Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 chiqishi yaqin musofir go‘yo. Et bilan tirnoq ajralishidek holat bu hol. Non va suvdan ortiq sevilgan ota-onaning qo‘llari o‘pilajak. Bu mahalla, bu uy, bu bog‘ Aminaga faqat bir mehmonxona bo‘lajak. Endi Amina yayrab kezgan, shodlanib, o‘ynab-kulgan, umrining eng shirin, eng saodatli kunlari kechgan bu xonadonga xohlagan paytida kelolmaydi. Qo‘ylarini sog‘arkan otasi yelkasiga ohistagina urib, silab “xayr, Amina” deyishini eshitmaydi va javoban: «Ishingizni Alloh o‘nglasin!» deyish zavqini endi tuymaydi. Ha, otlanish damlari yaqinlashmoqda. Har bo‘yi yetgan qizning boshida bor bu hodisa. Buni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Lekin ba’zan Amina chiday olmay qoladi, ayriliq og‘ir ko‘rinadi. Dunyoga kelmasaydim, ayol bo‘lmasaydim demoqchi bo‘lardi. Faqat bu bilan hech narsa o‘zgarmasligini, bu fikr Allohga xush kelmasligini yaxshi tushunadi. Istig‘for aytadi darhol. U bo‘lmasa, boshqa bir qiz o‘sha uydan ketadi. Ayriliq azobini tortib, uning yuragi ham dog‘lanmaydimi? Amina ota-onasiga ichdan toshib kelayotgan nimalarnidir aytmoqchi bo‘ladi. Faqat nima deydi? Oh, ularga dilini yorsaydi, shashqator yoshlar to‘ksaydi. Yo‘q, bu holat ularni ham yig‘latadi, dardlarini ziyoda qiladi. Lekin qo‘ylari unaqa emas, ular Aminaning hamdardlari. Shu sabab ikki-uch kun dardini ularga yordi, ko‘zlaridan o‘pdi, boshlarini siladi, hidladi, erkaladi. To‘yib-to‘yib yig‘ladi… O‘sha oqshom Amina o‘z xonasida ekan, tashqaridan oyoq tovushi kelgandek bo‘ldi. Quloq soldi. Ha, zinadan kimdir ko‘tarilmoqda. Otasi: — Amina, yotdingmi qizim? Amina eshikni ochi: — Hali yotmadim, ota, kiring, — dedi. — Bolam, bilasan, sening xonanagga kirish odatim yo‘q, ammo bugun ikki og‘iz suhbatlashib bir pas o‘tirsam dedim. Otasining rostan ham bunday odati yo‘q edi. Amina biroz hayajonlandi, ammo bu tezda o‘tib ketdi. O‘zini o‘ngladi. — Qizim, ikki kundan keyin kelin bo‘lib ketsan. Alloh xayrli turmush ato qilsin. Ikki dunyo yuzingni yorug‘ qilsin. Bu yerdan ketib, borgan yeringni qizi bo‘lasan. Qaynonangni onangdek hurmat qilishngni istardim. Doimo kichikligingni, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatishni untma, yomon so‘z eshitsang ham yaxshi so‘zla. Sen samimiyatdan ayrilma. Shuni unutma-ki, qilgan kichik yaxshiliging, Alloh tarafidan ziyoda qilib qaytariladi. Bugun kattalarga hurmat ko‘rsatsang, ertangilar seni ham hurmat etishadi. Seni borgan joyingda uyalmaydigan bir odob o‘rganishga, yaxshi tarbiya berishga harakat qildim. Umid qilamanki, sen ham meni uyaltirmaslik uchun qo‘lingdan kelganinicha g‘ayrat ko‘rsatasan. Mahmud og‘a sukut saqladi. Qarshisida bosh egib turgan qiziga bir-ikki lahza qarab qoldi. O‘zi ham hayajonlandi. Yolg‘iz qizini uzatish arafasida bu so‘zlarni aytish osonmi? Ellikdan oshganiga, tajribalarda kechgan umriga qaramasdan hayajonlana boshladi. Qarshisida odob va tarbiya bilan o‘stirgan yolg‘iz guli, malaksifat qizi, lekin bir mehmondek o‘tiribdi. Og‘a umr bo‘yi uning o‘sib unishiga harakat qildi. Umrini shu gulni yetishtirish zavqi bezadi. Shu zavq bilan ovunardi. Endi, mana ayriliq kunlari. Endi u ketmoqda. Farzand mehri bilan to‘la keksayib borayotgan ko‘ngli ham u bilan ketmoqda. Faqat endi hisning emas, aqlning amriga muvofiq ish tutish payti edi. Qiziga aytishi kerak bo‘lgan so‘zlari bor edi. Shu bois so‘zlarini dona-dona, vazmin-vazmin davom ettirdi. — Ular bilan kelganingda doimo eshigim ochiq. Faqat ulardan shikoyat qilib, turmushingdan nolib kelmagaysan. Doimo o‘z holingdan rozi bo‘l, qizim, shukr qil. Dunyo inson istagan narsasini topadigan joy emas. Unutma-ki, turmushi buzilib ichidan qon yig‘lagan ayollar bor. Seni onangdek yaxshi ko‘radigan bir qaynonaga ro‘baro‘ kelishingga, sening haqlaring toptalmasligiga ishonamiz. Yaxshi tarbiyali kuyov topishga harakat qildik. Alloh bizni uyaltirmasin. Hamma ham turmush quradi, bunga qarshi bormoqqa birovning haqqi yo‘q. Shu sababli xafa bo‘lma, bolam. Allohning qonuniga, amriga sen ham albatta, itoat etursan. Sen ham Allohning buyrug‘iga muvofiq oila qurursan. Qur’on va namoz o‘qishda davom et. Allohning quli ekanligingni hech ham unutma. Yaxshi turmush ato etishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling