Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
o‘ylagan Amina ketishlari yaqinlagan sayin yana biroz o‘tirishlarini chin ko‘ngildan istardi.
Ey, xush xulq! Ey, go‘zal axloq! Qanday qimmatli, qanday buyuksan. Sen-la dushmanlar do‘stga, 
musibatlar saodatga aylanadi. Ey, go‘zal axloq! Alloh huzurida sharafing baland!
Aminaning bo‘lajak qaynonasi haqidagi tushunchasi Munavvarxonimning xush fe’li, go‘zal xulqi, 
ochiq chehrasi tufayli qisqa bir fursatda o‘zgardi.
 
* * * 
— Qanday onasi, nima deysan? Boshida kali bo‘lmasa bir bora kelardi, deganding. O‘sha 
o‘ydamisan?
Xotini kulimsirab turardi. Mamnun edi.
— Hozircha bir narsa deb bo‘lmaydi. Yaxshi ayolga o‘xshaydi. Inshaalloh oxiri xayrli bo‘lar.
Mustafo o‘qirdi. Uylanadigan erkak vazifalarini, o‘ziga omonat berilayotgan bir xonimga haqsizlik 
qilmaslikni o‘qib o‘rganmoqda edi. Adolatli, mehribon oila boshlig‘i qanday axloq qoidalariga rioya 
etishi kerakligi to‘g‘risida izlanmoqda edi u. Uning izlanishi o‘ziga oid vazifalarini bilishiga aloqador. 
Aminaga aloqadorini Amina o‘ylasin. Oilada yaxshilik va insoniylik yo‘lini, har bir yaxshi ishni o‘ziga 
ravo ko‘rish, shu bilan birga Aminaga ham go‘zal muomala qilish yo‘lini tutish lozim. Avvalo 
pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa birovga. Nomusga aloqasi bo‘lmagan ayblarni berkitib avf etmoq 
yo‘lini, yillar bo‘yi onasidan o‘rgangan sabr, azmu qaror yo‘lini tutmoq lozim. Amina ham bularni 
bilsa kerak, ehtimol eshitgandir. U ham inson. Mustafoning yaxshiligiga yomonlik bilan javob 
qaytarmas, axir?! 
Xato kamchiliksiz, bekamu ko‘st insonni axtarish… imkondan tashqari ish. Shu qadar imkonsiz-
ku, o‘z yaratganiga qarshi hatto kecha-kunduz isyon qilgan inson, o‘ziga o‘xshash bir insonga nisbatan 
vazifasini ado etolmasa, bu g‘arib-g‘alat qabul qilinmasligi kerak, ya’ni bundan ajablanmasa bo‘ladi. 
Modomiki gulning ham tikani bor ekan, Mustafo gulni tikani bilan birga yaxshi ko‘radi. Kim bilsin, 
o‘zining ham qilajak qancha xatolari bor? O‘zaro munosabatlarda Mustafo yaxshi insonligini 
ko‘rsatishga azmu qaror qildi. Hayotda ham, oilada ham yaxshi yashashni ta’minlash – Alloh rizosini 
topish uchun harakatdir. Mustafo shunday qilmoqchi. Aslo odamlar yaxshi yashadilar, deyishalri 
uchun emas.

Amina yana ikki bor qaynonasini uchratdi. Uni o‘z xolasidek ko‘rib qoldi. Chunki xayolidagi 
qaynonaga zid o‘laroq, bir samimiyatni ko‘rdi unda. Uyiga kelguncha soxta mehr tuygan, uyiga 
kelgach esa har kuni oz-ozdan o‘zgarib boruvchi qaynona hislati unda yo‘q. Shu sabab Amina uni 
o‘ziga yaqin oldi. Unga nisbatan ko‘nglida mehr-muhabbat va hurmat jo‘sh urdi.
Ajabo, Mustafosi qanday ekan Aminaning. Agar u Munavvarxonimning o‘g‘li bo‘lib, tarbiyani 
undan olgan bo‘lsa, muammo yo‘q. Ammo ish faqat uning o‘g‘li bo‘lish bilan bitmaydi, albatta. Ota-
onasi pok, xush axloqli bo‘lib, bolalari odobsizlar ham uchrab turibdi-ku hayotda. Ularda o‘sha ota-ona 
tarbiyasidan hech bir alomat ko‘rinmaydi. Hatto ba’zilari umrini ibodat bilan ziynatlagan ota-onasini 
ayblashgacha boradi-ku.
Xuddi bebaho injuni o‘g‘lidan asragandek sochlari ham begona ko‘zlardan yashirib o‘rab-chirmab, 
asrab avaylab o‘stirilgan qizlar shu qadar ochildiki, hatto hayosizlik va yalang‘ochlikning eng so‘nggi 
darajasiga qadar yetib bordilar. Ko‘zini haromdan saqlash uchun ko‘r bo‘lishni orzu qilganlarning 
o‘g‘illari islavotxonalarda tunashni odat qildi. Ertalabgacha qimorxona va mayxonalarni obod 
qiluvchilarning bir qismini ota-onasi harom yemoqdan olov yutishni afzal ko‘ruvchilar edi.
Mustafo-chi, deb o‘ylar edi Amina. U ham shunaqa toifadanmi yoki ona tarbiyasi bilan hayoli 
o‘sgan bir yigitmi? Lekin hozircha bu savollar javobsiz qolib, xayolida aylanar, uni bezovta qilardi. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling