashib, afsuski, urf holiga kelib qolgan isrof va turli tashvishlarga berilmasin. Mutlaqo shart bo‘lganini bajarsin. Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Ularni mamnun qilish uchun urinib qolmasin. Munavvarxonim Mahmud og‘aning bunday fayzli maslahati va takliflarini juda yaxshi qabul qildi. Og‘a so‘zida haqli edi. To‘ylarda behisob pullar nechun behuda sarflanmoqda? Xosiyatsizlik uchun! Maqtanish uchun! Shuhrat uchun! Kelinposhsha bir kun, bor yo‘g‘i bir soatgina kiyadigan liboslar uchun! Har biri bir faqirning bir necha oyligiga teng bo‘lgan qimmatbaho, lekin o‘rinsiz ziynat ashyolari uchun! Bular qancha kambag‘allarni tanglikdan qutqarishi, qancha mas’um go‘daklarga shodlik ulashish mumkin edi, deya yaqinlariga tushuntirishdan charchamasdi Munavvarxonim. Elning bu holga tushishiga sabab bo‘lgan ikki toifa insonlar bor. Birinchi toifa molini sarflab tugatolmaydigan, o‘rinsiz joylarga isrof etadigan boylar. Ikkinchisi, shunday boylardan olingan qarz ostida qolib to‘y-ma’raka o‘tkazib, boylar bilan bellashmoqchi bo‘lib, beli sinadigan faqirlar. Ana shu ikki toifa orasidan ba’zan tikanlar aro qulf urgan rangin chechakdek, aqlli va bu aqlini xayrli yo‘lda ishlatadiganlar ham chiqib qoladi. Ularning to‘yga hadyasi isrofu harajat emas, shu yoshlar tarbiyasidir. To‘y va turmush faqat mol dunyo bilan emas ma’naviy hol, bir-birini tushunish, go‘zal axloq bilan bunyod bo‘lishini yaxshi biladilar, yoshlarni shu yo‘lda tayyorlab yetishtiradilar. Demak, Mahmud og‘a shularning biri. Isrof emas, yaxshi turmush zarurligini chuqur anglagan bo‘lsa kerak-ki, qudalariga ham shunday xabar jo‘natdi. Oradan ikki oy o‘tdi. To‘y hozirligi tugadi. Aslida hech bir to‘yda bunday tayyorgarlik mukammal bo‘lgan emas. To‘y xoh kelishuvdan bir oy so‘ng qilinsin, xoh ikki yil keyin qilinsin, natija bari bir shu, bari bir yana talay ishlar, tikilishi, bichilishi, olinishi kerak bo‘lgan ashyolar qolib ketadi. Inson bu dunyodan har bir ishini tamomlab ketolmaganiga o‘xshaydi bu hol. Uch kundan keyin Aminani olib ketadilar. Endi o‘zga bir oilaning qizi bo‘ladi, u yerni yurt tutadi va bir umr o‘sha yerda qoladi. Hozirlangan narsalar o‘raldi, chirmaldi, tugildi, sandiqqa solindi. Yo‘lga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling